1-reja. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili



Download 60,78 Kb.
bet1/2
Sana16.12.2022
Hajmi60,78 Kb.
#887996
  1   2
Bog'liq
1 reja Naprint


1-reja. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili
Turli mulkchilik shaklidagi firma va kompaniyalar yil davomida o‘zidagi mavjud bo‘lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan oqilona foydalanilishi hamda yil davomida uzluksiz samarali aylanishini ta’minlashi talab etiladi. Samarali faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e’tiborga olgan holda yil mobaynida bir xil hajmda bo‘lishiga erishiladi. Buning uchun korxonalar kun, hafta, oy, chorak yarmi va yil mobaynida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini biznes-rejada mo‘ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil etishi lozim. Ishlab chiqarish maromi - grafik asosida bir maromda mahsulot ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish tufayli ish kuchi, ishlab chiqarish quvvati, moddiy resurslardan to‘liq foydalanishga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga erishiladi. Ishlab chiqarish maromini izdan chiqishi tufayli korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashadi: mahsulot sifati buziladi, brakka yo‘l qo‘yiladi, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotning qoldig‘i ortadi, kapital aylanishi sekinlashadi, shartnoma grafigidan chetlashish natijasida jarimalar to‘lanadi. Bulardan tashqari mahsulot sotilishi kechikadi, undan keladigan tushum miqdori kamayadi. Ayniqsa, kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar maromiylik buzilishi tufayli bankrotga uchrashi mumkin. Ishlab chiqarish maromini tahlil etishning to‘g‘ri va egri ko‘rsatkichlari mavjud. To‘g‘ri ko‘rsatkichlar - maromiylik koeffitsiyenti, variatsiya 174 koeffitsiyenti, har o‘n kunlikni oylik mahsulotda; oy, kvartallarda ishlab chiqarilgan mahsulotni yillik mahsulot hajmida tutgan ulushi. Egri ko‘rsatkichlar - brakdan yo‘qotishlar, qo‘shimcha ishlangan vaqt uchun to‘langan haq, shartnoma buzilishi tufayli to‘langan jarimalar. Maromiylik koeffitsiyenti marom hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotni (NH) jami reja bo‘yicha mahsulot (NP) hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
K m a r o m = p;
Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‘i bilan bajarishi mumkin, ammo ayrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo‘lishiga, uning oqibatida jarimalar to‘lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes-reja ko‘rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo‘ljallashadi, lekin mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymati keskin ortishiga hamda iste’molchilarga jo‘natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi. Aksionerlik jamiyatining maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar biznes-reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo‘layotganligiga baho beriladi.




Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida mazkur aksionerlik jamiyatining mahsulot ishlab chiqarish maromiyligiga baho berish mumkin. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish maromiylik koeffitsiyenti 0,996 ni tashkil etgan. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining buzilishiga joriy yildagi oylarning birinchi o‘n kunligida biznes-rejada belgilangan 724000 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi o‘rniga, haqiqatda 8126 ming so‘mga kam mahsulot ishlab chiqarilganligi sabab bo‘lgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi 0,004 koeffitsiyentga bajarilmagan. Shunday bo‘lsada, aksionerlik jamiyatida hisobot yilidagi oylarda keyingi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejalari ortig‘i bilan ado etilganligi bois, korxonadagi umumiy mahsulot ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarilgan. Umuman olganda, bunday natijalarni ijobiy baholasak bo‘ladi, chunki, korxonada maromiylik buzilishi unchalik katta emas ekan, odatda, mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining buzilishi oqibatida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga putur yetishiga, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilmasligiga, iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga, kassa rejalarining to‘liq bajarilmasligiga hamda mahsulotlarni sotish hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Korxona ma’muriyati imkon qadar mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini buzilmaslik choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga, bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlarning sifatini pasayishi va brak mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, xomashyo sifatini pastligi, standartga mos kelmasligi, dastgohlarni tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlar, kadrlar malakasini pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘yilishi tufayli 176 iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi, mahsulot tannarxi qimmatlashadi, chunki mahsulot brak ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni zoyi ketganligini, unumsizligidan dalolat beradi. Tomonlarning o‘zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati ham kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar sifatining buzilishi iste’molchining huquqini buzilishiga va iqtisodiy zarar ko‘rishga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan zararni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi uchun qaytarilgan tovar o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning nuqsonini tuzatib iste’molchiga jo‘natishi lozim. Mahsulotlar braki – tuzatiladigan va tuzatilmaydigan turlarga bo‘linadi. Yo‘l qo‘yilgan brakni mahsulotlar qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun brak natijasida firma behuda sarflagan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlari jamlanadi, shuningdek, kamchilikni tugatish uchun amalga oshirilgan qo‘- shimcha sarflar ham qo‘shilgan holda brak tannarxi aniqlanadi. Bu aniqlangan yo‘qotishlarni tovar mahsuloti tannarxiga bo‘lish orqali brak tufayli mahsulot hajmining kamayishi aniqlanadi. Buni quyidagi shartli misolimiz orqali ko‘rsatib o‘tishimiz va tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi: Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi – 10000 ming so‘m; Brak mahsulot uchun ketgan barcha sarflar – 26 ming so‘m; Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti tarkibidagi brak mahsulotlarning tutgan ulushi – 26/10000*100=0,26 %. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida chiqimsiz texnologiyaga asoslanishi hamda imkon qadar mahsulotlarning brakligi darajasini pasaytirishi lozim bo‘ladi.


Download 60,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish