Hozir ahvol butunlay boshqacha.
Soya loviyadan ko`ra qattiroq bo`ladi.
Bir tup olma ekdim.
To`y xarjida yuzta boy yapon, Bir kambag`al o`zbekcha yo`qdir.
Sizsiz to`y o`tmaydi.
Men bu masalning javobini allaqachon chiqarganman.
Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi.
Jismlarning fizik xossalarini o`rganmoqdamiz.
Men tushlikka qaynatma ichaman.
Qo`llar ishlar – tez, mo`jizakor.
Sanamay sakkiz dema.
Men akademik litseyda o`qiyman.
Dono o`zini, nodon do`stini ayblar.
Aybsiz do`st axtargan do`stsiz qolar.
Yaxshilar tufayli dunyo oboddir.
O`zbeklar ichida minglab daholar yetishib chiqqan.
Hamma ezgu ishlarning boshi odob sanaladi.
Derazamning oldida bir tup O`rik oppoq bo`lib gulladi.
Zumradginam dalada qolib ketdi.
Mardlargina o`z Vatanlari uchun mardonavor kurasha oladilar.
Ishonganim sizsiz.
O`zbek qizlariga atlas juda yarashadi.
Shovulladi tun bo`yi shamol, Qaldiroqlar ko`chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: “Yana keldi, do`stginam, bahor”.
Tog`lar, ko`m-ko`k adirlar, daryolar cheksiz qumloq.
Otni tepmaydi, itni qopmaydi dema.
Gulnor guzardagi gulzordan go`zal gullar uzdi.
Obro` misqollab keladi, qadoqlab ketadi.
Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o`g`lonim, elni ko`tarish uchun.
Qon yig`latdi qaysi bag`ritosh, Jayron, nega ko`zing to`la yosh? Oyog`ingga qo`yib yotay bosh, Jayron, nega ko`zing to`la yosh?
Shundan beri inson tinmayin, Shu yer uzra ter to`kar hamon. Yerni go`zal qilgani sayin, Go`zal bo`lar o`zi ham inson.
Vaqt – keskir qilich, u hech narsaga qaramay shart o`tadi-ketadi.
Hayot darsidan saboq beruvchi bir ganj – xazina bor: bu kitobdir.
Har ko`zki, agar olmasa ibrat, ko`rdir, Har luqma, agar bermasa lazzat, sho`rdir.
Birinchi avtomobil Germaniyada paydo bo`ldi, lekin haydovchilarning no`noqligi tufayli tez-tez ko`ngilsiz voqealar ro`y bera boshladi.
Olma eksa bog`iga har kim, Mehmoniga ol, ye demasmi? “Olma” mening mehmondo`st xalqim Odatiga yot so`z emasmi?
Eng buyuk jihod insonning nafsi bilan, shayton bilan qilgan jihodidir.
“Qizginam bo`rilarga yem bo`ldiyov”, - dedi ota.
Ko`zlar inson qalbining aksidir.
Salimboyvachcha o`zi uchun amirkon etik buyurtiribdi.
Sayoq yursang, tayoq yeysan.
Biz atlasdan foydalanib materiklar joylashuvini o`rgandik.
Fevral oyigina har to`rt yilda bir marta 29 kundan iborat bo`ladi.
Chin inson birovga yaxshilik ko`zlar.
Axloqning etik normasiga rioya qilish kerak.
Bobom keksa bo`lsalar ham, g`ayratlari hali yigitcha.
Bu bola – bizning a`lochi o`quvchimiz.
Maktabda yozamiz, o`qiymiz, she`r yod olamiz.
Urug`ingdir, aymog`ingdir, Biror og`zi maymog`ingdir. Ulardan ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu osonmi?
Nomingni qaro degan – paxtaginam, senmisan, Lo`ppi deya yutganim – laxtaginam, senmisan.
Yoshlik – gul-u gulg`uncha ekan, Bu gul olam turguncha ekan,
Yoshlik behad tushuncha ekan, Poyoni yo`q garduncha ekan.
@ona_tili_adabiyot_afrosiyob
Do'stlaringiz bilan baham: |