Odam organizmi bilan mikroblar o’rtasida muayyan o’zaro munosabatlar bo’ladiki, bularni mutualizm, kommensalizm va parazitizm deb
6
Mutualizm (latincha mutuus — o’zaro degan so’zdan olingan)—ikkita organizmning bir-biriga foyda keltirib birga yashashidir. Masalan,
o’simliklar orasida — suv o’tlar bilan lishayniklarni hosil qiluvchi zamburug‘larning, tuganak bakteriyalari bilan dukkakli o’simliklarning
birga yashashi. Odam ichagida birga yashaydigan foydali mikroorganizmlar vitamin V gruppasi sintezida ishtirok etuvchi ichak tayoqchalari
va ichakdagi chirituvchi- mikrofloraning antagonisti bo’lmish sut achituvchi bakteriyalardir.
Kommensalizm (fransuzcha commensal — hamtovoq degan so’zdan olingan) — birga yashovchi organizmlar bir-biriga ziyon
yetkazmaydigan o’zaro munosabatlardir. Masalan, odatda odam terisi va shilliq pardalarida, shuningdek organizm bo’shliqlarida
yashaydigan patogenmas stafilokokklar, turli tayoqchalar, aktinomisetlar singari mikroorganizmlar.
Parazitizm (yunoncha parasitos —tekintomoq, tekinxo’r degan so’zdan olingan) bir turdagi organizmning boshqa organizm hisobiga
oziqlanib, unga ziyon-zahmat yetkazadigan o’zaro munosabatlarini bildiradi. Parazit mikroblar odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion
kasalliklar qo’zg‘atuvchilarining katta gruppasini tashkil etadi. Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari, aftidan, tirik organizmda
yashashga uzoq moslashib borish natijasida vujudga kelgan. Tabiiy tanlanish natijasida mikroorganizmlar ularni saprofit ajdodlaridan ajratib
turadigan yangidan-yangi belgilarni kasb etgan. Tirik organizm parazit mikrob uchun doimiy makon, tabiiy yashash muhiti bo’lib qolgan.
Mana shu muhit ta'siri ostida mikroblarning ba'zilari xo’jayinning hujayralari va to’qimalaridagi har xil komponentlardan oziq muhiti
tariqasida foydalanishga imkon beradigan yangi ferment sistemalariga ega bo’lib qolgan. Boshqa mikroorganizmlar, masalan, viruslar o’z
ferment sistemalarini batamom yo’qotib qo’ygan. Ularning hayot faoliyati va ko’payishi o’zi moslashib, adaptasiyalanib qolgan organizm
xo’jayralariga boshidan-oyoq bog‘liq.
Har bir parazit mikrob evolyusiya jarayonida yuqori darajali organizmlarning bir yoki bir necha turida yashashga moslashib qolgan. Parazit
mikroblarning ba'zilari, masalan, qizamiq virusi, dizenteriya qo’g‘atuvchilari, vabr vibrioni, tif sal'monyollalari faqat odam organizmida
parazitlik qilishga moslashgan. Boshqa xillari odam organizmida ham, hayvon organizmida ham yashashi mumkin: toun qo’zg‘atuvchisi,
brusellalar, sil mikobakteriyalari shular jumlasidandir.
Uchinchi xillari — tovuq vabosi, cho’chqa saramasi qo’zg‘atuvchilari faqat hayvonlar organizmida yashashga moslashib olgan.
Odam va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogen mikroorganizmlar deb atalsa (yunoncha pathos — dard, alam,
genos — tug‘ilish, paydo bo’lish degan so’zlardan olingan), ularning kasallik keltirib chiqarish xususiyati patogenlik deb ataladi. Yana
odamning terisi, shilliq pardalari va organizmidagi bo’shliqlarida yashovchi shartli patogen mikroorganizmlar gruppasi ham bor. Bular
muayyan sharoitlarda, organizmning qarshiligi susayib qolgan (charchash, yolchib ovqatlanmaslik, og‘ir ish, xronik kasalliklar, temperatura
rejimining buzilishi natijasida) taqdirdagina kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Ba'zi saprofitlar ham patogen bo’lib qola oladi. Masalan,
botulizm qo’zg‘atuvchisi tashqi muhitda saprofit bo’lib yashaydi. Bu mikrob oziq-ovqat mahsulotlariga, xususan konservalarga tushib qolsa,
ko’payib, shu qadar zaharli toksin chiqara boshlaydiki, uning arzimas miqdori ham juda qattiq zaharlanishga sabab bo’ladi.
Shunday qilib, mikrob bilan odam o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning hamma shakllaridan medisina mikrobiologiyasi uchun birinchi galda
parazitizm hodisalari diqqatga sazovordir, chunki mana shu o’zaro munosabatlar negizida infeksion kasalliklar kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: