45 §. Italiya va uning aholisi
.46- § §.Rim respublikasi
1. Appenin yarim orolining eng yirik oqar suv manbai qaysi daryo bo`lgan?
A) Po daryosi B) Rubikon daryosi C) Tibr daryo D) Dunay daryosi
2. “Italiya” so`zining ma`nosini toping.
A) lotincha “buzoqchalar o`lkasi” B) arabcha “buzoqchalar o`lkasi”
C) yunoncha “buzoqchalar o`lkasi” D) sanskritcha “buzoqchalar o`lkasi”
3. Apennin yarim orolidagi qabilalar ichida qaysilari ko`pchilikni tashkil etar edi?
A) Liqurlar, etrusklar, lotinlar B) Lotinlar, samniylar, sabinlar
C) Venetlar, etrusklar, samniylar D) Samniylar, lotiniylar. liqurlar
4. Italiyaning shimoliy-g`arbiy qismida … yashagan.
A) Liqurlar B) etrusklar C) Samniylar D) sabinlar
5. Etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishgan payti..
A)Ossuriya tir-sidonni bosib oldi B)urartu tarix sahnasidan ketdi
C) Yunonistonda Oqsoqollar kengashi muhim ahamiyatga ega bo’ldi D) Budda dini vujudga keldi
6. Etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan qachon kurash boshladilar?
A) Mil.avv. VIII asrda B) Mil.avv. VI asrda
C) Mil.avv. VII asrda D) Mil.avv. V asrda
7. Mashg’ulotlari Italiya aholisiniki bilan bir xil bo’lgan xalqlarni toping
A)xettlar,yununiston,hindiston B)ossuriya,shumerliklar,xitoyliklar C)finikiyaliklar,ossuriyaliklar,so’gdiylar D)yunonlar,shumerliklar,xitoyliklar
8.Mashg’ulotlari Liqurlarnikiday bo’lgan xalqlarni toping.
1.midiyaliklar.2.saklar.3.oriylar.4.akkadlar.5massagetlar.6.urartlar7.nubiyaliklar.8.doriylar9.liviyaliklar
A)1.3.4.8 B)2.3.4.5. C)2.4.5.9. D)2.5.6.8
9. Rim davlati qachon respublika deb yuritila boshlagan?
A) mil.avvalgi VI-asr boshida B) mil. avvalgi IV asr boshida
C) mil. avvalgi V-asr o`rtalarida D) mil. avvalgi Vl-asr oxirida
10. Italiyaning ko’pchilik qismini tashkil qilgan qabilalar Italiyaning turli qismlarga joylasha boshlagan payti…?
A)falastin hududiga yahudiylar kochib keldi
B)Orta osiyoda qabilalarni birlashtirish zaruriyati tug’ildi
C)Tutmos II katta harbiy yurishlar uyushtirdi
D)Yunonistonda shahar davlatlar vujudga keldi
11.Etrusk qabilalarining asosiy mashg’ulotlari bu?
A)Hunarmandchilik B)savdo-sotiq C)dehqonchilik D)chorvachilik
12.Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashida ularga ittifoqchi bol’gan koloniya qayerda joylashgan edi?
A)Apennin janubida B)shimoliy afrikada
C)o’rtayer dengizi sharqiy sohillarida D)ispaniyada
13.Italiyadagi qaysi qabilalarni daryo va botqoqlik qoshni qabilalar hujumidan himoya qilib turar edi?
A)Samniylar B)Etrusklar C)lotinlar D)sabiniylar
14. Romul va Remni dunyoga kelgan payti qaysi daryo bo’yiga tashlab ketadilar?
A)tibr B)po C)dunay D)rubikon
15. Etrusklar bilan yunon koloniyalari o’rtasida kurash qachon boshlangan paytda qaysi davlat qudratli davlatga aylandi?
A)urartu B)misr C)yangi bobil D)midiya
16. Rim aholisi ko’p katta shaharga aylangan paytda..?
A)saklar qabila ittifoqini tuzdi B)avesto 21 ta kitobga jamlandi
C)bobil eng qudratli davlatga aylandi
D)yunonistonga forslar tahdid sola boshladi
17. Rim qachon aholisi ko’p, katta shaharga aylandi?
A) mil.avv. IX asr B) mil.avv. VIII asr
C) mil.avv. VII asr D) mil.avv. VI asr
18.Q uyidagi qaysi hududda shaharning hukmdorlari oliy xudo-shahar homiysi hisoblangan?
A)Misrda B)mesopatamiyada C)hindistonda D)rimda 19. . Qadimgi Rimda faoliyat ko’rsatgan “Xalq majlisi”ning vakolatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1) urush e’lon qilgan, sulh tuzgan; 2) turli soliqlar va bojlarni joriy qilgan; 3) vakolatlari imperatornikiga teng bo’lgan; 4) qonunlarni qabul va bekor qilgan; 5) barcha muhim mansabdor shaxslarni saylagan; 6) Davlat xazinasidan cheksiz foydalangan; 7) Zarur hollarda imperator nomidan farmon chiqargan.
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 5
20. Mil. avv. VI asrda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
1) Rim respublika deb atala boshlandi; 2) Rim shahri aholisi ko‘p shaharga aylandi; 3) Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashi boshlandi;
4) Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etildi; 5) Italiyaga etrusklar ko‘chib kelib joylashishdi
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4 C) 1, 2, 4 D) 3, 4, 5
21. Qadimda rimliklar o‘z hukmdorlarini saylashar edi. Ayni paytda hukmdorlar ...
A) davlatning bosh ruhoniysi, sudya bo‘lgan
B) eng quyi boshqaruvni ham bevosita o‘zi boshqargan
C) xalq xohishiga bo‘ysungan D) harbiy boshliq, sudya va kohin bo‘lgan
22. . Quyidagilardan qaysi biri Qadimgi Rimdagi konsullar faoliyatiga taalluqli emas?
1) Ikki nafar konsul muhim masalalarda maslahatlashgan; 2) “Veto” huquqidan foydalangan; 3) Rimliklarni sud qilgan; 4) Plebeylar manfaatini himoya qilgan; 5) Harbiy davrlarda qo`shinga qo`momdonlik qilgan; 6) Yil davomida Rim respublikasini boshqargan; 7) Xalq qo`zg`olonlarini bostirishga rahbarlik qilgan; 8) Har yili Xalq majlisiga hisobot berib turgan.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 7 C) 2, 3, 5, 7 D) 1, 2, 4, 6, 7 23. Qadimgi Rimda Xalq majlisining qarorini qaysi organ tasdiqlar edi?
A) diktator B) tribun C) Konsul D) Senat
24. Rim respublikasida qaysi lavozim egasi qashshoq rimliklar manfaatini himoya qilgan?
A) liktor B) senator C) konsul D) xalq tribuni
24. Xalq tribunining vazifalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1) Yil davomida Rim respublikasini boshqargan; 2) Qashshoq rimliklar manfaatlarini himoya qilgan; 3) Harbiy davrlarda qo’shinlarga qo’mondonlik qilgan; 4) “Veto” huquqidan foydalana olgan; 5) Aholini sud qilgan; 6) Har yili Xalq majlisiga hisobot bergan.
A) 1, 4, 5 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 2, 3, 6
25.Rimda qaysi shaxs cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan?
A)Diktator B)Konsul C)xalq tribuni D)senatorlar
26.Qanday lavozim uchun saylov kuni o’z nomzodini qo’ygan shaxslar “kandida” deb nom olgan libos kiyib olgan?
A)diktator B)Konsul C)Xalq tribuni D)senator
27.diktator hokimyati qancha vaqtdan oshmagan?
A)1 yil B)3 oy C)6 oy D)8 oy
28.Rimdagi asosiy mansabdorlar berilgan javobni toping.
A)Senator B)Diktator C)konsul D)xalq tribuni
29.rimda kimlar jazolash huquqining alomati sifatida boltacha sanchilgan qayishqoq arqonlarni yelkasiga osib yurganlar?
A)liktorlar B)diktator C)xalq tribuni D)konsullar
30.Rimdagi qaysi mansabdor harbiy davrlarda qo’shinlarga boshchilik qilishgan?
A)diktator B)konsul C)liktor D)xalq tribuni
31.Saylov kuni konsullikka o’znomzodini qo’ygan kimlar ‘kandida deb nom olgan libos kiyib olganlar?
A)patrisiylar B)aslzodalar C)badavlat quldorlar D)boy zodagonlar
32.quyidagi rimdagi qysi mansabdor majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanar edilar?
A)xalq tribuni B)konsullar C)diktator D)senator
33.Quyidagi mansabdorlar ichidan cheklanmagan huquqqa ega bo’lganlarni toping.
A)satrap,konsul B)strateg,diktator C)konsul,strateg D)satrap,diktator
34.Plebeylar talabiga ko’ra patrisiylardan tuzilgan hay’at yangi qonun tuzishni oxiriga yetkaza olmagan payti asosan plebeylardan iborat bo’lgan kimlar isyon ko’taradilar?
A)qo’shinlar B)savdogarlar C)dehqonlar D)hunarmandlar
35.Qachonga kelib rimning barca fuqarolari qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan?
A)Mil.avv V asr o’rtalari B)mil.avv IV asr boshlari
C)mil.avv III asr boshlari D)mil.avv VI asr boshlari
36.Qachondan 12 mis plastinaga yozilgan qonunlar hamma ko’rishi uchun markaziy maydonga osib qoyilgan?
A)Mil.avv V asr o’rtalari B)mil.avv IV asr boshlari
C)mil.avv III asr boshlari D)mil.avv VI asr boshlari
Do'stlaringiz bilan baham: |