8-sinf Kimyo
1. Reaksiya tenglamasining o’ng qismidagi koeffisiyentlar yigindisi nechaga teng?
KMnO4+HClà MnCl2 +KCl+H2O + Cl2 A)4 B) 8 C) 17 D) 18
2. Element yuqori oksidining formulasi EO3 . Uning vodorodli birikmasida 2,47% vodorod bor. Bu element: A) S B) Se C) Te D) Po
3.1,25 mol Fe2O3 va 2,25 mol Al2O3 dagi atomlar sonining nisbatini toping.A) 2:2,8 B) 1:1,8 C)1,8:1 D) 1:2,6
4. Kaliy sulfat eritmasida1200 ta ion mavjud .Dissotsiyalanmagan molekulalar sonini toping (a=0,8)
A) 120 B) 100 C) 80 D) 75
5. Quyidagi moddalar tarkibida 70ta elektron bor? A) NH3 B) CH4 C) P2O5 D) N2O3.
6. 3,01· 1024 ta temir atomi, n.sh da o’lchangan qancha hajm xlor bilan reaksiyaga kirishadi?
A) 67,2 l B) 33,6 l C) 22,4 l D) 168 l
7. Qaysi qatorda faqat kuchsiz elektrolitlar joylashgan?
A) KCl, Na2SO4, KOH, Ca(NO3)2
B) CH3COOH, H2CO3, H2SO3, NH4OH
C) Ni(OH)2, HClO4, NH4OH, H2CO3
D) KNO3, HCl, CaCO3, LiOH
8.1S22S22P63S23P64S23d1 elektron konfiguratsiya qaysi ionga tegishli? A) Fe+2 B) Cr+3 C) Sc+3 D) S-2.
9. Cho’g’ holdagi temir sim kislorodli bankaga tushirildi, qanday modda hosil bo’ladi?
A) temir sim o’zgarmaydi B) Temir kuyindisi Fe3O4 hosil bo’ladi
C) FeO hosil bo’ladi D) temir(III) gidroksidi, zang hosil bo’ladi
10. 200g 71% natriy sulfat eritmasida necha gramm natriy ioni bor
A) 46g B) 14,2g C) 7,1g D) 142g
11. Tarkibida 30% CO, va 70% N2 bo’lgan gazlar aralashmasini zichligini toping (g/ml)
A) 1,96 B) 1,25 C) 0,98 D) 1,52
12.Malaxit tarkibida nechta kislorod atomi bor? A) 7 B) 5 C) 2 D) 3
13. Qaysi gaz normal sharoitda 44,8litrni egallaydi?
A) 32g CH4 B) 7,5 g C2H6 C) 9,6g kislorod D) 14g azot
14. Qaysi kislotalardan nordon tuz olish mumkin? 1) xlorid 2) nitrit 3) sulfid 4) ortofosfat 5) yodid 6) karbonat 7) sulfit A) 2,3,5,6 B) 3,4,6,7 C) 1,3,4,5 D) 3,4,5,6
15. 37g Na metali 300g suvda eritildi.Hosil bo’lgan eritmadagi NaOH ning C%ni toping?
A) 34% B)19,1% C)45% D) 67%
16. Tabiatda rubidiy tarkibida ikkita izotop 85Rb va 87Rb bo’ladi, va o’rtacha nisbiy atom massasi 85,47 ga teng. 85Rb va 87Rb izotoplarining massa ulushlarini toping(%)
A) 75;25 B) 72;28 C)76,5;23,5 D) 78,5; 21,5
17.Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur moddalarni va omillarni tanlang. CuSO4→Cu(OH)2→CuO→Cu A)NaOH,t0, H2 B)H2O,HCl, t0 C)H2SO4,NaOH,O2 D)H2O,NaOH, CuO
18. Tarkibida 40% kislorod bo’lgan ikki valentli metall oksididagi metallning molyar massasini hisoblang.
A) 40 B) 24 C) 16 D) 64
19. Azotning vodorodga va havoga nisbatan zichligini aniqlang.A)28 ;24 B)1 ;14 C) 4 ;28 D)14 ; 0,96
20. Qaysi elementlarni allotropiк o’zgarishlari bor? 1) kislorod 2) vodorod 3) ftor 4) azot 5) uglerod
A) 1 va5 B) 1 va 2 С) 1 va 3 D) 1 va 4
21. 20% li 100 ml zichligi 1,5g/ml bo’lgan eritmada necha gramm erigan modda bo’ladi?
A) 20g B) 30g C) 40g D) 50g
22. 25g kalsiy karbonat parchalanganda, 17,3 g qattiq qoldiq hosil bo’lgan. Kalsiy karbonatning necha foizi parchalanganligini toping.
A) 50 B) 60 C) 70 D) 80
23. 2 g azot (n.sh.) da qancha hajimni egallaydi?
A) 44,8 B) 11,2 C) 22,4 D) 1,6
24. Kalsiy gidroksid ustidan karbonat angidrid gazi o’tkazilganda 50 gramm oq cho’kma hosil bo’ldi. Karbonat angidrid gazining hajmini toping.
A) 11,2 B) 22,4 C) 44,8 D) 5,6
25. Massasi 5,5g bo’lgan gazning havoga nisbatan zichligi 1,52 bo’lsa, uning hajmini toping? A)4,0 B) 2,8 C) 5,5 D) 3,5
Do'stlaringiz bilan baham: |