3.3. Atamalar:
Yo‘nalish — 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
(3.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
Mutaxassislik — 5A-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “magistr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
(3.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
4. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi
4.1. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kadrlar iste’molchilari tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
4.2. Yo‘nalish va mutaxassisliklar klassifikatorini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan istiqbol ehtiyojini asoslash;
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejasi loyihalari va boshqa o‘ziga xos belgilari;
(4.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
yangi yo‘nalish yoki mutaxassislikning ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik ta’minoti mavjudligini asoslash.
4.3. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining etalonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi olib boradi.
5. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
Do'stlaringiz bilan baham: |