Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Fazoviy rejalashda chiziqlar asosan qanday asbob bilan chiziladi? 2.Tekislikda rejalashda foydalaniladigan asboblarni aytib bering.Ulardan qaysilari fazoviy rejalashda ham ishlatiladi?
3.Tekislikda va fazoviy rejalashda gorizontal va vertikal reja chiziqlari chizishning farqi nimada?
4.Fazoviy rejalashda xavsizlik qoidalarini ayting?
22 – AMALIY ISh
EGOVLAB KENGAYTIRISh
Ishning maqsadi:
-egovlash va o‘lchamga moslash usullarini, ishlatiladigan asboblar va moslamalarni, ish o‘rnini tashkil qilish hamda egovlab kengaytirishda va o‘lchamga moslashda xavfsiz ishlash qoidalarini o‘rganishlari;
- turli ichki tarh- konturlarni rejalash, parmalab teshish, qirqish va 0,2 mm. gacha aniqlik bilan egovlab kengaytirish, 0,15 mm.dan oshmaydigan tekis tirqishli ikkita detalni, ochiq va ѐpiq ichki tarhlarni moslash, egovlashda hamda o‘lchamga moslashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilib ishlash, ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish kabi amallarni egallashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |