1. Qotishmalar haqida umumiy ma’lumot


Alyuminiy qotishmalari. Antifriksion qotishmalar



Download 32,92 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi32,92 Kb.
#895115
1   2   3
Bog'liq
1. Qotishmalar haqida umumiy ma’lumot

3.Alyuminiy qotishmalari. Antifriksion qotishmalar Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan brikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi. Alyuminiy qotishmalari - asosiy qismi alyuminiydan iborat qotishmalar. Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va boshqa elementlarni alohida-alohida yoki ma’lum kombinatsiyada qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmalari ga legirlovchi elementlar sifatida Ni, Cr, Sa va boshqa, qotishma xossalarini yaxshilaydigan elementlar sifatida esa oz miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb ham qoʻshiladi. Bu elementlar fizik, kimyoviy va mexanik xossalari xilma-xil Alyuminiy qotishmalari hosil qilishga imkon beradi. Alyuminiy qotishmalari yengil boʻlishi bilan birga ancha puxta ham-dir. Alyuminiy qotishmalari deformatsiyalanadigan va qu-yiladigan qotishmalar guruhlariga boʻlinadi. Deformatsiyalanadigan Alyuminiy qotishmalari har xil yarim fabrikatlar va buyumlar tayyorlash, quyiladigan Alyuminiy qotishmalari esa xilma-xil detallar quyishda qoʻllaniladi. Alyuminiy qotishmalarining puxtaligi, texnologik xossalarining yaxshiligi, korroziyabardoshligi, termik ishlovlarga beriluvchanligi kabi o‘ziga xos xusu-siyatlariga ko‘ra ular radiotexnikada, kabel sanoatida, aviasozlikda keng qo‘llaniladi. Alyuminiy qotishmalarining texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ularning bosim bilan ishlovlariga beriladigan qotishmalari yuqori plastiklikka (40% gacha) ega bo‘ladi. Bu qotishmalarga, masalan, AMs, AMg2, AMg5 markalari kiradi. Alyuminiyning magniy qotishamlarida magniyning miqdori 6% dan oshmaydi. Bu qotishmalar termik ishlovlar bilan puxtalanmaydi, termik ishlovlar natijasida puxtalanadiganlariga duralyuminiy hamda aviallarni ko‘rsatish mumkin. Quyma qotishmalarining GOST 2685-75 bo‘yicha Аl, AL2, AL3 va boshqa markalari bo‘lib, ulardan turli shaklli quymalar olinadi. Quymalar olishda keng ko‘lamda foydalaniladigan qotishmasi evtektik qotishma bo‘lib, unga silumin deyiladi. Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Alyuminiyning kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida kremniyning miqdori 4–13% gacha bo‘lib, undan tashqari ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlanishi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossa-lari bilan xarakterlidir.
Masalan, dvigatel silindr bloklari, karterlari, compressor korpuslari va boshqalar bu qotishmalardan tayyorlanadi. Alyuminiyning quyma qotishmalarining 37 ta markasi bo‘lib, ular haqida ma’lumotlar tegishli GOSTlarda berilgan.
2. Alyuminiyning misli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida misning miqdori 4–5% bo‘lib, qolgan qismi boshqa elementlardan iborat bo‘ladi. Bu qotishmalarni quyilish xossalari pastroq bo‘lib, darzlar hosil qilishga moyilroqdir. Shu sababli, bu qotishmalardan (AL7 va AL9) unchalik kata bo‘lmagan oddiy shaklli quymalar (armaturalar, kronshteynlar) olishda foydalaniladi.
3. Alyuminiyning mis, kremniyli qotishmalari. (AL3, AL5, AL6) bu qotishmalarning xossasi I va II guruh qotishmalariga yaqinroq bo‘ladi.
4. Alyuminiyning magniyli qotishmalari. Bu qotishmalarda magniyning miqdori 12%gacha bo‘lib, qisman boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu qotishmalarning ham quyilish xossalari pastroq bo‘ladi. Lekin korroziyabardoshligi, mexanik xossalari va kesib ishlanilishi yaxshi bo‘lib, nam atmosfera sharoitida ishlaydigan quymalar olishda foydalaniladi.
5. Alyuminiyning murakkab tartibli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘lib, ular yuqoridagi qotishmalardan puxtaligi, o‘tga chidamligi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Masalan, bu guruh qotishmalarining AL1 markasidan porshenlar, silindr kabi detallar zagotovkalarni quyish yo‘li bilan tayyorlanadi. Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zan kukun metallurgiya yo‘li bilan olinadigan alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Bunday qotishmalarni olish uchun Al asosida olingan kukunlarga zarur elementlar qo‘shib, ulardan olingan yarim mahsulotlar yuqori tempera-turada qizdiriladi.
Masalan, A09-2, A020-1, AN-2,5 markalari nisbatan yuqori temperaturagacha chidamligi, antifriksionligi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi.
Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida olinib, sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan ishqalanib ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar deyiladi. Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, korroziya-bardoshligi va suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi. Shuni qayd etish lozimki, bunday qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib, mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi, yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan ulardan og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar qo‘shiladi. Antifriksion materiallar sifatida bronzalar (BrOSS5-5-5, BrOSS4-4-17, BrS30) latun, cho‘yan, tekstolit, rezina va boshqa materiallardan ham foydalaniladi.Mashina va mexanizmlarda ishlatiladigan sirpanish podshipniklarning qismlarini tayyorlash uchun qо‟llaniladigan qotishmalar podshipnikbop yoki antifriktsion qotishmalar deb ataladi.
Antifriktsion materiallar sifatida kulrang chо‟yan, qalayli va qо‟rg‟oshinli bronzalar, kukunsimon materiallar va babbitlar ishlatiladi.
Podshipniklar uchun antifriktsion kulrang chо‟yanning AСЧ1, AСЧ2 markalaridan foydalaniladi. Ammo, pо‟lat-cho‟yan juftida ishqalanish koeffitsienti ancha katta bо‟lganligi uchun chо‟yan vkladishlar tezyurar mashinalarda ishlatilmaydi.


