1. Quyida berilgan qaysi bog'lovchi vositalar yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo'yilmaydi?



Download 31,1 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi31,1 Kb.
#291648
Bog'liq
1-variant


1-variant

1. Quyida berilgan qaysi bog'lovchi vositalar yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo'yilmaydi?

A) na, na B) biroq C) -u (-yu) D) balki

2. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,

Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,

Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?

Aytgil, do'stim. Nima qildik Vatan uchun?

Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan?

1) darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap; 5) qo‘shma gap.

A) 1, 2, 3 В) 1, 2, 5 С) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5

3. O’quvchi tomonidan mavzu yetarlicha yoritilmagan, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, fikrlashda noaniqliklar sezilib tursa, jumlalar bir-biri bilan bog‘lanmasa, ijodkorlik sezilmasa, xatolarning soni yuqoridagi nisbatlardan ortiq bo‘lsa, upday ishlarga «qoniqarsiz» baho qo‘yiladi. Ushbu gapdagi fe’llarning qaysi nisbatdaligini aniqlang.

A) majhul va birgalik nisbatda

B) majhul va aniq nisbatda

C) o‘zlik va aniq nisbatda

D) aniq, o‘zlik va majhul nisbatda

4. Qaysi gapda ko‘makchi morfema sifatida qo'llanishi mumkin bo‘lgan jarangsiz undoshlar berilgan?

A) k, t, ch B) b, sh, q C) k, m, sh D) ch, q, v

5. Quyida berilgan gapda tarkibida yopiq bo‘g‘ini mavjud fonetik yozuv asosida yozilgan nechta so‘z qatnashgan? Bolaning ko‘ngli o'ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi.

A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta

6. Qaysi qatorda tarkibi faqat til undoshlaridan iborat qo'shma sifat sodda yasama otga bog‘lanib kelgan?

A) Naddoflar ko'chasining o‘ng tomonida kattakon karvonsaroy qad ko'targan.

B) Bir necha diltortar bo'lmalarda yoshgina cho‘rilar, hurliqoday kanizaklar turardi.

C) Barcha bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash va ayrimlar bilan apoq-chapoq bo

D) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig‘idir.

7. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq quyidagi qaysi qoida noto‘g‘ri?

1) ot kesim sifat turkumiga oid so‘z bilan ifodalansa, ega va kesim o‘rtasida tire ishlatiladi; 2) ot kesim va ega o‘rtasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo'yilmaydi; 3) ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalansa, tire qo'yiladi; 4) kesim tartib son bilan ifodalansa, tire qo‘yiladi.

A) 2, 3, 4 В) 1, 4 С) 1, 2, 3 D) 2, 3

8. Quyidagi birliklarning qaysi birini nutqda tayyor holda ishlatish mumkin?

A) qo‘lbola B) quldorlikning tugallanishi

C) qonunga zid kelmoq D) aytib o‘tmoq

9. Davlat tili haqidagi qonunning qaysi moddasida davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidasi va normalariga rioya etilishi qayd qilingan?

A) 10-moddasida B) 16-moddasida

C) 5-moddasida D) 7-moddasida

10. Odam bolasi borki u shu ranglardan birini o‘ziniki qilib oladi butun taqdirini tarjimayi holini orzu-umidlarini va nihoyat olamni shu rang orqali ko'radi.

Ushbu gapda nechta vergul ishlatilishi lozim?

A) 4 B) 5 C) 6 D) 7

11. Quyidagi qaysi so‘z imlosi kabi talaffuz qilinmaydi?

A) bo'ynim B) qo‘mondon

C) yozyapti D) kelgan

12. 1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog‘moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq.

Ushbu fe’llardan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo‘shiladi?

A) 2, 4 B) 3, 5 С) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5

13. Quyida berilgan so'zlarning qaysilarida -li, -kor qo‘shimchalarini sinonim sifatida qo'llash mumkin?

1) go'sht; 2) gunoh; 3) yurak; 4) kuch; 5) jafo.

A) 3, 5 В) 1, 3 C) 2, 5 D) 2, 4

14. Sintaksisga tegishli atamani toping.

A) ko‘makchi B) havola bo‘lak

C) asliy sifat D) metateza

15. Insoniyat tarixi hammamizga bog‘liq bo'lgan, o‘zligimizni ko‘rsatadigan, bizning olis shajaramizni, nasl-u nasabimizni, insoniy qadr-u qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. Ushbu gapda ishtirok etgan yasama so'zlar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?

A) yasama so'zlar sifat, ot va fe’l turkumiga mansub

B) 1-o‘rinda tarkibida tovush o‘zgarishi yuz bergan yasama so‘z ishtirok etgan

C) barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi ot turkumiga mansub

D) yasama so‘zning yasama so‘zga tobelanishi kuzatiladi

16. «Qudrat o‘rnidan turib, egnini qoqdi, xursandligini yashirolmay tevaragiga to‘yib- to‘yib qaradi». Ushbu gapda necha o'rinda tovush o‘zgarishi kuzatiladi?

A) 2 ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta

17. To'liqsiz gap berilgan qatorni toping.

A) Bugun biz bilan qolasiz-a? – Ha.

B) Novvoyga non aziz, tegirmonchiga – un.

C) Marhamat, kiring.

D) Go'zallik ilm-u ma’rifatda.

18. Daraja ko‘rsatkichini olmagan sifat qaysi gapda berilgan?

A) Chakalakzor qorong‘ulikda vahimali va sirli ko‘rinadi.

B) Hammayoq top-toza.

C) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajabmas.

D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko'ngilchan, zahmatkash ayol.

19. Fe’lning -siz va -san qo'shimchalariga qachonlar ko‘plik qo'shimchasi qo‘shilishi mumkin?

A) hurmatni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda

B) hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug'ilganda

C) tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalash zaruriyati tug‘ilganda

D) hurmat va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda

20. Istamoq, axtarmoq, izlamoq, qidirmoq – ushbu ma’nodosh so‘zlardan qaysi biri Farg'ona shevasiga xos?

A) izlamoq B) istamoq

C) qidirmoq D) axtarmoq

21. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so'zlari (iboralari) va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarni qaysi bo'limda namoyon qiladi?

A) sintaksis B) frazeologiya

C) morfologiya D) uslubshunoslik

22. Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim,

Qaytib ona tuprog‘imga ketolmadim.

Farg'onada qolmish do‘st-u o'rtoqlarim,

Qaytib ular visoliga yetolmadim,

Amudaryo, suvlaringdan o'tolmadim.

She’riy parchada necha o'rinda qarashlilik ma’nosini bildirgan egalik qo‘shimchalari qo‘llangan?

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

23. Kesimlarning asosi omonim xarakterga ega bo'lgan bog‘langan qo‘shma gapni toping.

A) Po‘lat qoplangan zalvorli eshik g‘ichirlab ochildi-yu, qorong'i bo'shliq ko‘rindi.

B) Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon hamroh bo‘lmaydi.

C) Yaxshilik yaxshi nom keltirar, saxovat esa kishini baxtiyor damlar sari undaydi.

D) Suv sohilni yemirar, alam – dilni.

24. Qaysi javobda keltirilgan barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?

A) xassos, xalqa, hijil B) hassos, xalqa, xijil

C) hassos, halqa, xijil D) hassos, halqa, hijil

25.Qaysi adib, mutaxassislarning aytishlaricha, o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib, 1908-yildayoq sahna asari yaratgan, shuningdek, uning bir qancha kuylarni notaga solgani, birinchilardan bo‘lib roman va opera yozgani ma’lumdif?

A) Fitrat B) Behbudiy

C) Hamza D) Avloniy

26. «Boburnoma» da keltirilgan «kushti», «kushtgir», «kishtibon» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.

A) qotil, qassob, posbon

B) sayyoh, sayohatchi, kuzatuvchi

C) kissa, kissavur, jallod

D) kurash, kurashchi, kemachi

27. Xayriddin Salohning «Yulduzlar afsonasi» she’ridagi Hulkarning suluv qiziga nima «ko'zgu bo’lsam» deydi?

A) oy B) soy C) gul D) quyosh

28. Ozod Sharafiddinov ijodiga tegishli ma’lumotni toping.

A) «Zaharxanda qahqaha», «Bir tilda gaplashaylik»,

«She’r ko‘p, ammo shoir-chi?» maqolalari adabiy jamoatchilik orasida birdan og‘izga tushgan, munozara mavzusiga aylangan.

B) o'zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinadigan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarini o'tgan asrning 60-yillarida o‘zbek romanchiligiga olib kirgan.

C) O’z she’rlaridan birida «Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..» deya yurtga nafi tegmaydigan ijoddan o‘limni afzal bilgan.

D) «Qizil imperiya»ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri haqqoniy ko'rsatilgan « Jimjitlik» romani muallifi.

29. «Habba» so’zini tez-tez ishlatib turadigan qahramon kimning qaysi asarida uchraydi?

A) Cho‘lpon, «Kecha va kunduz» romanida Akbarali

B) A. Qodiriy, «O’tkan kunlar» romanida Yusufbek hoji

C) Asqad Muxtor, «Chinor» romanida Ochil buva

D) A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» romanida Solih maxdum

30. Ezgulikning dushmani sifatida bo‘y ko'rsatadigan Momogul maston obrazi qaysi asarda uchraydi?

A) «Kuntug‘mish» dostonida

B) «Rustamxon» dostonida

C) «Alpomish» dostonida

D) «Malikayi ayyor» dostonida

31. Bag'ir: forsiy – siyna, arabchada – adr ...

Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

A) Yo‘ldosh Eshbek «Ona duosi»

B) Halima Ahmedova «O’g’limga darsliklar»

C) G'afur G‘ulom «Alisher»

D) Zebo Mirzo «Vatan»

32. Lutfiyning Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga tushgan g'azali?

A) «Qilg‘il» B) «Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul»

C) «Ne bo‘lursan»

D) «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...»

33. «Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko'tarildi. O’z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o'lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi». Bobur haqidagi ushbu satrlar muallifi kim?

A) Pirimqul Qodirov B) Rumer Goden

C) Monstyuart Elfinston D) Hasanxo'ja Nisoriy

34. «Majlis kun bo‘lsa, to'rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida kovushga joy bermay, kovush bilan aralashib it yiqilish bo‘lib, paygabetda yotar edi».

Dostonda qaysi obrazga shunday ta’rif berilgan?

A) Qultoyga

B) Chapanitob boybichcha

C) Yortiboy

D) Qosimbek

35. She’r ilmiga bag'ishlangan turkiy tildagi ilk asar va uning muallifini belgilang.

A) «Kanz ul g‘aroyib», Ahmad Mansur Samarqandiy

B) «Haqoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r», Rashididdin Vatvot

C) «Funun al-balog‘a», Ahmad Taroziy

D)«Tarjimon ul-Balog‘a», Muhammad Roduyoniy

36. Firdavsiy «Shohnomasi”ning xususiyatlaridan biri ...

A) unda forsiyzabon xalqning islomdan avvalgi davr hayotini qalamga olinganidadir.

B) asarda kelajak bashoratlari berilganidadir.

C) uning islomiy tushunchalarni o'zida aks etishidir.

D) asarda yuzlab hukmdorlarning hayoti aks etganligidadir.

Download 31,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish