oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati;
oliy ta’limning davlat ta’lim standarti — muayyan ta’lim sohasiga (soha tarkibiga) qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bitiruvchilar umumiy tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasi;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |