1. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi



Download 118 Kb.
Sana03.08.2021
Hajmi118 Kb.
#137557
Bog'liq
3- mavzu


1.6. Mavzu: Qo’lda bajariladigan ishlar terminologiyasi

REJA :

1. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi

2. Tugma chatish

3. Temir ilgak, petliya va knopkalar chatish



Qo’lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi

Tikuvchilik sanoatida xar xil operatsiyalarni atash uchun maxsus terminologiya mavjud ( 4 - jadval).

Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi tikishda qo’l ishlarini bajarayotganda qo’uyidagi texnik shartlarga rioya qilish lozim.

Qo’lda bajariladigan ishlar terminologiyasi 4-jadval

Operatsiya nomi

Operatsiya xarakteri

Ishlatilish joyi

Sirmalash

Taxminan teng bo’lgan ikki detalni chiziqlar yoki nusxalama qaviqqatorlar bo’yicha vaqtinchalik qaviqlar bilan ulash

Yon va yelka qirqimlarini, yenglarning old hamda tirsak qirqimlarini va hokazolarni sirmalash


Bostirib ko’klash

Bir-birining ustiga qo’yilgan ikki detalni vaktinchalik qaviqlar bilan biriktirish

Kiyim oldini bort qotirmasiga, bort ostlarini bortga bostirib ko’klash va hokazo


Ziyni ko’klash

Ma'lum shaklini saqlash uchun detalning tikilgan va ag’darilgan chetini vaqtincha­k qaviqlar bilan (kant, ramka hosil qilib yoki chokni bukilgan joyga to’gri keltirib mahkamlash

Burmalar, vitochkalar, qayirmalar detalining qayrilgan chetini vaqtinchalik qaviqlar bilan mahkamlash



Tikilgan va ag’darilgan cho’ntak qopqoqlar, bortlar, yoqa ziylarini ko’klash


Bukib ko’klash

Burmalar, vitachkalar, qayirmalar detalining qayrilgan chetini vaqtinchalik qaviqlar bilan mahkamlash

Pidjak etagini, yeng uchini, shim pochasini qayirib ko’klash va hokazo


Yo’rmash

Detal qirqimini yoki qirqim chetlarini sitilib ketishdan asrash uchun ip bilan mahkamlash

Mayda detalni yirik detalga ki yordamchi detalni asosiy detalga vak,tinchalik k.avik,-lar bilan biriktirish



Ochiq choklarning qirqimlarini, petyalarni yurmash va hokazo


Ilintirib ko’klash

Mayda detalni yirik detalga yoki yordamchi detalni asosiy detalga vaqtinchalik qaviqlar bilan biriktirish

Manjetni yengga, cho’ntak qopqoqlarni cho’ntak chizig’iga ko’klash


Ko’klab o’tqazish

Ikki detalni oval kontur bo’yicha vaqtinchalik qaviqlar bilan ulash

Yoqani yoqa o’miziga, yenglarni yeng o’miziga o’tqazish va hokazo


Choklarni bir-biriga puxtalash

Chok yoki taxlama qo’yimlarini ikki tomonga yotqizib, vaqtinchalik qaviqlar bilan puxtalash

Chok va taxlama qo’yimlarini, o’mizlarni bir-biriga puxtalash

Bukib tikish

Bir detalning qayrilgan chet­larini ikkinchisiga yoki o’sha detalning o’ziga doimiy qaviqlar bilan mahkamlash

Yeng uchini, kiyim etagini va astarni bukib tikish


Chatish

Bir detalni ikkinchisiga, furnitura va ayrim elementlarni doimiy qaviqlar bilan mahkamlash

Tugmalar, ilgaklar, knopkalarni chatish va hokazo


Ikki teshikli tugmalar 4-5 qaviq bilan, to’rt teshikli tugmalar har bir teshiklar juftiga 3-4 qaviq bilan chatiladi va gazlamaning qalinligiga qarab 0,1-0,2 sm solqi ip qoldiriladi. Solqi ip atrofiga 2-3 o’ram ip o’rab ipning uchi 3-4 qaviq, bilan mustahkamlab qo’yiladi. Ip gazlama va zig’ir tolali gazlamalardan tikilgan kiyimlarga tugmalarni ipni solqilatmay chatish mumkin.Tugma pishiq chatilishi uchun asosiy materialning teskarisiga qotirma yoki kichkina tugma qo’yilib, asosiy tugma sho’nga qo’shib chatiladi. Tugmalar 40,50 nomerli paxta ip yoki 65,75, 33 nomerli ipak ip bilan (ikki qavat qilib) qo’lda yoki maxsus mashinada chatiladi.Temir ilgak, petlya va knopkalar chatish. Har xil kiyimlarda turli temir ilgak va temir petlyalar ishlatiladi. Ular mashinada yoki qo’lda chatiladi. Ilgak va petlyalar puxta chatilishi uchun ularni chatishdan oldin ko’zlari bir xil keriladi. Qo’lda chatilganda temir ilgaklar uch joyidan: har bir ko’zidan va egilgan joyidan 3-4 ta qaviq bilan qadalib, 3-4 ta qaviq bilan mustaxkamlab qo’yiladi. Temir petlya to’rt joyidan har bir ko’zidan va ularning oldidan 3-4 qaviq bilan chatilib, 3-4 joyidan mustahkamlab qo’yiladi. Ilgak va petlya 50, 60 no­merli paxta iplar va 65- 75 nomerli ipak iplar bilan tikiladi. Ularni yubkalarning korsaj tasmasiga chatishda esa 20,30 nomerli paxta iplar ishlatiladi.

Ilgak va petlya chatilgan joylar ko’pincha gazlama bilan berkitilib ketiladi, ularning faqat uchlarigina chiqib turadi.

Ilgak va petlyalar pishiq_ chatilishi uchun kiyim teskarisiga ip gazlama bo’lakchasi qo’uyib chatiladi.

Knopkalar ikki metall qismdan kallak va prujinali ust qo’ymadan iborat. Knopkalar har bir teshigiga 4-5 qaviq solib har xil usulda chatiladi. Yupqa gazlamadan tikilgan kiyimlarning teskarisiga, knopka tagiga, ip gaz­lama bulakchasi qo’uyib ketiladi.



11-rasm


Mavzuga doir test savollari:

  1. Tugma qadash necha usulda bo’ladi ?

A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) to’g’ri javob yo’q

2. Yo’rmab tikish mashinasi qanday vazifani bajaradi?

A) baxyaqatorni puxtalaydi

B) tugma qadaydi

C) ziyni yo’rmaydi

D) qirqimni bostiradi

3. Ilgaklar qanday tikiladi ?

A) 2 tomonlama

B) 3 tomonlama

C) har tomonlama

D) to’g’ri javob yo’q

4. Knopkalar qanday tikiladi?

A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) A va B javoblar to’g’ri

5. Qo’lda bajariladigan ishlar terminalogiyasi necha xil ?



A) 3 xil B) 4 xil C) 12 xil D) to’g’ri javob yo’q
Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish