Kerakli jihozlar va asboblar:
parmalash stanogi, burama o‘qli giralar, mahkamlagichlar, tirgaklar, tayanch ostqo‘ymalar, yuzalarni randalash uchun – o‘tuvchi keskichlar, pog‘onalar va ѐn chekkalarini qirqish uchun – qirqib tushirish keskichlar; ariqchalar ochish, o‘yiqlar va chuqurchalar qirqib tushirish va qirqib olish keskichlari, xomaki randalash uchun – o‘tuvchi bukik kesgich, tozalab randalash uchun - qirrasi bir oz yumaloqlangan qirquvchi keskich, xomaki materiallar.
Ishni bajarish tartibi
1.Stanokni ishga tushirish va to‘xtatish.
|
1. Stanok ulab-uzgichini soat mili yo‘nalishiga burib ishga tushiriladi, teskari yo‘nalishga burib to‘xtatiladi. Tugmachali yurgizgich bo‘lgan holda, qora ѐki oq rangdagi ishga tushirish, qizil rangdagi to‘xtatish tugmachasi bosiladi.
|
2.Stanok stolini ko‘tarish (tushirish) va ishga taѐrlash.
Eslatma. Ctolni ko‘tarib ѐki tushirib, zagotovkkaning parmaga nisbatan holati to‘g‘rilanadi.
|
2.Stol har doim quyidagi tartibda ko‘tarib - tushiriladi: poma qisqichlari bo‘shashtiriladi; tegishli dasta aylantirilib, stol ko‘tariladi va tushiriladi; stanok stoli, uning yo‘naltirgichlari va murvati latta bilan yaxshilab artiladi. Stanok stoli zagotovkani qisish qurilmalari (mashinanig burama o‘qli giralari, mahkamlagichlar, tirgaklar, tayanch ost qo‘ymalar) ѐrdamida mahkamlanadi. Ishlov berish turiga qarab keskichlar; yuzalarni randalash uchun – o‘tuvchi keskichlar; pog‘onalar; va ѐn chekkalarini qirqish uchun – qirqib tushirish keskichlari tanlanadi; zagotovka qismlarga bo‘lib qirqiladi. Ariqchalar ochish, o‘yiqlar va chuqurchalar qirqib tushirish va qirqib olish keskichlari: xomaki randalash uchun – o‘tuvchi bukik kesgich, tozalab randalash uchun - qirrasi bir oz yumaloqlangan qirquvchi keskich tanlanadi.
|
3.Orqa uchi silindrsimon parmani ikki mushtchali – kulachokli patronga o‘rnatish.
Eslatma. Patronga orqa uchi silindrsimon parmalar o‘rnatiladi.
|
3.Orqa uchi silindrsimon parmani ikki mushtchali patron ѐrdamida o‘rnatishda: a) parma diametrining patron o‘lchamiga mosligi tekshiriladi. b) parmaning orqa uchi artiladi; o‘ng qo‘l bilan ѐn chekkaga kalit solinadi; patron mushtchalari parma bemalol kiradigan darajada ochiladi; v) chap qo‘l bilan parmani patronga shunday kiritish kerakki, u orqa uchi bilan patron tubiga tiralib tursin, shundan keyin parma puxta mahkamlanadi; g) patron stanok shpendilining konussimon teshigiga o‘rnatiladi. d) stanok yurgizib yuboriladi; parmada tepish bo‘lmasa, turli ko‘rinishdagi shakllar (masalan, konus, katta diametrli silindr) hosil qiladi. Parmani to‘g‘rilash (tepishini yo‘qotish) uchun uni ѐki patron bilan o‘tuvchi vtulkani boshqa holatga qo‘yish zarur. Parma diametrining patron o‘lchamiga mosligi tekshiriladi. Maxsus kalit bilan patron mushtchalari shunday keriladiki, parmaning orqa uchi patronga bemalol kirib turadi.
|
4.Parmani (ѐki parmali patronni) stanok shpindelining teshigiga o‘rnatish. Eslatma. Stanok shpindelining teshigiga orqa uchi konussimon parmalar bevosita o‘rnatiladi.
|
4.Parma (patron konusi raqamining shpindel teshigi konusining raqamiga mosligi tekshiriladi (zarur bo‘lsa, shunga mos o‘tish vtulkalari tanlanadi). Parma, vtulkalar va shpindelning tutashma yuzalari artiladi. Parma (patron)ning orqa uchiga o‘tish vtulkalari kiydiriladi. Parma (patron) stanok shpindelining teshigiga shunday o‘rnatilishi kerakki, uning orqa uch panjasi o‘yiqqa kirsin; shundan keyin parma (patron) yuqoriga kuch bilan surilib shpindel teshigiga mahkamlanadi.
|
5.Parmani (ѐki parma bilan patronni) stanok shpindelidan chiqarish. Eslatma. Pona o‘rnida egovning orqa uchidan foydalanish; parmaga bolg‘acha bilan urish; parmani qo‘l bilan tutib turmasdan, chiqarib olish; vtulkani parmadan chiqarib olish uchun o‘tuvchi vtulkaga urish.
|
5.Pona ingichka uchi bilan shpindel o‘yig‘iga kiritiladi. Parma (ѐki patron) chap qo‘l bilan ushlab turilib, pona dastasi keskin ravishda yuqoriga bosiladi (ѐki) parma patronning shpindeldan chiqquncha bolg‘a bilan ponaning enli uchiga yengilgina uriladi. O‘tuvchi vtulkaga o‘rnatilgan parmani chiqarib olishda oldin parma vtulka bilan birga urib chikariladi, so‘ngra parma chap qo‘lga olinib, vtulka pona bilan urib chiqariladi. So‘ngra parmadan vtulka chiqarib olinadi
|
6.Stanok tezligi va surishni sozlash (usta topshirig‘iga ko‘ra).
|
6.O‘rtacha o‘lchamdagi zagatovkalar mashina giralarda va qo‘l giralarida quyidagi tartibda o‘rnatiladi va mahkamlanadi: Stanok stoli va giraning asosi yaxshilab artiladi va uning yuzasi mashina moyi bilan yengil moylanadi. Gira dastgoh stolining o‘rtasiga o‘rnatiladi; teshik parmalanaѐtgan tekislik parmaga perpendikulyar holatda bo‘lishi kerak. Gira jag‘iga ѐg‘och ostqo‘yma qo‘yiladi, uni giraga shunday puxta mahkamlash lozimki, zagotovka giraning tubiga qo‘yilgan ostqo‘ymalarga jips tiralib, ulardan 10-15 mm chiqib tursin; giraga zagotovkalarni o‘rnatishda ѐg‘och va mis bolg‘achalar bilan zarb beriladi. 15mm. Gacha diametrli teshiklarni parmalashda mashina giralari stanok stolining o‘yig‘iga o‘rnatilgan mahkamlash boltlari bilan qotirib qo‘yiladi (A). Stanok stoli yaxshilab artiladi. Balandligi bir xil va tomonlari tekis hamda paralllel bo‘lgan metall ostqo‘ymalar tanlanadi. Ularning asoslari yaxshilab artiladi. Zagotovka gira jag‘iga qisilib, murvatlar yassi jag‘li ombur va boshqa asbob hamda moslamalar ishlatilmasdan buriladi. Rejalangan va giraga qisilgan zagotovka ostqo‘ymaga qo‘yilib, jips bosib turiladi (B).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |