1. Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat tuzumi va boshqaruvi Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi va tabiati



Download 1,75 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi1,75 Mb.
#816103
Bog'liq
Jolimbetova 309 Qq tarix

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti chet tillari fakultetining 3-kurs talabasi Jolimbetova Aziz

Suverenli Qoraqalpog'iston Respublikasi

Reja:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat tuzumi va boshqaruvi

2.Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi va tabiati

3.Qoraqalpog'iston Respublikasi geografiyasi va hududiy bo'linishi

Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan Suveren demokratik Respublika. 1924-yil 14-oktabrda bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 mlnga yaqin (2021). Respublika poytaxti – Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.

Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan Suveren demokratik Respublika. 1924-yil 14-oktabrda bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 mlnga yaqin (2021). Respublika poytaxti – Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
Gerb
Bayroq
Qoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega
Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi – Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik – chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda –4,9°, shimolida – 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosi–Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi
Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli – Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl – Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.[
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. Maʼmuriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov, yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi.
Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston "Alpamis" dostoni. Shuningdek, "Yedige", "Qublon", "Qirq qiz" dostonlari mashhur.
Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730–84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining "Ulugʻ togʻ", "Poʻsgan yel" dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir "Xush boʻling, doʻstlar" sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828– 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845– 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi
Chilpiq - qadimgi inshoot qoldigʻi (6— 7-asrlar). Nukus va Beruniy shaharlari (Qoraqalpogʻiston) oraligʻidagi Sulton Uvays togʻi qoyalari ustida joylashgan. Ch. aylana shaklida boʻlib, atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan, bir tomoni kirish yoʻli sifatida ochiq qoldirilgan. Ch.ning 6–8 m lik devori saklangan, ichki radiusi 12 m. Mahalliy aholi Ch.ning barpo etilishini afsonaviy devlar bilan bogʻlaydi. Ch. hududidan islomgacha boʻlgan qadimgi dafn marosimlariga xos yodgorliklar topilgan. Olimlar fikriga koʻra, Ch. otashparastlar jasadlarini keltirib qoʻyadigan maxsus daxma vazifasini oʻtagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962

2.Kamalov S.K., Karakalpaki v XVIII–XIX vv. (K istorii vzaimootnosheniy s Rossiyey i sredne-aziatskimi xanstvami), T., 1968; 

3.Nurmuxammedov M.K., Jdanko T.A., kamalov S.K., Karakalpaki. Kratkiyocherk istorii s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1971

4.Nurmuxammedov M.K.,Antologiya Karakalpakskoy poezii, T., 1968.

5.Mambetullaev M.,Turebekov M. Qubla Aral boyı xalıqları tariyxınan. Nókis, 1997. 1-3 kitap.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish