O‘zaro perpendikulyar chiziqlar chizish
1.Chizg‘ich va sirkul ѐrdamida perpendikulyar chiziqlar chizish
|
1.Tayѐrlangan yuzada istalgan a, b chizig‘i chiziladi. Chiziq o‘rtasida 1-nuqta belgilanadi va kernlanadi. 1-nuqtadan ikki tomonga sirkul bilan bir xil o‘lchamda 2 va 3- chiziqlar chiziladi va kernlanadi. Sirkul 1va2 (1va3)-*nuqtalar orasidagi o‘lchamdan 6-8 mm kattaroq o‘lchamga o‘rnatiladi. Sirkulning qo‘zg‘almas oѐqchasini 2-nuqtaga o‘rnatib, harakatlanuvchi oѐqchasi bilan chiziqni kesib o‘tadigan ѐy chiziladi. Sirkulning qo‘zg‘almas oѐqchasi 3-nuqtaga o‘rnatilib, bu ish takrorlanadi. Yoylarning 4 va 5-kesishuv nuqtalari hamda 1-nuqtadan dastlabki chiziqcha- perpendikulyar chiziq chiziladi.
|
Parallel chiziqlar chizish
|
1.Chizg‘ich va sirkul ѐrdamida parallel chiziqlar chizish.
|
1.Zagotovkaning tayѐrlangan yuzasiga chizg‘ich ѐrdamida taxminiy chiziq chiziladi va uning uchlaridan 10- 12 mm oraliqdagi masofada a va b nuqtalar kernlanadi. Sirkulning qo‘zg‘almas oѐg‘ini belgilangan o‘lchamda chiziqdagi kernlangan o‘yiqlarga o‘rnatib, sirkulning harakatlanuvchi oѐg‘i bilan a va b nuqtalardan chiziq tepasidan ѐylar chiziladi. Ikkalasiga urinma qilib chizg‘ich bilan chiziq chiziladi, bu ilgari chizilgan chiziqqa parallel bo‘ladi
|
2.Chizg‘ich va keng asosli go‘niya ѐrdamida parallel chiziqlar chizish. Eslatma: Ishlov berilgan tomonli zagotovkalar rejalanadi.
|
2. Go‘niya rejalashga tayѐrlangan zagotovkaga shu tarzda qo‘yiladiki, uning tokchasi zagotovkaning ishlov berilgan tomoniga qisilgan bo‘ladi; go‘niyani chap qo‘l bilan ushlab va chizg‘ichni go‘niya qirrasiga qisib turib, chiziq chiziladi. Go‘niya zagotovkaning ishlov berilgan tomoni bo‘ylab surilib, birinchi chiziqqa parallel chiziq chiziladi.
|
O‘lchamlarni o‘q chizig‘i va material qirrasidan hisoblab rejalash
|
|
1.Rejalanaѐtgan yuza rejalashga tayѐrlanadi. Rejalanaѐtgan yuzada, taxminan material o‘rtasidan, uning ѐn tomoniga parallel ravishda bo‘ylama 00 o‘q chizig‘i chiziladi. Go‘niya va chizg‘ich ѐrdamida o‘q chizig‘iga parallel ab chizig‘i shunday chiziladiki, u chiziq zagotovka chetidan10-12mm narida bo‘ladi. Bu chiziqdan 74 mm va 119 mm qo‘yib, ikkita perpendikulyar chiziq ad va yed chiziladi. Perpendikulyar chiziqlarning o‘q chiziq bilan kesishish nuqtalari kernlab belgilanadi. Sirkul ѐrdamida perpendikulyar chiziqlarda o‘q chizig‘idan yuqoriga va pastga ketma-ket 15, 15 va 3mm o‘lchamlar qo‘yiladi va ular kernlanadi. Perpendikulyar chiziqlardagi nuqtalar tutashtiriladi va shablonning rejalangan konturi kernlanadi.
|
2. Bir tomoniga (qirrasiga) ishlov berilgan zagotovkani rejalash.
|
2.Bazali (ishlov berilgan) tomonga perpendikulyar chiziqlar keng asosli go‘niya ѐrdamida ishlov berilgan tomonidagi qirrasidan surib chiziladi. O‘lchamlar zagotvkaning bazali qirrasidan, hisoblanadi.
|
Bir-biriga nisbatan burchak holatida joylashgan chiziqlarni chizish
|
1.Chizg‘ich va sirkul ѐrdamida 450 li burchak yasash.
|
1. Ikkita o‘zaro perpendikulyar chiziq chiziladi va ularnnng 0 kesishish nuqtasi kernlab belgilanadi. Chiziqlarning 0 kesishish nuqtasidan sirkulda ixtiѐriy radius bilan chiziqlarni kesib o‘tadigan ѐy chiziladi; ѐyning chiziqlar bilan kesishish a va b nuqtalarida kern o‘yiqlari o‘yiladi. Shu radiusning o‘zi bilan ѐyning a va b chiziqlari kesishgan nuqtalardan 900 li burchak ichida ikkita chiziqcha chiziladi; ularning kesishish nuqtasi kernlab belgilanadi. Chiziqchalarning kesishish nuqtasi perpendikulyar chiziqlarning 0 kesishish nuqtasi bilan birlashtiriladi.
|
Chizg‘ich va sirkul ѐrdamida 300, 600 va 1200 li burchaklar chizish.
|
2.Ikkita o‘zaro perpendikulyar chiziq chiziladi va ularnnng 0 kesishish nuqtasi kernlab belgilanadi. Chizqilarning 0 kesishish nuqtasidan ixtiѐriy radius bilan chiziqlarni a va b nuqtalardan kesib o‘tadigan ѐy chiziladi a va b nuqtalar kernlab belgilanadi. Sirkul oѐqchalarining holatini o‘zgartirmasdan, a va b nuqtalardan ѐyda ikki chiziq s va d ning burchak uchi yasaladi. s va d kesishish nuqtalari burchak uchi bilan birlashtiriladi.
|
Transportir ѐrdamida burchaklar yasash
|
3.Ixtѐriy a v to‘g‘ri chizig‘i chiziladi. Chiziqda 0 ixtiѐriy nuqta belgilanadi va kerner bilan o‘yiladi. Chiziqqa transportir shunday qo‘yiladiki, uning boshlang‘ich nuqtasi chiziqqa belgilangan 0 nuqta bilan mos keladi. Transportir ѐyida berilgan gradus sanab chiqiladi va u zagotovkada S nuqta deb belgilanadi. Chizg‘ich va chizg‘ich ѐrdamida belgilangan S nuqta chiziqdagi dastlabki 0 nuqta bilan tutashtiriladi.
|