1. Quritish mazmuni va maqsadlari. Keramik buyumlarni quritish uchun uskunalar. Qurish nuqsonlari



Download 78 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi78 Kb.
#799622
  1   2
Bog'liq
KERAMIK BUYUMLARNI QURITISH VA KUYDURISHDAGI FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLARNI O\'RGANISH


KERAMIK BUYUMLARNI QURITISH VA KUYDURISHDAGI FIZIK-KIMYOVIY JARAYONLARNI O'RGANISH
Reja:
1.Quritish mazmuni va maqsadlari.
2.Keramik buyumlarni quritish uchun uskunalar.
3. Qurish nuqsonlari.
4. Buyumlarni kuydirish.
Quritish mazmuni va maqsadlari
Quritish - materialdan namlikni chiqarish boʻlib , ushbu jarayonda hajm qisqarishlari va quritilayotgan buyumning mustahkamligi ortadi . Quritish natijasida qoliplangan massadan 65 dan 70 % gacha suv chiqib ketadi . Suvning material bilan bogʻlanish shakli kimyoviy , fizik kimyoviy va fizik - mexanik bogʻlanishlarga bo'linadi . Odatda quritish chog'ida xom buyumni havo orqali , tutun gazlari , nur quvvati ya'ni issiqlik tashuvchi vositasida isitilishida fizik mexanik suv ( kapillyar va hoʻllovchi ) chiqib ketadi , qisman fizik kimyoviy ( adsorbsion - tuproq zarrachalari gidrat qobiqchalarining suvi hamda struktura - gidrat qobiqchalararo suvi chiqadi ) . Quritish xom buyumga mexanik mustahkamlik berish va uni kuydirishga tayyorlash uchun zarur . Notekis kirishish va buyumning yorilib ketishini oldi olinishi uchun uning namligi kuydirish oldidan quyidagi miqdorlardan ortiq bo'lmasligi lozim , % : taxtacha 1 , g'isht - 5. sanitar - texnik buyumlar 1,5 , kana lizatsiya quvurlari - 3-5 . Buyumlarning quritish jarayoni qurish tezligi va vaqti , harorati , namlik tutish xususiyati , buyumda kirishish kuchlanishi yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi . Yangi qoliplangan buyumning yuzasidan namlikning bugʻlanib chiqishi tashqi diffuziya ) issiqlik tashuvchining harorati , harakat tezligi va namligiga bogʻliq . U qancha koʻp boʻlsa harorat va tezlik shuncha yuqori va issiqlik tashuvchining namligi shu qadar kam boʻladi . Shu tariqa , tashqi diffuziya miqdorini boshqarish mumkin . Namlikni buyumning chuqur qavatlari ichidan chiqish harakati jarayoni ichki diffuziya deyiladi . U tashqi diffuziyaga qaraganda ancha sekinlik bilan davom etadi va asosan g'ovaklik , namlik gradienti , harorat va bosim oʻzgarishlari orqali aniqlanuvchi materialning namlik oʻtkazuvchanligiga bogʻliq . Xom buyumning g'ovakligi va haroratning koʻpayishi bilan ichki diffuziya tezlashadi , ichki va tashqi diffuziyalar orasidagi farq kamaya boradi , buyumlarning qurishi bir tekisda amalga oshadi . Bir tekisdagi qurish sodir chegaraviy yoʻl qoʻyiluvchi oʻzgarishi namlikning kritik gradienti deb ataladi . Ichki diffuziya , massa tarkibiga dagʻlalashtiruvchi va yonib ketuvchi qo'shimchalar , Ca2 + , Al3 + va boshqa kationlari boʻlgan elektrolitlar kiritish , suvning miqdori , qoliplash va isitish Buyumlarning qurishda yorilishga bardoshligini tuproqni bug orqali hoʻllash , qoliplanishdan avval tuproqni quritish barabanida isitish , sharoitlari hamda massani vakuumlash orqali boshqariladi . Xom vakuumlash , dagʻallashtiruvchi va yonib ketuvchi qoʻshimchalar , boʻluvchi , xom buyumning yuzasi va ichidagi namlikning buyumning namlik tutish miqdorining oʻzgarishi uning havoga oid kirishishini keltirib chiqaradi , qaysiki uning miqdori ( 6-8 % ) ko'p holatlarda tuproq xomashyosining xususiyatiga bogʻliq boʻladi va tuproqni qurishga boʻlgan sezuvchanligini belgilaydi . Tuproqlarning qayishqoqligi qanchalik yuqori boʻlsa , ularning kirishishi shu qadar katta va quritish chog'ida buyumlarning deformatsiyalarini chetlab oʻtish shunchalik qiyin boʻladi . Quritish jarayonida tuproqning kirishishini namlikning ichki va tashqi diffuziyasi shart - sharoitlarini oʻzgarishiga ta'sir koʻrsatuvchi ( dag'allashtiruvchi , yonib ketuvchi , elektrolitlar va h.k. ) turlicha qo'shimchalar qo'shish , shuningdek massani vakuumlash orqali kamaytirish mumkin . Tuproqlarni qurishga boʻlgan sezgirligi - ulardan yasalgan buyumlarning yorilishiga bardoshligi tushunchasiga teskari boʻlgan xususiyatdir . Tuproqlarni qurishda yorilishga bardoshlilik koʻrsatkichi - ularni qurishga boʻlgan , quyidagi formula boʻyicha aniqlanuvchi sezgirlik K koeffitsiyentidir :
K = VIVE
bunda : V - kirishish hajmi , V. - g'ovaklar hajmi . K < l boʻlishida tuproqlarning qurishga boʻlgan sezgirligi kam , K = 1-1,5 boʻlishida - oʻrtacha sezgir , K > 1,5 boʻlganda esa tuproq yuqori sezgir boʻladi . Buyumlarning yorilishiga bardoshligi ularning choʻziluvchanligi , kirishish koeffitsiyenti va namlik oʻtqazish xususiyatiga bogʻliq. Buyumlarning qurishda bardoshligini tuproqni bug orqali hoʻllash , qoliplanishdan avval tuproqni quritish barabanida isitish , vakuumlash , dagʻallashtiruvchi va yonib ketuvchi qoʻshimchalar, shuningdek gips va yuqori qayishqoq ( qumlashgan tuproq qo'llanish qaysiki bu qoliplangan buyumlarning mustahkamligini oshiradi . hollarida ) uproq qo'shimchalari kiritish orqali oshirish mumkin . csa $ 17 . Quritish tezligi va rejimi Qurish tezligi buyum yuzasidan vaqt birligi ichida yo'qotiluvchi suvning miqdori bilan belgilanadi . U quritish usuli , quritish usuli , namlik miqdori va haroratga bog'liq . quritish agregatlarining turi goliplanuvchi massaning zichligi , Qurish jarayonining tezlashuviga , massani bug ' orqali 40-50 ° C gacha isitish , ( bu buyumlarning boshlang'ich haroratini ko'taradi ) , ta'sir ko'rsatadi , bunda quritiluvchi buyum issiqlik tashuvchi bilan ao'qnashuvning birinchi onidanoq quriy boshlaydi . Qurishga sezgir bo'lgan tuproq xomashyosidan buyumlar yasalishida , yoriqlar paydo bo'lishini oldi olinishi uchun issiqlik tashuvchining nisbiy namligini ko'paytiriladi yoki uning harorat va tezligi pasaytiriladi . Keramik xom buyumning qurish jarayoni uch davrga bo'linadi . Birinchi davr - buyumning isish davri boʻlib , buyum harorati issiqlik tashuvchi harorati bilan tenglashadi , buyumning namligi sezilarsiz kamayadi . Ikkinchisi - qurishning o'zgarmas tezligi davri deyiladi , qaysiki bu davr davomida kirishish sodir boʻladi , zarrachalar bir - biriga nisbatan siljiydi , nam buyumning mustahkamligi esa hali kam bo'ladi . Shuning uchun buyumda yoriqlar hosil boʻlish havfi mavjudligi bois quritishni tezlashtirish mumkin emas . Ushbu davr buyumning massasini vaqt birligida tobora kamayishi bilan belgilanadi , bunda qurish tezligi buyum yuzasidan namlikni bugʻlanish tezligiga son jihatdan teng bo'ladi . Uchinchisi - qurish tezligining pasayish davridir . Bunda buyum ning kirishishi tugagan boʻladi va quritishni tezlashtirilgan tarzda o'tgazilishi mumkin . Qachonki qurtilgan buyumning namligi muvozanatli miqdor kasb etishida qurish jarayoni tugaydi , ya'ni buyumlar massasi oʻzgarmay qurish tezligi nolga teng bo'ladi . Xom buyumning qurishi - mas'uliyatli jarayon , shuning uchun uni issiqlik va quvvatning eng kam sarflanishi bilan qisqa vaqt ichida yoriqlar va deformatsiyalarsiz olib borish lozim . Quritishning optimal rejimini odatda eksperimental yoʻlda laboratoriya sharoitlarida aniqlanadi ( bir necha rejimdan eng maqbuli tanlanadi ) . uning shakli , quritish agregati ichida buyumning joylashish zichligi boʻlgan , sezgirligi kam boʻlgan kam qayishqoq dag'al qo'shimchali Bunda massaning qurishga boʻlgan sezgirligi , buyumning namligi va qoʻllaniluvchi quritish agregati koʻrinishi hisobga olinadi . Qurishning uch oʻzgaruvchi parametrlari cheklanadi : harorat , issiqlik tashuvchining nisbiy namligi va uning quritish agregati ichida harakat tezligi . Ushbu parametrlarni boshqarish bilan buyumlarni talab etiluvchi xavfsiz tarzdagi quritish tezligini tashkil etilishi mumkin , ularning uyg'unligi esa qurish rejimi deyiladi . Qalin devorchali buyumlarni quritilishida issiqlik tashuvchining tezligi odatda 0,5–3 m / sek , yupqa devorchali buyumlarni quriti lishida 3-10 m / sek etib belgilanadi ( tajriba ma'lumotlariga muvofiq o'rnatiladi ) . Qurish rejimlarini ishlab chiqishda , geometrik shakli va hajmi bo'yicha turlicha boʻlgan buyumlarning qurish jarayoni , garchi ular bir xil massadan yasalgan bo'lsa ham bir xilda bo'lmasligi omilini hisobga olinishi zarur . Plastik qoliplash usulida yasalgan yirik buyumlarning turli qismlarida turlicha kirishish sodir boʻladi . Natijada buyumning tashqi va ichki qismlari orasida tortishuvchi va siljituvchi kuchlanish yuzaga keladi va agar bular mustahkamlik chegarasidan ortib ketsa yoriqlar hosil boʻladi . Ushbu kuchlanishlar miqdori tuproqning mexanik xususiyatlari , buyumning yuzasi va koʻrinishiga bogʻliq boʻladi . ichidagi namliklarning kritik oʻzgarishi , qurish rejimi va buyumlar Yassi ( yalpoq ) buyumlarni quritishda yuzadan namlikning bugʻlanish jarayoni presslangan massaning filtrlanish xususiyatidan koʻra tezroq sodir boʻladi va natijada namlikning kritik oʻzgarishi hamda yorilish xavfi yuzaga kelishi mumkin . Shuning uchun yuza buyumlarni qurishini sekinlashtirish zarur . Tanasi engil gʻishtlarni quritish avvaliga 4–5 % namlik chiqib ketishigacha sekin olib boriladi , keyin esa tezlashtiriladi . Issiqlik tashuvchining harorati 100 va kamdan - kam holatlarda qurishga bo'lgan, sezgirligi kam bo'lgan kam qayishqoq dag'al qo'shimchali tuproqlar uchun 150 ° C dan oshmasligi lozim . Issiqlik tashuvchining Harorat quritish kamerasiga kirish va undan chiqish joyida simobli tezligini ko'ndalang kesimning berilgan maydonlari bilan boʻlgan namlikda 80-95 ° C . miqdori 1000 dona qurib chiqqan buyumga 30-32 ming mga teng . Ishlatilib boʻlingan issiqlik tashuvchining harorati 30-70 % nisbiy Keramik plitalari asosan quyidagi rejimda quritiladi : issiqlik tashuvchining harorati kirishda 110-120 ° C , chiqishda 60-65 ° C , uning nisbiy namligi 40-45 % , qurish davomiyligi 5,5–12 soat . Plitalarning qoldiq namligi quritishdan keyin ko'pi bilan 0,5-1 % . Sanitar - qurilish buyumlari quritilishi to'rt davrga boʻlinadi : birinchisi 10-12 soat davom etadi , issiqlik tashuvchining harorati ko'pi bilan 37 ° C , nisbiy namligi 60-80 % ; ikkinchisi - 8-10 soat , issiqlik tashuvchining harorati 50 ° C gacha , uning nisbiy namligi 70-75 % ; uchinchisi - 8-10 soat , issiqlik tashuvchining harorati 60-70 % ; to'rtinchisi 8 soat , issiqlik tashuvchining harorati 80 ° C gacha , uning nisbiy namligi 30-35 % . Quritish jarayonining umumiy vaqti 32 dan 50 soatgacha . Buyumlarning quritilgandan keyingi qoldiq namligi 1-1,5 % . Kanalizasion sopol quvurlarni kamerali quritgichlarda quri tilishi sekinlashtirilgan tarzda olib boriladi : boshlang'ich 12 soatda issiqlik tashuvchining harorati 30 ° C gacha , uning nisbiy namligi 80-90 % , keyingi 12 soatda harorat 50 ° C gacha ko'tariladi , uning nisbiy namligi 50-60 % va shu tariqa quritish so'ngigacha davom etadi , bunda quritish davomiyligi quvurlar diametriga bogʻliq boʻladi va 60-70 soatni tashkil etadi . Tunelli quritish agregatlarida sopol quvurlar kiruvchi issiqlik tashuvchining 90-140 ° C haroratida , ishlatilib boʻlingani esa 35-40 ° C , nisbiy namligi 85 90 % , quritish davomiyligi quvurlarning diametriga bogʻliq va 14 40 soatni tashkil etadi . Qurib chiqqan quvurlarning namligi 3-5 % . Quritish jarayonida issiqlik tashuvchining harorati , sarfi , va namligi , gaz muhitining bosimi nazorat qilinishi zarur . termometrlar orqali aniqlanadi . Issiqlik tashuvchining miqdori uning tezligi kanallarida aniqlanadi .
Gazlarning tezligi gaz oqimi orqali harakatga keluvchi para rakchalarga ega bo'lgan anemometrlar orqali aniqlanadi . Par rakchalarning aylanma harakati tishli g'ildirakchalar tizimi orqali siferblat ko'rsatkich o'qiga uzatiladi , uning graduirovkasi gazning vaqtiga bo'lgan nisbati gazlar tezligini beradi ( m / sek ) . Issiqlik tashuvchining namligi bir panelga mahkamlangan ikkita bir xil termometrdan iborat psixometr orqali aniqlanadi . Termometrlardan biridagi simob zoldircha marli bilan tortilgan boʻlib , uning oxiri suvli idishga tushirilgan . Ushbu termometr xoʻl deb atalib , to'liq namlikka to'yingan muhit haroratini , ikkinchisi esa - ushbu to'yinganlikdagi muhit haroratini ko'rsatadi . Gaz muhitiga joylashtirilgan psixometrning ikkala termometrlarning ko'rsatkichlari orasidagi farq bo'yicha , psixometrik jadvallar yordamida nisbiy namlik aniqlanadi . U qanchalik kichik boʻlsa , termometrlar koʻrsatkichlari orasidagi farq shunchalik katta bo'ladi . Agar ikkala termometrning ko'rsatkichlari bir xil boʻlsa , gazning nisbiy namligi berilgan haroratda 100 % ga teng deb , gazning oʻzi esa to'yingan hisoblanadi . Issiqlik tashuvchining harorati va nisbiy namligini bilganimiz holda 1 kg quruq gaz ( g / kg ) tarkibida boʻlgan suv bugʻi massasi ( g ) bilan tavsiflanuvchi gazning namlik miqdorini quyidagi bog'liqlikdan foydalanilgan holda aniqlaymiz .
P = P , 0 / 100
Bu yerda : P- issiqlik tashuvchidagi suv bugʻining parsial bosimi ;
P - berilgan haroratdagi toʻyingan bug'ning parsial bosimi ;
0 - issiqlik tashuvchining nisbiy namligi .
Gaz muhitining bosimi shishali U - simon suyuqlik mano metrlari yordamida , naychalardagi suyuqlik sathlari farqi boʻyicha aniqlanadi . Keramik buyumlarni quritish uchun uskunalar
Keramik buyumlarni ( yarimfabrikatlar ) quritish tabiiy ravishda ochiq havoda ( tomlar ostida , omborlarda va h.k. ) hamda sun'iy 54 metrlar hisobida bosib o'tgan masofasini koʻrsatadi . Uni kuzatish ravishda ( maxsus qurilmalar , quritkichlarda ) amalga oshirilishi mumkin . Tabiiy quritish iqlimiy sharoitlarga bog'liq boʻlib , katta mexanizatsiyalashni hamda optimal rejimini saqlash qiyin . Bundan maydonlar talab qiladi , undagi ishlab chiqarish jarayonlarini to'liq tashqari tabiiy quritish jarayoni juda uzoq kechadi ( 20 sutkagacha ) . Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan g'ishtlarning va boshqa keramik buyumlarning 6% miqdorigina tabiiy ravishda quritiladi.
Keramika buyumlarni va anjomlarni ishlab chiqarish sanoatida sun'iy quritish uchun hammadan koʻp qarama - qarshi oqim tamoyili boʻyicha ishlovchi tunnel va kamerali quritish agregatlari qoʻllaniladi : xom buyum qarshisiga chiqish tuynugi tomondan tunnelga kirib keluvchi issiqlik tashuvchi harakatlanadi ( issiq havo , yoqilib boʻlingan gazlar va h.k. ) . Uzluksiz tarzda harakat qiluvchi tunnelli quritish agregati 24-36 m uzunlikdagi , 1,4-1,8 m balandlik va eni 1-1,2 m oʻlchamdagi kameradan iborat.
Quritish tunneliga xom buyum vagonchalarga terilgan holda kiradi , ular tunnel ichida oʻrnatilgan relslar ustida suruvchi yoki arqonli itargichlar orqali harakatlanadi . Alohida tunnellar 10-20 ta tunnellardan tashkil topgan bloklarga birlashadi , bunda issiqlik tashuvchini kirishi va chiqishi uchun umumiy kanallar ko'zda tutiladi . Tunneli quritkichlarning asosiy afzalliklari : ishlab chiqarishning oqim tarzida ekanligi , yuqori mexanizasiya darajasi , yuqori ishlab chiqarish unumdorligidir . Tunnelli quritgichlarning kamchiliklari : vagonchalarning koʻplab miqdorda talab qilinishi va ularning toʻldirilish zaruriyati , vagonchalar metalli qismlarning korroziyaga ( yuqorida issiqlik tashuvchining harorati pastga qaraganda yuqori ) tunnelning ko'ndalang kesimi boʻyicha buyumlarni notekis qurishi vagonchalarni sutkalar davomida toʻldirish va bo'shatilish zaruriyati .
Tunnelli quritgichlarda gʻisht quritish rejimining parametrlari : qurish muddati 12-50 soat , issiqlik tashuvchining harorati 50-80 ° C . ishlatilib boʻlingan gazlarning harorati 25-40 ° C , nisbiy namlik 75-95 % , bir tunnelga boʻlgan issiqlik tashuvchi sarfi 3000 dan 10000 m / soat , issiqlik tashuvchining tunnel ichidagi harakat tezligi 0,8–2 m / sek . uchrashi , va Massaning boshlangʻich namligi 18-25 % , oxirgi namligi – 5-7 % .
Kamerali quritgichlar davriy ishlovchi quritgichlar qatoriga kiradi ( 12 - rasm ) . Uzunligi 10–14 m , kengligi 1,3-1,5 m , balandligi 2,1-3 m boʻlgan kameralar 24–30 tadan boʻlgan bloklarga birlashgan . Kameraning ichki devorlarida maxsus bo‘rtiq erlar boʻlib , ularga oʻntokchalik vagonchalar yordamida xom gʻishtli tokchalar qoʻyiladi . Issiq issiqlik tashuvchi kamera ichiga ostki kirish kanallari orqali kirib keladi , bu kanallar kameraning barcha uzunligi boʻyicha joylashgan va ular ichidan issiqlik oqimi yuqori tomon osonlikda harakat qiladi . Sovugach va namlikka toʻygach , ogʻirlashgan holda issiqlik tashuvchining yangi issiq qismlari orqali siqilgan holda u pastga tomon tushadi va soʻruvchi kanal orqali chiqarib tashlanadi .
Kamerali qurutgichlarda qurutiluvchi g'ishtning qurish rejimi parametrlari : qurish muddati 40-80 soat , issiqlik tashuvchining harorati 100-140 ° C , ishlatilib bo'lingan issiqlik tashuvchining Kamerali quritgichlarning kamchiliklari : issiqlik tashuvchi haroratining har xilligidan buyumlarni kamera uzunligi va kengligi Kamerali quritgichlarda quritiluvchi gʻishtning qurish rejimi harorati 40-50 ° C , issiqlik tashuvchi sarfi kamera oʻlchamiga bog'liq ravishda 1000 4000 m / soat . bo'yicha notekis qurishi , kameraning ko'ndalang kesimi bo'yicha issiqlik tashuvchining namlikka to'yinganligi ( kamera devorlari oldidagi va gumbaz ship ostidagi g'isht tezroq quriydi , chunki kamera devorlari bo'ylab issiqlik tashuvchi eng yuqori harorat va eng kam namlikka ega bo'ladi ) , issiqlik tashuvchining tezligining kamligi , ishning davriy ravishda ekanligi , jarayonning uzoq davom etishi , kamera ichini to'ldirish va uni bo'shatish ko'p vaqt talab etishi . Biroq kamerali quritgichlarda xususiy rejimda buyumlar quritish mumkin . Hozirgi zamon kamerali va tunnelli quritgichlar issiqlik tashuvchining jadallikdagi majburiy ichki sirkulyasiyasini hosil qiluvchi ventilyator uskunalari bilan jihozlangan , bu kamera yoki tunnelning vertikal kesimi boʻyicha harorat maydonni bir tekisda boʻlishini ta'minlashga imkon beradi , notekis ravishda qurishni sezilarli ravishda kamaytiradi tezligini oshiradi . Quritishning eng zamonaviy usullari va quritish agregatlarining tuzilishlari qurish jarayonini yanada ko'proq samarali oʻtqazilishiga imkon beradi . Konduktiv , dielektrik , oʻtayuqori chastotali , plazmali va yuqori haroratli qizdirish , infraqizil nurlanish usullari buyumlar haroratini issiqlik beruvchi sifatida gaz muhitini qatnashishisiz ( havoga oid ) buyumlar haroratni oshirishga asoslangan . Masalan , xom buyumni infraqizil nurlar orqali qizdirilganda material tomonidan nurlanish quvvatini yutish holati sodir boʻladi , qaysiki , issiqlik quvvatiga aylanishi bilanoq buyumlar tanasiga singadi va diffuziyani yuzaga keltiradi . Buyumlarni tezlashgan tarzda quritish uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida buyumga qarata yo'naltirilgan issiqlik berish bilan qurituvchi konvektiv quritgichlar , buyumlarni elektr yoki gazli nurlovchilar orqali isitilishi bilan olib boriluvchi radiasion hamda uyg'unlashgan tarzdagi (konvektiv - radiasion) qurutgichlar qoʻllaniladi . hamda uyg'unlashgan tarzdagi ( konvektiv - radiasion ) quritgichlar gazli nurlovchilar orqali isitilishi bilan olib boriluvchi radiasion Quritish agregatining turi va qurish rejimini tanlash massa tarkibi , buyumlarning shakli va oʻlchamlariga bogʻliq . Masalan , fayans va yarimchinni buyumlar ( yuvinish jihozi , unitazlar , pissuarlar , yuvish bachoklari va h.k. ) tunneli quritgichlar yoki konveyerli qarama - qarshi oqimli va radiatsion quritgichlarda quritiladi . Yirik oʻlchamli va devori qalin bo'lgan buyumlar ( vannalar , yuvinish jihozlari va h.k. ) kamerali yoki radiatsion quritgichlarda , ba'zida esa uyg'unlashtirilgan usulda quritiladi xom buyumlarni yaqinlashtirish yoki ular orasidagi masofani pastki qatorlarda koʻpaytish bilan oldini olish mumkin . Ezilishlar quritish vagonchalaridagi xom gʻisht qo'yish uchun xizmat qiluvchi ramkalarning egriligi tufayli sodir bo'ladi . Shuningdek Keramik plitalar panelli yoki mikromashal gaz gorelkalari bilan jihozlangan konveyerli tasmali - toʻrsimon quritgichlarda , yoki rolikli tirqishli quritgichlarda quritiladi .

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish