Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Qavariq sirtlarni egovlashda qanday ishlar bajariladi?
2.Botiq va qavariq sirtlar qanday egovlar bilan egovlanadi?
3.Egovlashni mohiyati va vazifasi nimadan iborat?
4.Egovlar qanday materiallardan tayѐrlanadi?
21 – AMALIY ISh
FAZOVIY REJALASh
Ishning maqsadi:
-fazoviy rejalashning vazifasi va bajarish usullarini; ishlatiladigan asbob va moslamalarni; xomaki materialni rejalashga tayѐrlash qoidalarini va rejalash baza qoidalarini o‘rganishlari;
-chala mahsulotning yaroqliligini tekshirish va ularni rejalashga tayѐrlash; rejalashda xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish, chizg‘ich, kernerlar va rejalash sirkuli oѐqchalarini charxlash hamda qirovini to‘kish kabi amallarni egallashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |