35-36-37-38-§§
1.Kir II mil.avv 545 va 540 yillar oraligida bosib olmagan hudud to’g’ri berilgan javobni toping.
A)Parfiya B)Margiyona C)So’g’diyona D)baqtriya
2.Massagetlar va forslar o’rtasidagi jang haqida ma’lumot bergan gerodot jang vaqtida jang avval qaysi voqeadan boshlanganligini yozgan edi?
A)Kamondan o’q yog’dirish B)Otliqlarning hujumi C)palaxmonlardan o’q yog’dirish D)xanjar va oyboltalar jangi
3.Marg’iyonada boshlangan qo’zg’olonchilar bilan Doro I qoshinlari o’rtasida hal qiluvchi jang sanasi to’g’ri berilgan sanani toping.
A)mil.avv 522-y B)mil.avv 521-y C)mil. avv 520-y D)mil. avv 519-y
4.Doro I hukmronligining uchinchi yilida yurish qilgan saklar guruhi to’g’ri berilgan javobni toping.
A)daryoning u tarafidagi saklar B)Dengiz bo’yidagi saklar C)uchi o’tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar D)tog’lik saklar
5.Poliyen yashagan asrda xitoyda qaysi sulola hokimyatda bo’lgan?
A)Sin B)Xan C)Chjou D)Shan
6.Yunon tarixchisi poliyen nechanchi yilda bo’lib o’tgan voqelar haqida hikoya qiladi?
A)mil.avv 530-y B)Mil.avv 522-y C)mil.avv 520-y D)mil.avv 519-y
7.Satrap haqida noto’g’ri ma’lumot berilgan javobni toping.
A)Cheklanmagan hokimyatga ega bo’lgan B)Forscha so’zdan olingan C)Satraplarning ko’pchiligi sobiq lashkarboshilardan tayinlangan
D)O’rta osiyoning forslar bosib olgan qismi uch satraplikka bo’lingan
8.Satrapliklar ahamoniylarga to’lagan soliqlardan xatosi berilgan javobni toping.
A)Temir va oltin buyumla B)chorva mollari C)hunarmandchilik buyumlari D)kiyim-kechak,hayvon terisi
9.Kserks hukmronligi boshlanish vaqtidan yuz yil oldin tarixda yuz bergan voqeani toping?
A)bobil davlati tarix sahnasidan ketdi B)yahudiya tarix sahnasidan ketdi C)ahomoniylar davlati vujudga keldi D)bobil ossuriyDAN AJRALIB CHIQDI
10.Yunon-fors urushlarining marofon jangida fors qo’shinlarining markazida kimlar muvaffaqiyatli jang qilgan?
A)Massagetlar B)baqtriyaliklar C)so’g’diylar D)saklar
11. Kserks qo`shinlarining eng ilg`or qismida O’rta O’siyodagi qaysi xalqlar jasorat ko`rsatgani qayd etilgan?
A) Massaget va saklar B) sug`diylar va xorazmliklar
C) Saklar va baqtriyaliklar D)baqtriyaliklar va so’g’diylar
12. Esxilning ma’lumot berishichan navqiron baqtriyalik jangchilar yunon-fors urushi davridagi qaysi jangda qahramonlik ko`rsatib halok bo’lishgan ?
A) Fermopil jangida B) Platiya jangida
C) Marafon jangida D) Salamin yonidagi jangda
13.Quyidagi fikrlardan qaysi biri tarixiy xato fikr?
A)So’g’diylar kamon va nayzalar bilan qurollanganlar
B)baqtriyaliklar oybolta va xanjarlar bilan qurollanganlar
C)saklar xanjar va oyboltaklar bilan qurollanganlar
D)xorazmliklar kamon va nayzalar bilan qurolanganlar
14.Ahamoniylar davlatidan mil.avv IV asrda ajralib chiqmagan xalq berilgan javob berilgan qatorni toping?
A)xorazmliklar B)so’g’diyoniyaliklar C)massagetlar D)saklar
15.Mil.avv VI-IV a.srlarda O’rta Osiyo xalqlari quyidagi qaysi sohalarda yuksak darajalarga erishganlar?
1.dehqonchilik 2.tikuvchilik 3.chorvachilik 4.hunarmandchilik 5.zargarlik 6.kulolchilik 7.binokorlik 8.temirchilik
A)1,3,5,7,8 B)1.2.4.6.7 C)3.5.6.7.8 D)2.4.5.6.7
16.Mil.avv nechanchi asrlarda o’rta osiyoda dastlabki tanga pullar tarqalgan?
A)mil.avv VI-V asr B)Mil.avv IV-III asr C)Mil.avv V-IV asr D)Mil.avv VII-V asr
17.Makedoniyalik Aleksandr necha yoshga to’lganda makedoniya podshosi bo’ldi?
A)25 B)30 C)20 D)15
18.Aleksandr Makedonskiy sharqqa qilgan yurishining 10 yili mobaynida quyidagi qaysi hududlarni bosib olgan?
1.old osiyo 2.kichik osiyo 3.falastin 4.suriya.5.mesopatamiya.6.kavkazorti 7.eron 8.hindiston 9.arabiston y.o 10.misr
A)1.3.4.6.8 B)2.4.7.8.10 C)2.3.4.5.7 D)1.4.5.7.8
19.Aleksandr makedonskiy bosib olingan ulkan hududlarga yunon madaniyatini tarqatish uchun nima ish qilgan?
A)shaharlarga yunon askarlarini joylashtirdi B)mahalliy aholini qirib yunonlarni ko’chirib keldi C)yunon yozuvini joriy qildi D)yunon tilini joriy qildi
20.Mil.avv VII-VI asrlardagi o’rta osiyo jangchilari qurollanishi bilan bog’liq xato fikr berilgan javobni toping
A)Jangchilar sovuti,dubulga bilan jangga kirgan B)xanjar,qilich jangovor oybolta,nayzalar bilan qurollangan C)kamon o’qi va chopqilar misdan yasalgan D)xanjar –aqinak deb yuritilgan
21.Quyidagi qaysi shaxslar faoliyati Aleksandr bilan bogliq bo’lgan?
1.Poliyen 2.diogen 3.arastu.4arximed.5gerodot6.demokrit7.aristobul
A)1.3.4. B)2.5.4. C)1.2.6. D)2.3.7
22.Aleksandr makedonskiy qayerga qarshi yurishdan oldin qo’shinining orqasini xavfsizlantirish maqsadida amudaryoning u tarafidagi yerlarni bo’ysundirishga qaror qildi?
A)Bobil B)Hindiston C)Baqtriya D)marg’iyona
23.O’rta osiyo jangchilari jang taktikasiga ko’ra jangni kim boshlab bergan?
A)suvoriylar B)piyodalar C)jang aravalari D)kamonchilar
24.Orta osiyodagi qaysi bir shaharning ikkinchi nomi “zariasp” bo’lgan?
A)maroqanda B)afrosiyob C)baqtra D)termiz
25.Perikl strategligi tugashidan 100 yil keyin...?
A)forslar davlati tugatildi B)Aleksandr makedonskiy sharqqa yurish qildi C)Aleksandr qo’shinlari Oksni kechib o’ta boshladi D)Spitamen va Aleksandr o’rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi
26.Aleksandr qo’shinlari oksdan kechib o’tgach uning qarshisida qaysi viloyatning sharqiy qismi turgan?
A)Qashqadaryo B)Surxandaryo C)Samarqand D)Farg’ona
27.Aleksandr qo’shinlari maroqandani zabt etgandan so’ng qo’shinlarining bir qismini shu yerda qoldirib keyin...
A)Sirdaryo qirg’oqlari tomon yurdi B)Amudaryo qirg’oqlari tomon yurdi
C)nautakani bosib oldi D)Aleksandriya esxatani qurdirdi
28.So’gdiyona aholisi Aleksandrga qarshi qo’zg’olon ko’targan paytda ularga kimlar qo’shiladilar?
A)baqtriyaliklar,marg’iyonaliklar B)margiyonalikklar,xorazmliklar
C)massagetlar,saklar D)saklar,baqtriyaliklar
29.Aleksandr Makedonskiy nima maqsadda Aleksandriya Esxatani qurdirdi?
A)Massagetlar hujumidan himoyalanish maqsadida B)Saklarga qarshi kurashish maqsadida C)Sirdaryobo’yi yerlarini nazorat qilish maqsadida
D)Spitamen qo’zg’olonini bostirish uchun
30.Qachon Aleksandr makedonskiy So’gdiyonaning kopchilik aholisini qirib tashladi?
A)Mil.avv 329-y qishida B)mil avv 328 y kuzida C)mil.avv328-y bahorida D)mil.avv 329-y yozida
31.Spitamen vafotidan keyin aleksandr makedonskiy Sog’d zodagonlari-Xoriyen va Oksiartning qaysi tog’lardagi tog’ qal’alarini qo’lga kiritdi?
A)Hindikush B)Hisor C)Pomir D)Tyanshan
32.Quyidagilardan qaysi biri tarixiy xato fikr?
A)Spitamen va Aleksandr o’rtasidagi hal qiluvchi jang mil.avv 328-y kuzida bo’lgan B)Aleksandr o’rta osiyoni egallash uchun deyarli 3 yil urindi
C)Maroqandani egallagandan so’ng aleksandr qishlash uchun bobilga qaytdi D)mil.avv 324-yilda Yunon –makedon qo’shinlari saflari qayta to’ldirildi
33.Aleksandr Makedonskiy O’rta Osiyodan bosib olgan hududlar to’gri berilgan javobni toping.
1.Marg’iyona 2.Toshkent 3.Baqtriya4.So’g’diyona5.parfiya 6.bekobod va xojand oralig’idagi sirdaryo bo’ylari 7.Xorazm 8.farg’ona 9.Amudaryo bo’ylari
A)1.2.5.6.8 B)2.3.4.6.9 C)1.3.4.6 D)3.4.5.7.8
34.Makedonskiy mil.avv 324-yilda qayerlik yoshlar hisobiga o’z armiyasi safini to’ldirdi?
A)so’gdiyona,marg’iyona B)saklar,baqtriyaliklar C)sak,massagetlar D)baqtriyalik va sog’diyonaliklar
35.Quyidagi davlatlar ichidagi o’rta o’siyodagi antik davlatlar tarkibiga kirmaydigan davlatni toping
A)kushon podsholigi B)Yunon-Baqtriya C)Salavkiylar D)Parfiya
36.Spitamen va Aleksandr o’rtasidagi hal qiluvchi jangda Spitamen qo’shinlari nima sababdan yengilib o’zi sahroga chekinadi?
A)kuchlar teng bo’lmagani sababli B)Aleksandr qo’shinlari puxta ta’lim ko’rganligi sababli C)spitamenga xiyonat qilinganligi sababli
D)saklarva baqtriyaliklar yordamga kela olmaganliklari sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |