1.
|
Tarjimon
|
Tarjimon quyidagi uchta talabdan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Tarjimonlik, filologiya yo‘nalishlari(mutaxassisliklari) bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega chet tili va ona tilini mukammal biladigan oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr.
2. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega olim-mutaxassis.
3. Tarjimon huquqiga ega (sertifikat yoki boshqa rasmiy hujjat bilan tasdiqlangan) bo‘lgan, chet tilini IELTS-6.0va undan yuqori darajada(shu jumladan, boshqa chet tillaridan tarjima qilishda muvofiq daraja nazarda tutiladi)biladigan (tasdiqlovchi hujjat bilan) mutaxassis.
|
Tarjimon tarjima predmetini har ikkala til vositalarida oson ifoda qila oladigan, til xususiyatlarini biladigan va uni tarjimada to‘laqonli amalga oshira oladigan bo‘lishi hamda quyidagi malaka talablaridan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Professional tarjimon yoki professional xorijiy til filologi malaka talablariga javob beradigan mutaxassis.
2. Chet tilini o‘zlashtirishning Umumyevropa xalqaro standarti bo‘yicha kamida V2+ yoki S1 darajasida biladigan yuqori malakali, og‘zaki va yozma tarjima yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis.
3. Respublikada yoki xorijiy mamlakatlarda ilmiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik (sohalar bo‘yicha) matnlarni tarjima qilish tajribasiga ega, tarjimalari rasmiy matbuotda, ilmiy va ommabop nashrlarda chop etilgan va tan olingan mutaxassis.
4. Chet el oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati yoki magistraturasini bitirgan yoxud kamida 2 yil davomida PhD dasturi bo‘yicha o‘qigan yoki malakasini oshirgan mutaxassis.
|
2.
|
Muharrir
|
Muharrir quyidagi talabdan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi.
2. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan soha mutaxassisi.
|
Muharrir quyidagi malaka talabidan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Tegishli fan yoki turdosh o‘quv fanlaridan kamida 5 yil dars berib kelayotgan professor yoki o‘qituvchi.
2. Sohani mukammal biladigan, ilmiy maqola, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlab nashr qilgan mutaxassis.
Chet tilini biladigan fan yoki yo‘nalish mutaxassislariga afzallik beriladi.
|
3.
|
Ekspert
|
Sohaga oid ta’lim muassasasi, ilmiy muassasa va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassis (rahbar).
|
Sohani mukammal biladigan, sohaga oid respublika va jahondagi tendensiyalardan xabardor bo‘lgan mutaxassis.
Chet tilini biladigan fan yoki yo‘nalish mutaxassislariga afzallik beriladi.
|