Xulosa
Ikki va undan ortiq elementlarni (metallarni metallar bilan yoki metallarni metalloidlar bilan) birga suyuqlantirish, qizdirib qovushtirish va boshqa yo‘llar bilan olingan murakkab birikmaga qotishma deyiladi. Rangli metall qotishmalarining o‘ziga xos xususiyatlari (elektr va issiqlikni o‘zidan yaxshi o‘tkazishi, plastikligi, korroziyaga bardoshligi va boshqa xossalari mashina detallarida ish sharoitiga ko‘ra temir qotishmalardan qimmat bo‘lsada, ulardan foydalaniladi. Mis qotishmalari. Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratiladi.
Qotishmalar tarkibidagi element (komponent) larining xili konsentratsiyasi va temperaturasi o‘zgarganda fazalarining qanday holatda bo‘lishini ko‘rsatuvchi diagramma shu qotishmaning holat diagrammasi deyiladi. Qotishmalarning holat diagrammasi uning ayni sharoitda eng kichik erkin energiyali barqaror fazalar holatini ko‘rsatgani uchun bu diagramma qotishmaning muvozanat diagrammasi deb ham ataladi.
Temir bilan uglerod qotishmalarining asosiy strukturalari va ularning xossalari. Ferrit (F) – uglerodning alfa temirdagi qattiq eritmasi [Feα(Q] bo‘lib, bu eritmada uglerod miqdori juda oz (727 oС da 0,02% gacha) bo‘ladi. Umumiy holda uning tarkibida 99,8–99,9% Fe, qolgani uglerod va juda oz boshqa qo‘shimcha elementlar ham bo‘ladi. Ma’lumki, qotishmaning xossasi uning tarkibiga, donachalar o‘lchamiga va shakliga bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Rangli va qora metallarni ishlab chiqarish .Xudoyarov.2012
2.Metallurgiya asoslari.Aripjonova.2020
3.Mirboboyev A. Konstruksion materiallar texnologiyasi.1991-y
4. Далский Технология конструкционных материалов.Машст1990г.
5. Kнорозов.Технологияметаллов.«Металлургия»,Москва, 1974 г.
6.www.fayllar.org
7.https//hozir.org
8.cheminfo.uz
Download 32,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish