Jihozlar, asboblar va moslamalar: metalldan yasalgan o‘lchash chizg‘ichlari, chizg‘ichlar, rejalash sirkullari, bir ignali reysmaslap, vertikal chizg‘ichlar, markaz izlagichlar, mexanik kernerlar, 200 g vaznli chilangarlik bolg‘alari, ѐg‘och taxtachalar, rejalash taxtasi, charxlash stanogi, kernerning charxlash burchagini tekshiradigan andozalar, donadorligi turlicha bo‘lgan abraziv qayroqlar.
Ishni bajarish tartibi
Metalldan yasalgan o‘lchash chizg‘ichi yordamida chiziqlar chizish
|
Chizg‘ichni detalga qo‘yish.
|
1.Chizg‘ichni detal ustiga qo‘yib, ular orasida tirqish qolmaydigan qilib, chap qo‘lning uchta barmog‘i bilan mahkam bosib turish kerak.
|
Chizg‘ichni olib chiziq chizish.
|
2.Chizg‘ichni qalam ushlagandek o‘ng qo‘lga olib, to‘xtamasdan zarur uzunlikda chiziq chizish lozim. Chiziq chizishda chizg‘ichni jismga zich bosib turib, biror kichik burchakka og‘dirish kerak (rasmga qarang).Bir joyga bir necha marta chiziq tortish man etiladi, chunki bu chiziqning qo‘shaloqlanishiga olib keladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |