8-mavzu. Boshqaruv tizimida menejer faoliyatini tashkil etish.
Reja:
1. Rahbar va unga qo’yilgan talablar.
2. Rahbarlikning turli darajalari.
3. Rahbar obro’sini shakllantirish.
4. Rahbarlik uslubi va madaniyati.
5. Turli ijtimoiy-psixologik holatlarda rahbarlik sifatining takomillashuvi.
6. Boshqaruv tizimidagi kadrlar va ularni turkumlanishi.
7. Boshkaruv kadrlarining ishbilarmonligini baholash.
1. Rahbar va unga qo’yilgan talablar.
Rahbarni quyidagi qirralarda o’rganish ushbu savolni to’liqroq ochib berish imkonini
beradi:
Tarjimai holining tavsifnomasiga ko’ra;
qobiliyati va iste’dodiga ko’ra;
shaxsiy fazilatlariga ko’ra;
Endi ularning har biriga batafsil to’xtalsak.
Rahbarlikni muvaffaqiyatli amalga oshirishda tarjimai hol tavsifnomasining ham o’ziga
xos roli bordir (27-chizma).