Moliyaviy P↑ → aktivlarning↓ → { S↓ ( S↑}→ AD↓ real qiymati Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlaryoga talab kamayadi va o`z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo`lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YAIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta`sir ko`rsatadi.
P↑→{ X↓ ( M↑}→Xn↓ →AD↓ YUqorida ko`rib o`tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog’liq bo`lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o`zgarishlar yalpi talabning miqdorida o`z aksini topadi va uning egri chizig’ini chapga yoki o`ngga siljitadi (1-chizma). YAlpi talabning bahoga bog’liq bo`lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste`mol xarajatlaridagi o`zgarishlar:
a) iste`molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o`zgarishi;
b) iste`molchilar kutishi; v) iste`molchilarning qarzlari miqdorining o`zgarishi;g) iste`molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o`zgarishi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o`zgarishlar:
a) foiz stavkasidagi o`zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o`zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o`zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o`zgarishi.
3. Davlat xarajatlarining o`zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. 4. Sof eksport hajmidagi o`zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o`zgarishi.
b) valyuta kurslaridagi o`zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpitalabning narxlarga bog’liq bo`lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.
YAlpi talabning bahoga bog’liq bo`lmagan omillari ta`sirida AD egri chizig’i o`ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma`lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpiichki mahsulot hajmi o`zgaradi.
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma`lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig’ining o`ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo`lgan holatlarda AD egri chizig’i chapga siljiydi.
Начало формы
KEYINGI
Конец формы
◄ ADABIYOTLAR Начало формы
YAlpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo`lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. YAlpi taklif tushunchasi ko`pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo`llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. SHuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o`rtasida to`g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o`sib borishi bilan o`sib, pasayishi bilan tushib boradi. YAlpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko`tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (10-chizma). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko`pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
YAlpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potentsial hajmidan, ya`ni to`liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo`lgan hajmidan kamdir. Demak bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo`lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko`rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta`sir ko`rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o`zgarmay qolgan sharoitda ro`y beradi.
YAlpi taklif egri chizig’ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: