2-variant
1. Soatning minut strelkasi uzunligi 1 sm.
Yarim soat mobaynida
minut strelkasi uchining yo’li va ko’chishi qanchaga teng bo’ladi?
A) 2 sm; 3,14 sm B) 6,28 sm; 2 sm
C) 3,14 sm; 2 sm D) 12,56 sm; 2 sm
2. Tezligi 180 km/soat bo`lgan mototsikl 5 s da necha metr
masofa bosib o`tadi?
A) 900 B) 250 C) 36 D) 125
3. Uzunligi 480 m bo‘lgan poyezd tekis harakatlanib, 720 m
uzunlikdagi ko‘prikdan 2 minutda o‘tdi. Poyezdning tezligi
qanday?
A) 4 m/s B) 6 m/s C) 10 m/s D) 36 m/s
4. Vagon tinch holatdan 30 sm/s2 tezlanish bilan harakatga keldi.
Harakat boshlangandan 12 s o‘tgach u qanday tezlikka erishadi?
A) 360 m/s B) 12 m/s C) 3,6 m/s D) 1,2 m/s
5. Harbiy reaktiv samolyot 10 s da tezligini 450 km/soat dan
900 km/soat gacha oshirdi. Tezlanishini aniqlang.
A) 4,5 m/s2 B) 45 m/s2 C) 12,5 m/s2 D) 125 m/s2
6. 10 m/s tezlik bilan chopib kelayotgan
atletga tomon mashina
tinch holatdan o’zgarmas 2 m/s2 tezlanish bilan harakat
boshladi. U atletga yetguncha qancha yo’l o’tgan (m)?
A) 25 B) 30 C) 40 D) 50
7. 90 km/soat tezlik bilan ketayotgan avtomoobilga tormoz
berilgach, u 2 s dan keyin to‘xtadi. Tormozlanish yo‘lini (m)
toping.
A) 25 B) 15 C) 30 D) 70
8. Biror jism yuqoridan biror boshlang`ich tezlik bilan pastga
tashlab yuborilsa u qanday harakat qiladi?(havoning
qarshiligini
yo`q deb hisoblang).
A) tekis B) tekis tezlanuvchan
C)
notekis tezlanuvchan, tezlanish ortib boradi
D) notekis tezlanuvchan, tezlanish kamayib boradi
9. 15 m/s boshlang`ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism
4 sekundda qancha masofaga ko`chadi?
A) 80 m B) 60 m C) 144 m D) 140 m
10. Boshlang`ich tezliksiz erkin tashlab yuborilgan jismning
tezligi 40 m/s ga yetishi uchun qancha vaqt talab qilinadi?
A) 2 s B) 3 s C) 4 s D) 5 s
11. 125 m balandlikdan boshlang`ich
tezliksiz erkin tushgan
jismning butun yo`l davomidagi o`rtacha tezligini toping.
A) 45 m/s B) 35 m/s C) 25 m/s D) 18,33 m/s
12. Vertikal pastga harakat qilayotgan jism tezligi qancha vaqtda
5 m/s dan 45 m/s gacha oshadi (s)?
A)4 B) 3 C) 5 D) 1
13. 10 m/s boshlang`ich tezlik bilan tik pastga tashlangan
jismning tezligi qancha vaqtdan so`ng 4 marta ortadi (s)?
A) 1 B)3 C) 4 D) 2
14. 80 m balandlikdan erkin tushib ketgan jism yerga qanday
tezlik bilan uriladi?
A) 20 m/s B) 60 m/s C) 40 m/s D) 80 m/s
15. 5 m radiusli aylana bo‘ylab harakatlanayotgan
jismning yarim
davrdagi ko‘chishini toping (m).
A) 5 B) 6 C) 2,5 D) 10
16. 60 m li balandlikdan vertikal tashlangan jism 2 sekundda
yerga kelib urildi. Jismning boshlang`ich tezligini toping (m/s).
A) 30 B)20 C) 10 D) 25
17. 180 m balandlikdan erkin tashlangan jism yerga necha
sekundda tushadi?
A) 4 B) 5 C) 7 D)6
18. 10 m/s tezlik bilan tik pastga tashlangan jism qancha
masofani o`tgach 30 m/s tezlikka erishadi (m)?
A) 10 B) 20 C) 30 D)40
19. Motorining tortish kuchi 24 kN bo‘lgan
mashinaning tezligi
20 m/s. Dvigatelning quvvatini toping (kW).
A) 1,2 B) 480 C) 12 D) 4,8
20. Tik yuqoriga otilgan jismning ko`tarilish balandligini 16 marta
orttirish uchun boshlang`ich tezligini qanday o`zgartirish kerak?
A) 3 marta orttirish kerak B) 3
marta kamaytirish kerak
C)4 marta orttirish kerak D) 4 marta kamaytirish kerak
21. Yuqoriga otilgan toshning ko`tarilish vaqtini 6 marta orttirish
uchun uning boshlang`ich tezligini qanday o`zgartirish kerak?
Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
A)6 marta orttirish kerak B) 6 marta kamaytirish kerak
C) 36 marta orttirish kerak D) 12 marta kamaytirish kerak
22. Bikrligi 20 N/m bo’lgan prujinani 2 sm ga siqish uchun
qancha kuch kerak?
A) 40 N B) 0,04 N C) 0,4 N D) 4 N
23.Quyidagi birliklardan qaysi biri impulsning birligi hisoblanadi?
A) kg∙m/s2 B) N∙m/s2 C) kg∙m/s D) N/kg
24. Massasi 2 tonna bo`lgan mashina o`z tezligini 54 km/soat
dan 72 km/soat gacha orttirdi. Bunda uning impulsi qanday
o`zgargan (kg∙m/s)?
A) 36 B) 10000 C) 40000 D) 180
25. Chizmadagi jismlar sistemasining impulsini toping (kg∙m/s).
(m1=m2=2 kg va V1=2V2=8 m/s)
A) 30 B) 20 C) 4 D) 8
26. Energiya deb nimaga aytiladi?Jism
va jismlar tizimining
energiyasi deb, ularning…
A) ish bajara olish qobiliyatiga
B) zarralarning betartib tinimsiz harakatiga
C) moddalari bir turdan boshqa turlarga tinimsiz aylanib
turishiga
D) o‘zaro
vaziyatiga
27. 72 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan, massasi 50 kg
bo‘lgan meteorning kinetik energiyasini aniqlang.
A) 50 kJ B) 72 kJ C) 10 kJ D) 200 kJ
28. Prujinasi 4 sm siqilgan pistoletdan otilgan o‘qning kinetik
energiyasi 0,08 J bo‘lsa, prujinaning bikrligini aniqlang.
A) 32 N/m B) 50 N/m C) 100 N/m D) 128 N/m
29. Prujina 2 kN kuch ta’sirida 4 sm ga siqildi. Prujinani 12 sm ga
siqish uchun qanday ish bajarish lozim?
A) 180 J B) 360 J C) 200 J D) 300 J
30. Massasi 1 kg bo‘lgan jism 10 m balandlikdan boshlang‘ich
tezliksiz erkin tushmoqda. Shu jism kinetik energiyasi 25 J ga
yetganda, balandlikning qancha qismini o‘tgan bo‘ladi?
(g=10 m/s2)
A) 1/4 B) 1/3 C) 1/2 D) 3/4