1-ma’ruza Elektronika-axborotni uzatish, qabul qilish, qayta ishlovchi va saqlovchi qurilmalar va aspoblarni yaratish usullarini o’rganuvchi, ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi soha hisoblanadi. - Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilish nazariyasi va elektr o’tkazuvchanlik hodisalarga o’xshagan fizika bilimlarini bilishni talab qiladi.
ELEKTRONIKANING rivojlanishi hozirgi kungacha 4 bosqichni bosib o’tdi: - 1-bosqich
- 1-bosqich aspoblari rezistorlar, induktiv g’altaklar, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik aspoblarlarga o’xshagan passiv elementlardan iborat edi.
2-bosqich - Olim Li de Forest tarafidan 1906-yilda triod lampasining yaratilishi bilan boshlandi. Triod elektr signallarni o’zgartiruvchi, eng keragi quvvatni kuchaytiruvchi birinchi aktiv element hisoblanadi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish imkoniyati hisobidan radio, telefon so’zlashuvlarini keyinroq bo’lsa tasvirlarni ham uzoq oraliqlarga uzatish (televideniye) imkoniyati paydo bo’ldi. Bu bosqichning elektron aspoblar passiv elementlar bilan birga aktiv elementlari – elektron lampalardan iborat edi.
3-bosqich - Bu bosqich Dj.Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tarafidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi hisoblangan bipolyar tranzistorning yaratilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofati berildi. Bu tranzistor elektron lampaning hama vaziyfalarini bajarishi bilan birga: past ishonchlilik, ko’p energiya sarfi, katta o’lchamlari kabi asosiy kamchiliklarga ega emas edi.
4-bosqich - Bu bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma va tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
- Mikroelektronika – fizik, konstruktiv-texnologik va sxemotexnik usullardan foydalanib, yangi turdagi elektron aspoblar – IMS lar va ularning qo’llanilish tamoyillarini ishlab chiqarish yo’lida izlanishlar olib borayotgan elektronikaning bir sohasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda telekommunikaciya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi mikroelektronika va nanoelektronika mahsulotlarning ularda qo’llanilish darajasiga bog’liq - Birinchi IMS lar 1958-yilda yaratildi. IMS larning hajmi kichkina, og’irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchlilik yuqori bo’lib, hozirgi kunda 3 konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo’tkazgichli va gibrid
1965-yildan beri mikrolektronikaning rivoshlanishi har ikki yilda zamonaviy IMS lardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 10*6:10*9 ta bo’lgan juda yuqori va giga yuqori IMS lar ishlab chiqarilmoqda . - 1965-yildan beri mikrolektronikaning rivoshlanishi har ikki yilda zamonaviy IMS lardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 10*6:10*9 ta bo’lgan juda yuqori va giga yuqori IMS lar ishlab chiqarilmoqda .
- Telekommunikaciya va axborot kommunikaciya tizimlarini loyihalovchi va ekspluataciya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarg ega bo’lish zarur.
NANOELEKTRONIKA - O’lchamlari 0.1 dan 100 nm gacha bo’lgan yarim o’tkazgichli tuzilishlar bo’lib, mikroelektronikaning mikrominyaturlash yo’lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyoviy va yarim o’tkazgichlar elektronikasining so’nggi yutuqlari asosida qattiq jismli texnologiyaning bir bo’limi hisoblanadddi
Nanoelektronikaning rivojlanish bilan zamonaviy telekommunikaciya va axborot tizimlarinin’ negiz elementlarini tashkil qiluvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi, fotoqabul qilgichlar, juda yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli turdagi sensorlar yaratildi. - Nanoelektronikaning rivojlanish bilan zamonaviy telekommunikaciya va axborot tizimlarinin’ negiz elementlarini tashkil qiluvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi, fotoqabul qilgichlar, juda yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli turdagi sensorlar yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |