1. Realizm haqida ma‘lumot bering Romantizm haqida ma‘lumot bering



Download 32,5 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi32,5 Kb.
#53062
Bog'liq
Omonova Z 206


Oraliq nazorat

15-variant

1.Realizm haqida ma‘lumot bering

2.Romantizm haqida ma‘lumot bering

3."Suhayl va Guldursun''dostoni haqida ma‘lumot bering.Sayfi Saroyining yozma adaviyotdagi shu nomdagi asari haqida ma‘lumot bering.

Javoblar :

1.Realizm voqelikni, mavjud borliqni badiiy adabiyot va san‘atning ifoda vositalari orqali o‘ziga o‘xshash shakllarda haqqoniy aks ettirish hisoblanadi.Adabiyotda realizm-hayotni voqelikdagi voqea va hodisalarga muvofiq ravishda obrazlar orqali aks ettirish metodidir.Realizm adabiyotning o‘zini va tashqi olamni bilish vositasi sifatidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda voqelikni barcha ziddiyatlari bilan birgalikda qamrab olishga intiladi.Yozuvchiga hayotning barcha tomonlarini cheklanmagan holda aks ettirish imkonini beradi.Realizm metodiga asoslangan adabiyotda hayot haqiqatini tasvirlash tamoyili ustuvor ahamiyatga ega.Binobarin,realizm adabiyoti jahon adabiyoti taraqqiyotidagi eng yuksak bosqich hisoblanadi.Realizm keng ma‘noda Gomer va Dante ,Shekspir va Rasin singarilar ijodida yuqori cho‘qqilarga yetib,tamal toshini qo‘ygan bo‘lsa, Sharqda ,jumladan,Firdavsiy,Navoiy,Bobur ,Muqimiy ijodida ham beqiyos ranglarda jilvalanadi. Zero,hayotiylik va samimiylik bu mumtoz ijodkorlarning asarlarida katta mahorat bilan ifoda etilgan.Realizm adabiy metod yoki adabiy yo‘nalish sifatida yozuvchidan voqelikni hayotiy va haqqoniy aks ettirish tamoyiliga rioya etishni ,inson va tashqi olamni ongli ravishda o‘rganish va bilishni taqozo etadi.

O‘zbek adabiyotida hayotni realistik tasvirlash mayllari garchand Bobur ,Navoiy va boshqa yozuvchilar ijodida ko‘ringan bo‘lsa-da,bu mayllar Turdi,Maxmur,Gulxaniy,keyinchalik Muqimiy,Futqat,Zavqiy,Avaz O‘tar kabi shoirlar ijodining asosiy yo‘nalishini tashkil eta boshladi.Ayniqsa ,milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyondalari : M.Behbudiyning "Padarkush", Fitratning "Munozara","Hind sayyohi bayonoti",1917-1919-yillar she‘riyati ,Cho‘lponning 1914-1921-yillar she‘riyati, "Kecha va kunduz", "Qurboni jaholat" , "Vayronalar orasida ",A.Qodiriyning "Uloqda","Juvonboz ", " Kalvak Mahzumning xotira daftaridan", "O‘tgan kunlar ",Hamzaning "Milliy she‘rlar","Zaharli hayot","Paranji sirlari " kabi asarlarida realizm adabiy metod sifatida aniq, tayin qirralarni kasb etdi.

2.XVII asrda "romantik"epiteti sarguzasht va qahramonlik mavzularini va roman tillarida yozilgan asarlarni(klassik tillarda yaratilganlardan farqli )xarakterlashga xizmat qilgan.XVIII asrda bu so‘z O‘rta asrlar va Uyg‘onish davri adabiyotini anglatadi.XVIII asr oxirida Germaniyada ,keyinchalik Yevropaning boshqa davlatlarida,jumladan Rossiyada romantizm so‘zi o‘zini klassizmga ,realizmga qarama-qarshi qo‘ygan badiiy harakat nomi bilan atalib boshlanadi.Romantizmda g‘ayrioddiy narsalarga badiiy adabiyotga,xalq an‘analariga ,o‘tgan asrlarga va ekzotik tabiatga intilish yuqori bo‘ladi va bu xususiyat bilan klassizmdan farq qiladi.Ular hayoliy holatlar va favqulodda ehtiroslarning maxsus dunyosini yaratadi.

Klassizmdan farqli ,shaxsning ma'naviy boyligiga katta e‘tibor beriladi.Romantizm insonning ma‘naviy dunyosi murakkab va chuqurligini, "o‘ziga xos" o‘ziga xosligini("odam bu kichik olam")ochib beradi.Turli xalqlarning milliy ruhi va madaniyatining o‘ziga xosliklariga ,turli xil tarixiy davrlarning o‘ziga xosligiga romantiklarning e‘tiborlari sabab bo‘ladi.Romantizm faqat kitoblarda mavjud:tushunarsiz,aql bovar qilmaydigan va hayoliy hodisalar ,shu bilan birga,insonning ma‘naviy va ijodiy faoliyati tasdiqlanishi ,voqea -hodisalar ,ifoda etilgan ehtiroslar ,his-tuyg‘ular fonida ro‘y beradi.Barcha qahramonlar yorqin namoyon bo‘lgan va ko‘pincha isyonkor ruhga ega bo‘ladilar. Romantizmda "ishq"tushunchasi asosiy detal va markaziy tushuncha.O‘zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiyning "Xamsa"dostoni tarkibidagi asarlar,undagi Farhod va Shirin,Mehinbonu,Xusrav,Sheruya,Layli va Majnun,Bahrom va Dilorom ,Iskandar obrazlarida ilohiy ishq ,hayoliy orzu va istaklar ,mo‘jizalar tarannum etiladi va ba‘zi romantizmga xos belgilar namoyon bo‘ladi.

O‘zbek adabiyoti va san‘ati XVIII asrga qadar va undan keyingi davrlarda o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani uchun o‘zbek romantizmi yo‘g‘risida fikr yuritish o‘rinsizdir.Ammo XX asrning10-20- yillarida jadid adabiyotida taraqqiyparvarlik g‘oyalarining targ‘ib etilishi Cho‘lponning "Do‘xtur Muhammadiyor",Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" ,ayniqsa 30-yillarda o‘zbek adabiyoti va san‘atiga rus madaniyati an‘analarining kirib kelishi natijasida milliy adabiyot va san‘atda romantik tasvir uslubi shakllana boshladi.Cho‘lponning"Go‘zal"she‘ri ,Oybekning"O‘zbekiston",G‘afur G‘ulomning "Bog‘","Sog‘inish",shuningdek ,Hamid Olimjon,Uyg‘un va boshqa shoirlarning ko‘plab she‘rlarida yor,vatan,ona ,muallim obrazlari romantik tasvir bo‘yoqlari yordamida yaratildi.

3.Sayfi Saroyi o‘zbek adabiyoti tarixida alohida mavqega ega bo‘lgan yirik adiblardan .U 1321-yilda Xorazmning Qamishli qishlog‘ida tug‘ilgan.Sayfi Saroyi Qamishlidan o‘z bilimini oshirish maqsadida Saroy shahriga keladi va fan markazlaridan biri bo‘lmish Saroyda yetuk ijodkorlar davrasiga qo‘shiladi.Sayfi Saroyi "Suhayl va Guldursun"dostonini 1394-yilda yozib tugallaydi.O‘zbek dostonchiligi ravnaqi tarixi ham Sayfi Saroyining nomi bilan ziynatlangan. Uning "Suhayl va Guldursun"nomli dostoni ana shu an‘anani boyitadi.Doston 82 bayt ,164 misradan iborat.Muallif doston voqealarining tarixiy asoslari borligini shunday ta‘kidlaydi:

Emas afsona ,chin ushbu bitilmish

Bu chin afsonatek ishqda yetilmish;

Doston mavzusi ishq-muhabbaf bilan bog‘liq."Suhayl va Guldursun"dostoni o‘zbek epik she‘riyati taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega.Doston xalq afsonasi "Guldursun"asosiga qurilgan esa-da,unda real tarixiy voqealar ,ya‘ni A.Temurning Xorazmga yurishi aks etgan.Voqealar Temurning Urganchga lashkar tortib kelishi bilan boshlanadi. Ikki o‘rtada qaqshatqich jang bo‘lib ,unda Xorazmning ne ne bahodirlari halok bo‘ladi,ba‘zilari asir tushadi.Shoh qizi Guldursun zindonda yotgan Suhaylni ko‘rib uni sevib qoladi .Guldursun zindonbandlarga pand berib ularni mast qilib qo‘ygach ,Suhayl bilan qochishadi.Yurib-yurib suvsiz,giyohsiz,bir cho‘lu-biyobonga ,qaqragan sahroga kelib qolishadi.Ana shu qiyin holda ochlik va tashnalikdan Guldursun hushini yo‘qotadi va vafot etadi.Yorsiz hayot mazmuni qolmasligini idrok etgan Suhayl o‘ziga tig‘ uradi va halok bo‘ladi.Shoir buyuk bir ehtiros bilan bunday ulug‘ va qudratli muhabbat egalarini ulug‘laydi:

O‘lurmi sevgi ham,bil shundin ortiq



Ki ikkisi qilur jonini tortiq;

Dostonda ikki qahramon ,Suhayl ham,Guldursun ham pokiza va kuchli muhabbat egalari sifatida ko‘rinadi.Ularda ishonch va e‘tiqod samimiyati ,ruh pokizaligi ,mardonavorlik,kelajakka ishonch shoir tomonidan go‘zal tarannum etiladi.Doston hazaji musaddasi maqsur vaznida yozilgan.
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish