1. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari qachondan rivojlana boshladi?
A) XV asrning oxiridan
B) XVI asrning boshidan
C) XVI asr ikkinchi yarmidan
D) XVII asrdan
2. Qozon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
3. Hojitarxon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
4. Qachon Abdullaxon II Moskvaga o`z elchilarini yuborgan?
A) 1555-1556-yillarda B) 1556-1557-yillarda
C) 1557-1558-yillarda D) 1558-1559-yillar
5. Ivan Grozniy tomonidan bosib olingan hududlar to`g`ri berilgan javobni aniqlang
1.Qozon xonligi 2. Hojitarxon xonligi 3. Qirim yarimoroli 4.Volga bo`ylari 5. G`arbiy Sibir
A) 1,2,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
6. «Moskva savdo kompaniyasi» qachon tashkil etilgan?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
7. «Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar va rus podshosining guvohnomasi bilan qachon Buxoroga yuborildi?
A) 1558-yil B) 1560-yil C) 1562-yil D) 1565-yil
8. O`z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida Rossiya bilan savdo aloqalarini rivojlantrishga harakat qilgan shayboniy Buxoro xonini aniqlang
A) Ko`chkinchixon B) Abu Said
C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
Do'stlaringiz bilan baham: |