1. Quvurlar birikmasi aro gaz o‘tishi. Qatlam osti va kontur tashqi suvlari bilan mahsulotning suvlanishi



Download 17,76 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi17,76 Kb.
#593882
  1   2
Bog'liq
musraqil ishi abbos aka


Mavzu: Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishda yuzaga keladigan asosiy asoratlar.
Reja:
1. Quvurlar birikmasi aro gaz o‘tishi.
2. Qatlam osti va kontur tashqi suvlari bilan mahsulotning
suvlanishi.
3. Quduq tubida tomchi suyuqliklarning paydo bo‘lishi.
4. Mahsulot tarkibidagi oltingugurt va boshqa agressiv
komponentlar ta’sirida quduq uskunasining yemirilishi.

1. Quvurlar birikmasi aro gaz o‘tishi
Respublikamizda tabiiy gaz va gaz kondensati asosan Buxoro va qashqadaryo viloyatlarida joylashgan konlarda qazib olinadi. Bu yerda hozirgi 15 dan ortiq kon ishlatilmoqda, bular orasida yirik konlar:
SHo‘rtan. Zevarda, Pomuq, Alan, Kultak, Shimoliy O‘rtabuloq, Dengizko‘l, Ko‘kdumaloq va boshqalar hisoblanadi.
Gaz zahirasi bo‘yicha yirik bo‘lgan Gazli koni, deyarli ishlatib bo‘lingan va u yer osti gaz ombori sifatida qo‘llanilmoqda.
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishda qo‘yidagi asoratlar uchraydi:
-quvurlar birikmalari aro gaz o‘tishi;
-ostki va konturdan tashqari qatlam suvlari bilan suvlanish;
-quduq tubida tomchi suyuqlikning (bug‘ namligi va gaz kondensati) yig‘ilishi;
-quduq uskunasining oltingugurtli va karbon kislotali ta’sirlarda yemirilishi.
Gaz quduqlarini ishlatishda birikmalari aro gaz o‘tishi muammosi, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarinig e’tibor markazida turadi. Quvurlar birikmalari aro bosim mavjudligi, quduq ishlab tizimining normalligi buzilishiga hamda grifon hosil bo‘lishi va mustahkamlovchi quvurlar birikmasining uzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan halokatli halokatlarni yuzaga keltirib chiqaradi.
Quvurlar birikmalari orasida gaz o‘tishining paydo bo‘lish sabablari gazning quvurlar birikmasi ortidagi bo‘shliqlarga:
-mustahkamlovchi quvurlar birikmasining kertikli birikmalari;
-quduq usti quvurlar kallagidagi mustaxkamlovchi quvurlarni bog‘lashdagi salnikli zichlash halqasi;
-ishlatish quvurlar birikmasi ortidagi sement xalqaning nogermetikligi orqali o‘tishi sabab bo‘ladi.
Gazning oqib o‘tishi, uning ishlatish va texnik quvurlar birikmasi orasidagi halqali bo‘shliq orqali yuqoriga chiqishiga, nomahsuldor (gorizontga) qatlamga boshqarilmas gaz oqimining ketishiga, quduq ustida kritik bosim paydo bo‘lishiga olib keladi.
2. Qatlam osti va kontur tashqi suvlari bilan mahsulotning suvlanishi
Gaz, gazkondensat va neft konlarining yer osti suvlari uchta katta guruhga bo‘linadi:
1). Qatlam suvlari: chegaraviy, ostki va oraliq suvlar;
2). Begona suvlar: ustki, pastki va aralash;
3). Tektonik suvlar.
Chegaraviy suvlar mahsuldor uyumning pastlashgan qavatlarida yotadi va gazlilik chegarasi tomonidan uni siqib turadi. Ostki suvlar uyumning ostki qismida tuzilma bo‘ylab yotadi. Oraliq suvlar, gazli qatlamda yotuvchi suvli qatlamlardan tashkil topadi. Ustki begona suvlar, gazlilik qatlamidan yuqorida joylashgan qatlamlardan mahsuldor uyumga o‘tishi mumkin. Pastki begona suvlar, uyumga qaysi bir qatlamdan oqib o‘tishidan qat’iy nazar, mahsuldor qatlamdan pastda joylashadi. Aralash begona suvlar, gazlilik qatlamiga bir necha ustki yoki pastki joylashgan suvli gorizontlardan oqib o‘tishi mumkin.
Tektonik suvlar, gaz uyumiga, yuqori bosimli suvlarga ega bo‘lgan turli xil qatlamlarning tektonik yoriqlaridan oqib o‘tadi. Yuqori harakatga ega bo‘lgan yer osti qatlam suvlarining ko‘rsatilgan asosiy turlaridan tashqari, sekin harakatga ega bo‘lgan, tabiiy gaz tarkibida yoki uyumning g‘ovaklik bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan yer osti suvlari ajratiladi.
Qoldiq suv-erkin yoki bog‘liq ko‘rinishda bo‘lib, tor jinsi kollektori g‘ovaklarida neft yoki gaz bilan to‘yinishdan oldin saqlanib qolgan.
Kondensatsion suv-qatlam gazi tarkibida suv bug‘lari ko‘rinishida bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida bosim, harorat va gaz tarkibidagi komponentlarga bog‘liq bo‘ladi. Qatlam gazida uglevodorodlarning og‘ir fraksiyalarini mavjud bo‘lishi, gazning suv bug‘lariga yuqori to‘yinishiga olib keladi. Qatlam bosimi va harorati yuqori bo‘lgan gazokondensat uyumlarida kondensatsion suv miqdori yuqori ko‘rsatgich (15 gramm/m3) ko‘rsatadi va uyumni ishlatish jarayoni davomida bu ko‘rsatkich oshib boradi. Yuqorida qayd etilganlarning dinamik ko‘rsatkichlari asosida yer osti suvlarining 2 turini ajratamiz : erkin suvlar va bog‘liq suvlar. Erkin suvning asosiy tasniflariga: genetik gazogidrokimyoviy, mikrobiologik va dinamik tasniflar kiradi. Bog‘liq suv-jismonan bog‘langan yer osti suvlari, og‘irlik kuchi va kapillyar kuchlardan ortiq bo‘lgan elektro molekulyar kuchlar natijasida tog‘ jinslari g‘ovaklari devorlarida saqlanib turadi. Bog‘liq suv erkin suvdek asosiy tasnifga ega emas va g‘ovaklik devori yuzasidan 105-100˚S da quritish yoki 3000-5000 kg/sm2 bosim ostida siqib chiqarish natijasida olish mumkin.
Bog‘liq suvlar uch turga bo‘linadi:
1). Tog‘ jinsi minerallari bilan kimyoviy bog‘liqligi;
2). Qavat qalinligi bir necha molekulani tashkil qilgan tog‘ jinsi bilan adsorbsiyalashgan;
3). Kapilyar bog‘liq suv.
Mahsuldor uyumga qatlam suvlarining oqib kelishi natijasida yuzaga keladigan asoratlarga: gaz quduqlarining suvlanishi, bu esa o‘z navbatida gaz oqib chiqish suratini pasayishiga, sanoatdagi gaz yig‘ish kommunikatsiyalari va gaz tayyorlash uskunasini ishlatish sharoitini yomonlashishiga olib keladi. Gaz bilan birga qazib olinadigan yuqori minerallashgan suv, quduq va gaz sanoatidagi uskunalar uchun katta xavf tug‘diradi. Qatlam suvini gaz qudug‘iga oqib kelishini oldini olish uchun, qatlamning suvlangan oraliqlarini sement aralashmasi yordamida berkitish zarur.
Gaz bilan birga kondensasion suvni qazib olish jarayoni kondensat qazib olish kabi oddiy jarayondan iborat. Uyumda qatlam bosimining pasayishida, gaz olishning izotermik jarayonida, qazib olinayotgan gazning namligi pardali va kapillyar suvlarning bug‘lanishi natijasida ortadi. Gaz tarkibidan kondensatsion suvning ajralishi past haroratli separatsion uskunada, gazni quritish uchun kimyoviy reagentlarni qo‘llashda amalga oshiriladi.

Download 17,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish