Kasalliklari: serkosporoz, kul, nematoda kasalliklari.
Zararkunandalari: lavlagi uzunburuni, shiralar, lavlagi parvonasi, tunlamlar, kemiruvchi tunlamlar, dala parvonasi, lavlagi pashshasi, lavlagi poyaxoʻrlari.
Turp (Raphanus sativus L.) — karamdoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik. 5 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Yunoniston va Rimda ekilgan. Hozirgi paytda dunyodagi barcha mamlakatlarda ekiladi. Birinchi yili kesikli, tukli barglardan iborat toʻpbarg va ildizmeva hosil qiladi. 2yili, ekilgach, gulpoya chiqarib, 35—40 kunda gullaydi. Gullashi bir oygacha davom etadi. Gul toʻplami — shingil. Guli 4 tojbargli, 2 jinsli, oq pushti, binafsha yoki ochsariq rangda, chetdan hasharotlar, asosan asalarilar yordamida changlanadi. Madaniy T. rediska va yovvoyi T. bilan oson chatishadi. Mevasi ochilmaydigan urchuq yoki silindrsimon qoʻzoqdan iborat. Urugʻi yumaloq, oval shaklda, och, toʻq jigarrang (rediska urugʻiga oʻxshash), 1000 donasi vazni 9—14 g , unuvchanligi (1 toifa urugʻlarda 85%) 4—5 yilgacha saklanadi.
2. Sabzi. S. namsevar (ayniqsa, unish, gullash va ildiz-meva tugish davrida), yorugʻsevar, sovuqqa chidamli oʻsimlik (maysalari — 2° ga chidaydi). Urugʻi 4—5° da unib chiqadi. 18—20° da yaxshi rivojlanadi. Oʻsuv davri 80—110 kun. Osiyo kenja turiga kiradigan S. barglari yaproqli, 3 karpa patsimon qirqilgan. Guli 2 jinsli, toʻpguli murakkab soyabon, hasharotlar yordamida changlanadi. Urugʻi mayda, 1000 donasi 1—1,5 g . Ildizmevasi sersuv, naviga qarab dumaloqroq, silindrsimon, rangi sariq, oq va baʼzan qizgʻish, och kizil, uz. 8—17 sm, vazni 30—200 g va undan ortiq. Sabzisi (ildizmevasi)da 10—12 % qand, 9,2% uglevodlar, 1,1% azotli moddalar va S, V,, V2, RR vitaminlari, 9,0 (20—25 gacha) mg% karotin bor. S. inson oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Xashaki navlarining ildizmevasi rangi oq, asosan, chorvachilikda ozuqa sifatida ishlatiladi. 100 kg ildizmevasida 14 ozuqa birligi, 0,8 kg hazm boʻluvchi protein, 80 g kalsiy, 50 g fosfor bor. S. oziq-ovqat va shirali ozuqa sifatida, shuningdek, boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. bir yilda 3 marta ekiladi. Ertagisi fevral oxiri—mart boshlarida, yozgisi 15 iyun—15 iyulda, qishkisi noyabr oxiri — dek. boshlarida ekiladi. Urugi 4° da 12—20 kunda unib chiqadi. Unib chiqishiga qadar suvga juda talabchan. Qator orasi 60, qatordagi tasmalar oraligʻi 15—20 sm sxemada ekiladi. Ikkinchi yaganadan keyin oʻsimliklar oraligʻi 5—7 sm boʻlishi kerak, 1 ga yerga 6–7 kg urugʻ sarflanadi. Oʻsuv davrida oʻtoq qilinadi, yaganalanadi, qator orasi yumshatiladi, oziklantiriladi, 7—12 marta sugʻoriladi. S. yalpi kavlab olinadi. Hosildorligi 60-70 st/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, konservalar, tibbiyotda esa Sdan turli doridarmonlar tayyorlanadi. Shim. rayonlarda va Yevropa mamlakatlarida, asosan, qizil, Markaziy Osiyo mamlakatlarida sariq S. ekiladi. Oʻzbekistonda xalq seleksiyasida S.ning juda koʻp navlari yaratilgan. Hozirgi davrda S.ning Mushak 195 (ertapishar) va Nurli (oʻrtapishar), Mirzoy qizil 228, Mirzoy sariq 304 (oʻrta ertagi), Nant 4, Shantane 2461 (oʻrtagi) va Ziynatli, Kaskade Gʻ,, Puma Gʻ, va boshqa navlari va duragaylari ekiladi.
Lavlagi Osh lavlagi – qizil lavlagi, qizilcha, sabzavot lavlagi – ekilgandan soʻng birinchi yili 0,4-0,9 kg kattalikda ildizmeva va barg toʻplami hosil qiladi. Namsevar va yorugʻsevar oʻsimlik, sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli. Barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Oʻzbekistonda Bordo – 237, Bikoress (2002 yildan), Ros va boshqa navlar rayonlashtirilgan. Hosildorligi 300-400 s/ga va undan yuqori.
Xashaki lavlagi – birinchi yili 10-12 kg lik ildizmeva va barg toʻplami hosil qiladi. Shirali ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. 100 kg ildizmevada 12,2 ozuqa birligi va 0,9 kg hazm boʻluvchi protein, 100 kg bargida 10,2 ozuqa birligi va 1,8 kg hazm boʻluvchi protein mavjud.
Xashaki lavlagi namga talabchan, yorugʻsevar, sovuqqa chidamli. Amerika (AQSH, Kanada, Braziliya), Yangi Zelandiya, Afrika (Jazoir, Tunis), Yevropa, shu jumladan, Belorussiya, Ukraina, Boltiqboʻyi mamlakatlarida koʻp ekiladi. Hosildorligi 300-400 s/ga.
Qand lavlagi – qand-shakar sanoati xom ashyosi. Chiqindilari chorva mollariga yem (melassa va oʻgʻit) sifatida ishlatiladi. Ekilgan yili tarkibida 14-20% (baʼzida 24% gacha) qand boʻlgan ildizmeva (oʻrtacha ogʻirligi 300-600 g) beradi. Qand lavlagi issiqsevar va namsevar, qurgʻoqchilikka chidamli. Urugʻi unib chiqishi uchun harorat 10-12°C, yaxshi rivojlanishi uchun 20-22°C boʻlishi lozim. – 4, – 5°C da nobud boʻladi.
Turp T. faqat ochiq yerda yetishtiriladi. Urugʻi 2—4°da unib chiqadi. 13—20°da yaxshi rivojlanadi, harorat 20°dan yuqori boʻlsa ildizmevalarning oʻsishiga salbiy taʼsir qiladi. T. namsevar oʻsimlik. Namlik yetishmasa ildizmevasi yaxshi oʻsmaydi. Ildizmevasi yirik, 200 g dan 4–5 kg gacha. Tarkibida oʻrtacha 1,92% oqsil, 1,58% qand, 1,55% kletchatka, 8–29 mg %.vitamin S va boshqa bor. Asosan, yangiligida, ayrim vaqtlarda dorivor sifatida isteʼmol qilinadi. Shuningdek, unda lavshaga qarshi vitamin bor, modda almashinuvi, ovkat hazmini yaxshilaydi. T. Oʻzbekistonning markaziy viloyatlarida iyul oxiri — avg . boshida, jan. mintakalarda, avg . 2 oʻn kunligida, 2— 3 sm chuqurlikka ekiladi. Maisa koʻkarib chiqquncha tuproq doimo nam holda tutiladi. Keyingi parvarish oʻtash va yaganalashdan, oʻz vaqtida sugʻorib va kultivatsiya qilib turishdan iborat. Oʻzbekistonda T.ning Margʻilon va Andijon9 tezpishar navlari davlat reyestriga kiritilgan. Hosildorligi: Margʻilon navi 350—360 s/ga; Andijon9 navi 480—500 s/ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |