Portlovchi materiallarni temir yo’l transporti yordamida tashish
Temir yo’l transpportida PM larni tashish sostav alohida vagonlarida yoki butun sostavda amalga oshirilishi mumkin, bunda faqat yopiq vagonlarda tashishga ruxsat etiladi. Poyezd yoki uning alohida vagonlari qurollangan qo’riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo’riqlab boriladi.
Portlovchi materiallarni vagonlarga yuklash va tushirishda yuklash punktiga bir vaqtda ko’pi bilan ikkita vagon olib kirilishiga ruxsat etiladi. Yuklab bo’lingan vagonlar yuklash punktidan 100 m masofada joylashgan maxsus stoyankaga olib chiqiladi va keying 2 ta vagon yuklash uchun olib kelinadi.
Vagonlarni kuzatib boruvchi shaxs portlovchi material yuklangan vagondan 6 ta vagon orqada yoki oldinda joylashib harakatlanish vaqtida vagonlar holatini kuzatib boradi. Bunda PM va kuzatuvchi joylashgan vagonlar orasidagi 6 ta vagonlarga yong’indan xavfsiz moddalar yuklanadi.
Portlovchi materiallar yuklangan vagonlar poyezdga ulanmagan bo’lsa, pona yordamida harakatlanib ketmaydigan holda tormozlangan va qizil rangdagi disk, yoki shu rangdagi fonar bilan ishora berib turishi shart. Signallar portlovchi materiallar yuklangan vagonlarning har ikkala tomoniga vagonlar turgan stoyankadan 50m masofada temir yo’l o’ng tomondagi relsining ichki qirrasiga o’rnatiladi. Agar PMlar yuklangan vagonlar butun yo’lni egallab turgan bo’lsa yoki stoyanka chegarasiga 50 mdan yaqinroq joylashgan bo’lsa bu holda signallar stoyanka chegarasi boshidagi o’ng tomondagi rels ichki tomoniga qo’yiladi. Portlovchi materiallarni tushirish va yuklash punktlaridagi yo’llar boshqa yo’llardan qulflab ajratilgan bo’ladi.
Vagonlar yuklab bo’lingach plombalanadi va har bir vagon har ikkala eshigi tomondan “XAVFLI” degan yozuvli plakatlar yelimlanadi. Bunda plakat oq rangli bo’lib harflar qora rangda yoziladi. Harflar o’lchami 60x60smdan bo’ladi.
Detonatorlar yuklangan vagonlar va portlovchi materiallar yuklangan vagonlar orasida 6 ta vagonga yongindan xavfsiz materiallar tashilishi mumkin. Agar poyezd ko’mir yoki yog’och o’tin yordamida harakatlanuvchi parovoz yordamida harakatlansa alanga so’ndirgich bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Bunday hollarda yuklash va yukni qabul qilib olish punktlaridagi yo’llar suv bilan yuvib turilishi kerak.
Poyezd burilishida maksimal ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ya’ni birdan to’xtash va silkinishlar bo’lmasligi lozim. Burilish yo’llarida tezlik 10 km/soatdan oshmasligi lozim.
Portlovchi materiallar yuklangan vagonlar qo’l yordamida joyidan siljitilishi ta’qiqlanadi. Temir yo’l tekis relefda joylashgan hollarda faqatgina yuklash tushirish punkti chegarasida yoki ombor hududida yuklash yoki yukni tushirish uchun javobgar shaxs kuzatuvida qo’l yordamida siljitishga ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallar yuklangan vagonlarni tungi vaqtda ko’zdan kechirishda lektr fonarlari, rudniklarda ishlatiladigan akkumulyatorli yoritgichlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda ochiq oilovdan foydalanish ta’qiqlanadi.
Vagonlar yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq miqdorda portlovchi materiallarni yuklash ta’qiqlanadi. Bunda ammiak-selitrali portlovchi moddalar va OSH, va DSH vagonning yuk ko’tara olish qobiliyatigacha yuklanishi mumkin. I va IV guruhlarga kiruvchi portlovchi materiallar vagon yuk ko’tara olish qobiliyatining ko’pi bilan 2/3 qismiga yuklanishi mumkin.
