14. Yuqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi.
Odam va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogen mikroorganizmlar deb atalsa (yunoncha pathos — dard, alam,
genos — tug‘ilish, paydo bo’lish degan so’zlardan olingan), ularning kasallik keltirib chiqarish xususiyati patogenlik deb ataladi.
Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik, virulentlik, spesifiklik va organotroplik xossalariga egadir.
Patogenlik yoki kasallik paydo qilish xususiyati infeksion kasalliklar qo’zg‘atuvchilarining turiga xos belgisi bo’lib, nasldan naslga o’tib
boradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, patogenlik faqat ma'lum mikroorganizm va xo’jayini o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xarakterlaydi.
Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spesifikligi, ya'ni har bir patogen mikrob organizmga tushib, unda ko’payganida
ma'lum bir infeksion kasallikni keltirib chiqarish xususiyatidir. Patogen mikroblar spesifiklikka ega bo’libgina qolmay, balki organotroplikka
ham egadir. Ko’pchilik mikroorganizmlar — kasallik qo’zg‘atuvchilari uchun ma'lum organ va to’qimalarni ko’proq shikastlantirish
xususiyati xarakterlidir.Turli mikroblarning patogenligi keng doirada o’zgarib turishi mumkin. Bir turga mansub mikroblarning ayrim
shtammlari kasallik keltirib chiqarishi jihatidan har xil darajadagi kuchga ega bo’lishi mumkin. Mikrobning har xil darajadagi patogenligi
virulentlik deb ataladigan bo’ldi.
Mikroblarning hayvonni o’limga olib boradigan miqdori o’ldiradigan minimal yoki minimal letal' doza: dosis letalis minima (LDm) deb
ataladi. Turli qo’zg‘atuvchilarning virulentligini bir-biriga solishtirib ko’rishda LD50 ko’rsatiladi, LD50 tajribada bir xildagi minimal doza
yuqtirilgan hayvonlarning 50% ni o’ldira oladigan mikroblar miqdoriga qarab belgilanadi.Mikroblarning patogenligi va virulentligini
belgilab beradigan omillar. Mikroorganizmlarning patogen xususiyatlari turli fermentlar, metabolizm mahsulotlari, zaharli moddalar, ya'ni
xo’jayin hujayralari va to’qimalarining o’tkazuvchanligini buzib, uning hujayra elementlarini yemiradigan toksinlar ishlab chiqarish yo’li
bilan makroorganizm hujayralariga ta'sir ko’rsatish layoqatiga bog‘liqdir.Hozirgi vaqtda bakteriyalarning ekzotoksinlari va endotoksinlari
tavofut qilinadi, bular ximiyaviy tarkibi va boshqa xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Odam organizmiga mikrob tushganidan keyin bir necha davrlardan tarkib topadigan infeksion jarayon boshlanadi.
Inkubasion davr, prodromal davr, kasallikning avj olib borish davri tushuntiriladi.
Boshqa mikroblar tufayli kelib chiqqan ikkilamchi infeksiya asosiy kasallikka qo’shiladi yokn infeksion kasallikni boshidan kechirganidan
keyin organizm zaiflashib qolgan paytda boshlanadi, masalan, grippda stafilokokk sabab bo’ladigan pnevmoniyannng qo’shnlishi.
Ba'zi infeksion kasalliklarning qo’zg‘atuvchilari qanday bo’lmasin biror xil o’choqda — tishlar, bodom bezlari, maddalarda uzoq vaqt turishi
mumkin (o’choqli infeksiya). Bu yerda ular qonga o’tib, unda ko’paya oladi. Mikroblarning qonda ko’payib ketishi juda og‘ir kasallik —
sepsis (yunoncha sepsis — chirish degan so’zdan olingan) paydo bo’lishiga olib keladi.
Patogen mikroblar, masalan, qorin tifi, meningit, krupoz pnevmoniyada ko’rilganidek, qonda faqat vaqtincha turadigan bo’lsa, bunday
hodisaga bakteriemiya deyiladi.
Infeksiya manbaidan sog‘lom odamga kasallik qo’zg‘atuvchisi o’tadigan ma'lum yo’llar bor: ichak (fekal'-oral' yo’li), havo-tomchi yo’li,
transmissiv va kontakt yo’l bilan o’tishi tushuntiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |