1. Kavariq va botiq yuzalarni egovlash hamda andoza bilan qirqish vositasida tekshirish.
|
1.Qavariq yuzalarni egovlashda zagotovka chizma bo‘yicha rejalanadi. Uning burchaklari qo‘l arra bilan kesib tashlanadi. Metall qatlari katta tishli egov bilan reja chizig‘iga 0,8-1,0 mm yetkazmasdan egovlanadi. So‘ngra mayda tishli egov bilan reja chiziqqa asosan uzil-kesil ishlov beriladi. Botiq yuzalarni egovlashda chizmada zagotovka konturi rejalanadi. Metallning qattiq qismi uchburchak shakli hosil qilinib, qo‘l arra bilan kesib olinadi ѐki parmalash yo‘li bilan olib tashlanadi. Chizilgan reja chizig‘iga 0,3-0,5 mm yetkazmasdan, ѐnlar ѐki chikiqlarga avvaliga 1 -raqamli tishli egov bilan, so‘ngra mayda tishli egov bilan uzil-kesil ishlov beriladi. Egovlash sifati andoza bilan ―qirqish bo‘yicha, egovlangan yuzaning zagotovka ѐn chekkasiga perpendikulyarligi esa uchburchaklik bilan tekshiriladi.
|