Portlovchi materiallar yuklangan vagonlarning old va orqa tomonidagi vagonlarga birdan to’xtalishlarda siljib tushib yoki surilib ketishi mumkin bo’lgan metal to’sinlar (balkalar), relslar yuklanmasligi lozim. Bunday vagonlar portlovchi material yuklangan vagondan ikkita vagon oldinda yoki shuncha orqada bo’lishiga ruxsat etiladi.
Yangi qurilayotgan temir yo’llar va muzlarni tozalash ishlari olib borilayotgan temir yo’l ko’priklarda ishchi poyezdlar platformasida, motovozlar va drezinlar yordamida birgalikda tashish qoidalariga rioya qilgan holda portlatuvchi va qo’riqchi kuzatuvida tashishga ruxsat etiladi. Bunda ushbu vositalar yong’inga qarshi moslamalar (olov o’chirgichlar, qum solingan yashiklar, suv solingan bochkalar, chelak va belkurak) bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
Portlovchi materiallarni suv transporti yordamida tashish
Portlovchi materiallar maxsus yuk idishlari, motorli katerlar, gazoxodlar, qayiqlar yordamida tashilishi mumkin.
Portlovchi materiallarni suvdan olib o’tishga mo’ljallangan idish soz holda bo’lishi lozim.
Portlovchi materiallar tashiladigan idishlarning sozligi maxsus komissiya tomonidan tekshirib ko`riladi.
Portlovchi materiallar maxsus tryumalarda joylanadi. Bunda idishning yuk ko`tara olish qobiliyatidaн maksimal foydalanishga qarakat qilinadi. Nisbatan oqirroq bo`lgan yuklar idishing pastki qismiga joylashtirildadi, ya`ni qarakatlanish vaqtida pastki qatordagi yuklarga shikast etkazmasligi uchun. Harakatlanish vaqtida yuklar siljib ketmasligi uchun bir-biriga tiqis qilib joylashtiriladi. Yuklar idishga uchqun chiqarmaydigan materiallar (asosan arqonlar) yordamida mahkamlanadi. Texnik idishlar, motorli katerlar va gazoxodlarga qo`shimcha idishlarni shatakka olib tortib yurish ta’qiqlanadi. Yuklarni ko`tarib-yuklash qurilmalaridan foydalanilganda ko`tarilaib yuklanadigan yuk vazni moslama yuk ko`tara olish qobiliyatining 50%idan oshmasligi lozim. Qattiq yoqilg’i bilan qizdiriladigan texnik idishlar tutun chiqadigan quvurlari uchqun so`ndirgichlar bilan aslahalangan bo`lishi lozim.Texnik idish uchun zarur bo`lgan yoqilg’i portlovchi materiallardan ajratilgan holda saqlanishi shart. Texnik idish chaqmoqdan qimoyalangan bo`lishi lozim.Odatda texnik idish machtasi chaqmoqdan qimoya vazifasini o`taydi. Daryolardan tashib o`tishda tuman tushganda qirg’oqdan 250m masofada turishi lozim. Portlovchi materiallar yuklangan gazoxodda kullarni tozalash va generatorni zaryadlaш ta`qiqlanadi. Portlovchi materiallar zavodda qadoqlangan holda yoki qadog’i buzilgan bo`lsa brizant bilan o`ralgan holda tashilishi mumkin. Portlovchi materiallar doim kuzatuvchi shaxs kuzatuvida bo`lishi shart. Portlovchi materiallarni tashiydigan suv trasportining old qismida uzoqdan yaxshi ko`rinadigan "XAVFLI" degan yozuv bo`lishi lozim. Bunda harf balandligi 200 mm dan kam bo`lmasligi lozim. Qorong’i vaqtda yozuvdan tashqari qizil oynali akkumulyator fonarlari qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |