49. Xongul hujayralarida sodir bo'ladigan reaksiyalarni
aniqlang.
1) ADF + H2PO4 + 40 kJ → ATF + H2O
2) 2C3H6O3 + 6O2 + 36ADF + 36H3PO4 → 6CO2 + 42H2O + 36ATF
3) H2O → H+ + OH–
4) C6H12O6 + 2H3PO4 + 2ADF → 2C3H6O3 + 2ATF + 2H2O
5) 6CO2 + 18ATF → C6H12O6 + 18ADF + 18H3PO4 + 6H2O
A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 4, 5
50. Qaysi javobda keta (a) va krevetka (b) larning dum
suzgichlariga xos xususiyatlar keltirilgan.
1) suzgich yoylariga ega; 2) oldingi tomonga suzishini
ta'minlaydi; 3) ikki juft qorinoyoqlarining o'zgarishidan
hosil bo'lgan; 4) orqa tomonga suzishini ta'minlaydi;
5) tanasini muvozanatga solib turadi; 6) bir juft bo'lib
yupqa teri pardadan iborat; 7) tuxumlarini olib yuradi
A) a-2, 6; b-3, 4 B) a-1, 5; b-2, 7
C) a-1, 6; b-4, 7 D) a-1, 2; b-3, 4
51. Alohidalanishning qaysi turlari produtsent (a) va
konsument (b) organizmlarda kuzatiladi?
1) Biologik alohidalanish; 2) Etiologik alohidalanish;
3) Geografik alohidalanish; 4) Ekologik alohidalanish
A) a - 1, 2; b - 3, 4 B) a - 1, 4; b - 2, 3
C) a - 2, 4; b - 1, 3 D) a - 2, 3; b - 1, 4
52. Laqqa (a) va laqay (b) larning paydo bo'lishi nimaning
natijasi hisoblanadi?
A) a-tabiiy tanlanish; b-sun'iy tanlanish
B) a-sun'iy tanlanish; b-tabiiy tanlamish
C) a-tabiiy tanlanish; b-yalpi tanlanish
D) a-yakka tanlanish; b-sun'iy tanlanish
53. Quyida berilgan jarayonlar moddalar almashinuvining
qaysi bosqichida amalga oshadi?
a) pepsinning hosil bo'lishi; b) pepsinning faoliyati;
c) fotosintez; d) xemosintez; e) reabsorbsiya
1) dastlabki bosqich; 2) oraliq bosqich; 3) oxirgi bosqich
A) 1 - d; 2 - b; 3 - e B) 1 - a; 2 - c; 3 - b
C) 1 - b; 2 - a; 3 - e D) 1 - b; 2 - c; 3 - d
"EDUCATION SMART"
54. Trigeterozigota organizmlar (uchta dominant genni ham
otasidan olgan) chatishtirildi. Agar krossingover 20 % ga
teng bo'lsa, avlodning necha foizi ota-ona fenotipiga
o'xshash bo'ladi? (krossingover har ikki organizmda ham
uchraydi)
A) 24 % B) 68 % C) 21 % D) 42 %
55. Urug'kurtaklari tuguncha devori bilan o'ralgan
manzarali o'simliklarni aniqlang.
1) gledichiya; 2) xrizantema; 3) Oshanin piyozi;
4) beshyaproqli partenotsissus; 5) Sharq sauri;
6) tuxumak; 7) qum piyoz; 8) oq akatsiya; 9) Virgin
archasi; 10) nor piyoz
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 8 C) 2, 5, 10 D) 1, 6, 9
56. Chanoq suyagi toq sovuqqonli(1) va chanoq suyagi juft
issiqqonli (2) hayvonlarni gastrulyatsiya turi to'g'ri
ko'rsatilgan qatorni belgilang.
A) 1-o'sib kirish; 2-qat-qat
B) 1-qat-qat; 2-o'sib kirish
C) 1-o'sib kirish; 2-botib kirish
D) 1-hujayralar migratsiyasi; 2-botib kirish
57. Ma'lum bir hududda tarqalgan hind maynasi
populyatsiyasi 10000 ta individdan iborat bo'lib, A
genining tarqalishi 40 % ga, B genining tarqalishi esa
80 % ga teng bo'lsa, ushbu populyatsiyadagi
digeterozigotali organizmlar sonini aniqlang.
A) 12000 ta B) 876 ta C) 1536 ta D) 1672 ta
58. A o'simlikning murtak xaltasi va B o'simlikning
endospermasidagi xromosomalar yig'indisi 180 ta.
Ularning anafaza yakunidagi xromosomalar yig'indisi esa
140 ta bo'lsa, B o'simlikning arxeosporasidagi
xromosomalar sonini aniqlang.
A) 40 ta B) 36 ta C) 52 ta D) 90 ta
59. Dorivor xususiyatga ega bo'lgan to'g'ri gulli (a) va qiyshiq
gulli (b) o'simliklarni aniqlang.
1) na'matak; 2) ermon shuvog'i; 3) dorivor gulxayri;
4) jag'-jag'; 5) qoqio't; 6) burchoq; 7) zangori sachratqi;
8) yerbag'ir tugmachagul
A) a - 1, 4; b - 2, 6 B) a - 3, 8; b - 2, 5
C) a - 1, 3; b - 4, 5 D) a - 2, 4; b - 5, 7
60. Xrokokk (a), pnevmokokk (b), exinokokk (c) larni hujayra
qobig'i qanday moddadan tashkil topgan?
A) a-seliloza; b-murein; c-glikogen
B) a-pektin; b-suberin; c-lipoprotein
C) a-pektin; b-murein; c-qobig'i yo'q
D) a-xitin; b-murein; c-qobig'i yo'q
Do'stlaringiz bilan baham: |