2-reja.Ishlab chiqarish maromiyligi tahlilini tashkil etish va uning bosqichlari
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
I.ch.t.e. xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, i.ch. ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, i.ch. boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari hamI.ch.t.e. ga kiradi. U mahsulot i.ch. ning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli i.ch.ni xreil qiladi. I.ch.t.e. ning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, i.ch. boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot i.ch.ning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga i.ch. ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik i.ch. kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot i.ch. ni uzluksiz tashkil etishdir. I.ch.t.e. ning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
I.ch.t.e. ning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va i.ch.ni kombinatsiyalash orqali yangi i.ch. tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, i.ch. uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy i.ch. majmualari darajasida I.ch.t.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
I.ch.t.e. ning xususiyatiga koʻra, potok l i (i.ch. ning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib i.ch. (po-tokli va yakka tartibda mahsulot i.ch.ni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. I.ch.t.e. da ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash I.ch. t.e. ning muhim vazifasiga aylangan.
Korxonani asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish bilan bir qatorda aktiv asosiy fondlami yangilanish masalalarini ham tahlil qilish lozim. Har yili korxonani sotsial iqtisodiy rivojlantirish rejasini tuzganda ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jihozlash tashkiliy texnikaviy rivojlantirish rejasi tuziladi. Korxona asosiy fbndlarini yangilanishi, takomillashuvi, ayniqsa, aktiv asosiy fondlami jismoniy va ma’naviy yemirilishi bilan bog‘liq. Tahlilning asosiy vazifasi va maqsadi oxirgi besh yil mobaynida korxonada qanday yangilanish, kengaytirish, mavjud цех va uchastkalami rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilish darajasi va bu tadbirlami korxona texnik iqtisodiy ko'rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdir. Korxonaning aniq ma’lumotlariga asoslanib, korxonada texnika va texnologiyani yangilanish darajasi tahlil qilinadi.
Yillar
|
Joriy yili keltirilgan jihozlar, m.s.
|
Yil oxiriga mavjud jihozlar, m.s.
|
Yangilanish, %
|
2017
2018
2019
2020
2021
|
20400
21800
23000
22680
39644
|
407746
429476
446086
479956
514600
|
|
Jami
|
127524
|
455937
|
24
|
Xulosa: keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum boMdiki, korxona har yili yangi texnika xarid qilib olinadi va besh yil mobaynida 127S24 tiling so‘mni tashkil qilgan, ya’ni 24 % mavjud aktiv asosiy fondlar yangilandi. 0 ‘rtacha har yili yangilanish 5 %ni tashkil etsa, korxonani, jihozlami to'lato‘kis yangilash uchun yaqin 20 yil talab etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonada ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalarini tatbiq qilish juda sust bonnoqda. Bu albatta, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir qiladi.
Korxona asosiy fondlami holatiga ulami unumdorligiga va emirilish darajasiga ta’sir qiladigan omillardan biri liarakatdagi mashina uskunalar, jihozlami modemizatsiya qilish, ya’ni mashina va uskunalami qismi detallari va uzeliarini yangt kcmstmktsiyasini o‘matish.
Mashina va uskunalami modemizatsiyalash deganda kapital ta’mirtash jarayonida korxona ratsionalizatorlarini, ijodkorlarini, taklifini qo‘llash natijasida jihozlami yemiritishini kamaytirish, unumdorligini oshirish, yoqilgli va elektroenergiya sarfini kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, chiqindilami kamaytirish natijasida iqtisodiy samara olishdir.
Mashina va uskunalar nomi
|
Reja bo'yicha
|
Hisobotyilida
|
Yillik shartli samara m.s.
|
1. Paxtani savalash mashinasi
|
15
|
14
|
13.6
|
2. Yo‘g‘on pillik mashinasi
|
4
|
2
|
11.2
|
3. Pilik mashinasi
|
-
|
10
|
120
|
4. Yigiruv mashinasi
|
-
|
3
|
80
|
Jami
|
|
|
224.8
|
Xulosa: tahlil natijasidan ko‘rinib turibdiki, joriy yili bir necha turdagi to‘qimachilik mashinalarini modemizatsiya qilish natijasida 224,8 ming so‘m iqtisodiy samara olindi. Lekin ba’zi bir jihozlar bo‘yicha modemizatsiya rejasi har xil sabablarga ko‘ra bajarilmadi va ko‘zda tutilgan iqtisodiy satnaraga erishilmadi. Ammo joriy yili korxonada rejada ko'rilmagan modemizatsiya ishlarini tezkor ho Ida bajardi va 200 ming so‘mlik iqtisodiy samara olishga erishdi. Albatta oHkazilgan modemizatsiya ishlari texnik iqtisodiy ko'rsatkichlami o‘sishiga va jihozlaming holatini yaxshilanishiga olib keldi.
Yuqorida ko'rilgan korxonani asosiy fondlar, ayniqsa, aktiv asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik masalalari korxonani texnik ta’minlanganlik darajasiga aniq javob berolmaydi.
Korxonaning texnik ta’minlanganlik darajasini aniq ifodalaydigan ko‘rsatkich mehnatni fondlar bilan ta’minlanganlik darajasidir. Bu ko'rsatkich asosiy fondlami yil oxiridagi qimmatini eng katta smenadagi ishchilar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Mehnatni asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik ko'rsatkichi ishchilami texnik ta’minot darajasini ko‘rsatadi va ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatini kamayishidan dalolat beradi va mehnat unumdorligini o‘sishiga olib keladi. Tahlilning asosiy maqsadi ishchilami o‘tgan yilga nisbatan bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan hamma asosiy fondlar, ayniqsa, aktiv asosiy fondlar bilan ta’minlanlik darajasini tahlil qilib, bu ko'rsatkichni mehnat unumdorlik ko‘rsatkichiga, mahsulot hajmiga, uni sifatiga ta’sirini aniqlashdir.
Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib, mehnatni fondlar bilan qurollanganlik darajasi tahlil qilinadi.
Davr
|
Hamma asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik
|
Aktiv asosiy fondlar bilan
|
Yil oxiriga m.s
|
Eng katta smenadagi ishchilar soni
|
Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan asosiy fondlar m.s.
|
Yil oxiriga m.s.
|
Eng katta smenadagi ishchilar soni
|
Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan aktiv asosiy fondlar m.s.
|
O'tgan yilda
|
527066
|
1570
|
335,6
|
263533
|
1570
|
168,0
|
Joriy yilda
|
531350
|
1494
|
356,0
|
274177
|
1494
|
183,6
|
0 ‘zgarish, %
|
+0,8
|
-4,8
|
+6,2
|
+4,0
|
-4.8
|
+9,3
|
Xulosa: ikki yillik ma’lumotlami taqqoslash natijasida ma’lum boMdiki, mehnatni hamma asosiy fondlar bilan ta’minlangligi 335,7- 356=21,7 m.s. yoki 106,2 % ga, aktiv asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi esa (183,6-168)=15,6 m.s. yoki 109,3 %ga oshgan. Mehnatni aktiv asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘sishiga sabab joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan aktiv asosiy fondlar 274177-263533=10645 m.s. yoki 104 %ga oshganligi.
Demak, korxona joriy yili kapital mablag'ni maqsadga yo‘naltirilgan holda sarflangan natijada bir soatlik mehnat unumdorligi 5220-3240=280 so‘mga yoki 109 %ga oshgan va shuning hisobiga joriy yilda korxona 115 ta ishchini tejashga erishgan.
Korxonani asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini, holatini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tahlilidan so‘ng, korxona ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasi o‘rganiladi. Korxona ishlab chiqarish quw ati deganda erishilgan yoki mo‘ljallangan texnika darajasi, korxona texnologiyasi, ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida ishlab chiqarilgan eng ko'p mahsulot miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasi quyidagicha ifodalanadi (K ,q):
Ko'rsatkich
|
Reja
|
Haqiqatda
|
O'zgarish
|
l.Taqqoslama narxlardan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so'm.
|
5330740
|
5757199
|
+426453
|
2.Taqqoslama narxlarda ishlab chiqarish quwati, ming so'm.
|
6130351
|
6678350
|
547999,8
|
3.Quvvatdan foydalanish darajasi. %
|
87
|
86.2
|
-0,8
|
Korxona quvvatiga smenalik koeffitsiyentini o'zgarishi, jihozlar takomillashuvi, jihozlar unumdorligining o‘sishi hamda ish vaqtidan samarali foydalanishga bog'liq. Shuning uchun bu ko'rsatkichni o'zgarmas kattalik deb qabul qilib bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, korxona quwati ishlatilgan xomashyo sifati va ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishiga ham bevosita bog‘liq. Korxonaning ishlab chiqarish quwati yakunlovchi sexlar quwati bilan oMchanadi, ya’ni har bir mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng, qayta,ishlov berish ishlari olib borilmaydi va qolgan sexlar quwati jihatidan yakunlovchi sex quvvatiga mos tushishi kerak.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 426453 ming so‘mga oshgan. Shu bilan birga asosiy ishlab chiqarish fondlari 4284 ming so‘mga, ishchi mashina va jihozlar esa 10646 ming so‘mga oshgan.
Hisobot davrida ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasi o'tgan yilga nisbatan 0,8%ga kamaygan. Bu shundan dalolat beradiki, hisobot davrida 10646 ming so'mlik kiritilgan yangi jihozlar o‘z vaqtida 0‘matilmagan, sozlanmagan, tayyorgarlik ishlari olib borilmagan, jihozning loyihadagi unumdorligiga erishilmagan, ish vaqtidan yo‘qotishlarga yo‘l qo'yilgan shuning uchun quvvatdan foydalanish darajasi kamayib ketgan.
Korxonani texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarini o‘sishi birinchi navbatda ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo‘yicha foydalanish darajasini ifodalovchi smena koeffitsiyentiga va har xil sabablar bilan jihozlami to‘xtab qolish vaqtini kamayishiga bog‘liq.
Bizga ma’lumki, joriy yilda korxona ishchilar bilan ta’minlangan va 99 ta ishchi ortiqcha ishlatilgan. Buning sababi joriy yili 228,019 ming odam soat yo‘qotilgan va shu yo‘qotilgan vaqtni qoplash maqsadida, ayniqsa, yil oxirida qo'shimcha ishchi qabul qilishga majbur bo'lgan. Ish vaqtidan yo'qotish davrida mashina va uskunalar ham to‘xtagan. Sababi korxonada moddiy texnika ta’minoti 1,3 %ga bajarilmagan, ba’zi bir assortimentlar bo'yicha 6 V«ga bajarilmagan va eng asosiysi xomashyo va materiallar birinchi, uchinchi kvtrtallarda bajarilmagan va nihoyat to‘rtinchi kvartalda U'minot 103 %ga ortig'i bilan bajarilishi hisobiga yillik ta’minotni 9S’,7 Vega bajarishga erishilgan va bu to'rtinchi kvartalda keltirilgan xomashyoni qayta ishlash maqsadida 99 ta ishchini ortiq qabul qilib, smena koeffitsiyentini oshirish hisobiga ortiqcha mahsulot ishlab chiqilgan. Agar bu tadbir amalga oshirilmaganda mahsulot ishlab chiqarish 108,1 %ga bajarilmagan bo'lar edi va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 86,2 % ni emas, undan ham past bo'lar edi.
Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi, chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarish va m oliyaviy resurslarni o‘z vaqtida aniqlash ham da ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilm agan resurslarni aniqlab, ulardan sam arali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni m ustahkam lashda asosiy omil bo‘lib xizm at qiladi. Shuning uchun har bir talaba ishlab chiqarish faoliyatining tahlili bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatning tahlilini ham amalga oshirish yo‘llarini chuqur o‘zlashtirib olishi zarur, chunki ular kelajakda qishloq x o ‘jalik korxonalari va tashkilotlari hamda mamlakat iqtisodiyoti ravnaqi yoMida mutaxassis bo'lib xizmat qiladilar.
Yuqorida keltirilgan boblarda ishlab chiqarish faoliyatining tahlili ko'rib chiqildi, endi moliyaviy faoliyatning tahlil quyida navbatdagi boblarda bayon qilinadi.
Moliyaviy faoliyat tahlili (yoki moliyaviy tahlil) deb nimaga aytiladi?
Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlarning ma’lumotlari asosida o‘rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi.
Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo‘lib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, toMovga qodirligi, o‘z mablag'lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida tahlil qilib turish — korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratadi. Shu nuqtayi nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil - korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash garovidir.
Moliyaviy ta h liln in g asosiy m a q s a d i bo‘lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, toMovga qodirlik ahvolini, o‘z va qarz mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga boMgan holatini o‘rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari boMib, quyidagilar hisoblanadi:
1) korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish;
2) moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga baho berish;
3) balans likvidligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishini tahlil qilish;
4) korxonaning to‘lov layoqati koeffitsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish;
5) moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash va ularning o‘zgarishiga bag‘o berish;
6 ) ayianma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini o'rganish;
7 ) debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganish;
8) t'oydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.
Moliyaviy holatni tahlil qilishning asosiy manbalari bo‘lib, quyidagi axborotlar hisoblanadi:
1) buxgalteriya balansi ( 1-shakl);
2) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2 -shakl);
3) asosiy vositalar to‘g‘risidagi hisobot (3-shakl);
4) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl);
5) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl);
6 ) debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma (2 a-shakl).
Buxgalteriya balansi korxona mulki, kapitali va majburiyatlari hajmini m a’lum sanaga aks ettiruvchi maxsus jadvaldir. U ikki qismdan iborat bo'lib. uning aktiv qismida korxonaning asosiy va ayianma mablag'lari (mulki), passiv qismida kapitali va majburiyatlari aks ettiriladi. Balansning aktiv va passiv tomonlari o'zaro teng bo'ladi.
Buxgalteriya balansi, o'z navbatida, balans-brutto va balans-netto turlariga boiinadi. Xo'jalik mablag'larini boshlang'ich qiymati bo'yicha o'zida aks ettiruvchi balans brutto deb ataladi. Xo'jalik mablag'larni haqiqiy (qoldiq) qiymati bo'yicha aks ettiruvchi balans balans-netto deyiladi. Xo'jalik mablag'larining boshlang'ich qiymatidan ularning eskirish summasini chegirib tashlash orqali haqiqiy qiymati aniqlanadi.
Korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi barcha ko'rsatkichlar buxgalteriya balansi - netto moddalari asosida aniqlanadi va tahlil qilinadi. Buxgalteriya balansi aktividagi moddalar «Mablag'larni pul shakliga aylanish tezligi (likvidlik darajasi)» belgisi bo'yicha, passividagi moddalar esa «Majburiyatlarning to‘lov muddati darajasi» belgisi bo‘yicha maxsus guruhlarga bo‘lib o'rganiladi.
Buxgalteriya balansi asosida, birinchi navbatda, korxonaning umumiy moliyaviy holatiga baho beriladi. Buning uchun korxonaning mulki (aktivlari), kapitali va majburiyatlari (passivlari)ning tarkibi va tarkibiy tuzilishi ham da ularning o‘zgarishi tahlil qilinadi. T ahlilda gorizontal va vertikal usullaridan foydalaniladi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlari, ulardagi umumiy va tarkibiy o'zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo'yicha alohida o'rganiladi. Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning har bir bo‘limi va har bir moddasi bo'yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga ,passivning ham har bir bo'limi va har bir moddasi bo'yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o'zgarishi (ko'payganligi yoki kamayganligi) aniqlanadi. Balans aktivi va passivi bo’yicha moliyaviy holatning tarkibini tahlil qilish bilan birgalikda ularning tarkibiy tuzilishi ham o'rganiladi. Buning uchun, avvalo, har bir bo'lim va moddalarning balans jam iga nisbatan salmog'i aniqlanadi. So’ngra yil oxiridagi salm og'ini yil boshidagi salm og'iga qiyoslab, tarkibiy tuzilishining o'zgarishi aniqlanadi va tahlil qilinadi.
Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda balans ma lumotlari asosida nisbiy ko'rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ular asosida moliyaviy holatni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi.
Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda mutlaq ко rsatkichlarga qaraganda nisbiy ko'rsatkichlar keng qoilaniladi. Nisbiy ко rsatkichlar amaliyotda moliyaviy koeffitsiyentlar deb ataladi. Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblashda mutlaq ko'rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar ko‘proq ishlatiladi.
1. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti.
2. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti.
3. ToMovga qodirlik koeffitsiyenti.
4. O 'z va qarz mablag'larining o‘zaro nisbati koeffitsiyenti.
5. O lz ayianma mablag'lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti.
6 . Moddiy ayianma m ablagiar hissasi koeffitsiyenti.
7. Jami ayianma mablag'larning jam i mulk qiymatidagi hissasi koeffitsiyenti.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir qishloq xo‘ja lik korxonasining oldida turgan maqsad, faoliyat yuritishdan foyda olish hisoblanadi. Foydali faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar m amlakat iqtisodiyotini riv ojlanishida asosiy tayanch b o 'lib m uhim rol o’ynay d i. Z arar bilan faoliyat yuritayotgan korxonalar salbiy ta’sir qilib, zaiflash ish ig a sababchi bo'ladi. Shuning uchun ham faoliyatning pirovard natijasini foyda shaklida namoyon boMishiga erishish imkoniyatlarini aniqlash yoMlarini talaba yaxshi bilib olishi zarur. Shu maqsadga erishish uchun korxonalar faoliyatining pirovard natijasini ifodalovchi «Moliyaviy natijalar» deb atalmish ko'rsatkichlar holatini uzluksiz ravishda tahlil qilib borish zarur. Moliyaviy natijalar deganda ninta tushunUidi?
Moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. D arom adlar hajmi xarajatlarga nisbatan ko"p boMsa, oraliqdagi farq foydani bildiradi, aksincha boMsa, zararni bildiradi. Xullas, foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o‘zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o‘zgaruvchanlikni ifodalaydi. Foyda qancha ko‘p bo‘lsa, korxona iqtisodiy jihatdan shuncha m ustahkam bo‘ladi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, toMovga qodirligi oshib boradi, o'zini o‘zi mablag" bilan ta’minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy ne’matni yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini foydali yuritish uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko'rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi, chunki foydani ko'paytirish va zararni yo‘qotish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni faqat tahlil orqali aniqlash mumkin.
Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi — foyda va rentabellik ko'rsatkichlari dinamikasini chuqur o‘rganish hamda omilli tahlil qilish asosida ularni yanada ko'paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun tahlil quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishi lozim:
1) fermer xo'jaligi moliyaviy natijalari (foydasi va zarari)ning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o'rganish;
2) yalpi foyda (zarar) va uning o‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar ta’siriga baho berish;
3) asosiy ishlab chiqarish faoliyati foydasi (zarari) va uning o'zgarishini omilli tahlil qilish;
4) umumxo'jalik faoliyati foydasi (zarari) o'zgarishini omilli tahlil qilish;
5) sof foyda o'zgarishini aniqlash va omillar ta’siriga baho berish;
6) korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o'rganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarga baho berish;
7) foyda va rentabellikni oshirish imkoniyatlarini ko'rsatish.
Moliyaviy natijalarni tahlil qilishning asosiy manbalari bo'lib, biznes-reja, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotish to'g'risidagi hisobot hamda buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi schotlari ma'lumotlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |