Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “ Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”*. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov vositalari emissiyasini yoki kredit mul’tiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo`lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma`lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so`mni qarzga beradi. SHunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga ko`paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. YA`ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so`mdan tashqari yana 1600 so`m qarz oluvchilar qo`lida qoladi. Agar, 1600 so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo`lgan zahira normasida u 320 so`mni zahirada qoldirib, 1280 so`mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so`nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. YAkuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 schqmga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu jarayonni formula ko`rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog’liq bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p miqdorini bildiradi.
Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul mul’tiplikatori. Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o`tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
Do'stlaringiz bilan baham: |