1. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi xaqida tushuncha


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va hisoblash tartibi, tizimi xamda o‘ziga xos xususiyatlari



Download 61,24 Kb.
bet3/3
Sana03.07.2022
Hajmi61,24 Kb.
#734097
1   2   3
Bog'liq
13-mavzu. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi. (2)

3.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va hisoblash tartibi, tizimi xamda o‘ziga xos xususiyatlari.
Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxini hisoblash tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqadigan bir qancha xususiyatlarga ega:
1.Dehqonchilikda mahsulot ishlab chiqarishning yillik sikli, shuningdek ish vaqti va ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligi mahsulot tannarxini hisoblashni faqat xo’jalik yili tugagandan keyin amaliga oshirish kerakligini ko’rsatadi.
2.Ko’pgina dehqonchilik ekinlari va turli-tuman chorvachilik mahsulotlarini olish bir-biri bilan bog’liq.
3.Tugallanmagan ishlab chiqarish summasini aniqlash faqat yil oxirida 1 yanvar holatida aniqlanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar kiradi.
4.Haqiqiy tannarxi faqat yil oxirida aniqlanadi, yil davrida esa reja xarajatlari bilan hisoblanadi, bu esa haqiqiy xarajatlarni yil oxirigacha aniqlash imkonini bermaydi.
5.Turli xil mahsulotlarning turli joylarga yetkazish xarajatlarning turli tumanligi
Qishloq xo’jaligida o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarining barcha asosiy turlari bo’yicha, shuningdek ishlab chiqarishga xizmat qiluvchilar bo’yicha ham tannarx hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini hisoblashda ma’lum bir ketma-ketlikni saqlash tavsiya etiladi:
1.Asosiy vositalarni saqlashga mo’ljallangan xarajatlarni rejalashtirish va xarajatlar uchyoti obyektlarga qarab taqsimlanadi;
2.Asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadigan qo’shimcha va yordamchi sanoat ishlab chiqarishining mahsuloti (ish va xizmat) tannarxi hisoblaniladi;
3.Yerlarni sug’orish va zaxini qochirish bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi, ekinlarni changlatishda asalarichilik xizmati hisobdan chiqariladi;
4.Brigada, ferma, sex va umumxo’jalik xarajatlari taqsimlanadi;
5.Rejalashtirish va uchyot obyektlari bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy qiymati aniqlanadi;
6.O’simlikchilik mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi;
7.Ozuqa sexlarini saqlash bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi;
8.Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi;
9.Mollarning tirik vazni tannarxi hisoblaniladi;
10.Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan, yordamchi (sanoat) ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi;
11.O’simlikchilik, chorvachilik va sanoat ishlab chiqarish tovar mahsulotlarining kommersiya (to’liq) tannarxi ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarini qo’shish yo’li bilan hisoblaniladi
Alohida mahsulot turlari bo’yicha tannarxni hisoblashda avvalo asosiy, tutash yoki qo’shimcha va yordamchi mahsulotlarning turlari bo’yicha miqdori aniqlanadi. Ammo har bir mahsulot turi bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining uchyotini alohida tashkil qilib bo’lmaydi. Shuning uchun barcha turdagi mahsulotlar o’rtasida ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:

  1. Xarajatlarni bevosita mahsulot turlariga olib borish

  2. Alohida qishloq xo’jaligi ekinlari turlari mahsulotlari bo’yicha, hayvonlar mahsulotlari turlari uchun umumiy bo’lgan belgilari bo’yicha xarajatlar olinadigan mahsulot turlari uchun umumiy bo’lgan belgilardan birining miqdori ahamiyatiga proporsional ravishda taqsimlanadi.

  3. Alohida turdagi mahsulotlarni olishga ketgan xarajatlarni ekspert yo’li bilan baholash va ularni ma’lum bir ko’rsatkichlarda aks ettirish ;

  4. Ma’lum bir ekindan (mollar guruhi, turi) olinadigan mahsulot turi bo’yicha xarajatlarni, markazlashgan tartibda o’rnatiladigan iqtisodiy jihatdan asoslangan koeffisiyentlarni qo’llash yordamida, sentner – koeffisiyent va boshqa shartli birliklarning miqdoriga proporsional taqsimlanadi. Ularni aniqlashda mahsulot turlaridan birining birligiga to’g’ri kelgan xarajat bir deb qabul qilinadi, boshqa mahsulotlar birligiga qilingan xarajatlar shu birlikka nisbatan olinib koeffisiyent ko’rinishida ifodalanadi;

5.Xarajatlar mahsulotni sotish bahosi bo’yicha bahola-gandagi mahsulot qiymatiga proporsional taqsimlanadi.
Misol uchun Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarining2014 yilma’lumotlari olingan.
Masalan: g’alla ekinlarini yetishtirish va yig’ib-terib olishdagi ishlab chiqarish xarajatlari: g’alla, g’alla chiqiti va poxol tannarxidan tashkil topadi va quyidagicha hisoblanadi:



Bu yerda:


FT – 1 sentner g’alla tannarxi, so’m;
FEI/ChX - g’alla ekinlarini yetishtirish uchun ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
BMX - boshqa mahsulot (poxol) xarajatlari, so’m;
FM - g’alla miqdori, sentner;
FChM - g’alla chiqitlari miqdori, sentner.
FC - g’alla chiqitlaridagi, g’allaning salmog’i, %



Sutchilik podasi bo’yicha xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
sutga - 90% buzoqqa - 10%






ming so’m
Bu yerda:
ST - 1 sentner sutning tannarxi, so’m;
BT - 1 bosh buzoqning tannarxi, so’m;
SSI/chX - sigirni saqlashga va oziqlantirishga ketgan ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
BMX - boshqa mahsulot (go’ng)xarajatlari, so’m;
SM - sut miqdori, sentner;
BS - buzoq soni, bosh.
0,9 va 0,1 - mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanganda sigirni saqlashga va oziqlantirishga ketgan xarajatlar salmog’i, %
Qo’ychilik podasi bo’yicha xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
Olingan qo’ziga tegishli xarajatlar - 15%

Bu yerda:
QT - qo’zi tannarxi, so’m;
QPSI/ChX - qo’ylar podasini saqlash va ishlab chiqarish xarajatlari,so’m;
BMX - boshqa mahsulot xarajatlari, so’m;
QX - qo’ziga ajratilgan xarajatlar, so’m;
S - shu mahsulotning salmog’i, %;
QS - qo’zi soni, bosh.









JT- jun tannarxi, so’m;


TMT - tirik vaznda go’sht mahsuloti tannarxi, so’m.

4. Doimiy xarajat. O‘zgaruvchan xarajat.


Mahsulotlarni yetishtirishda davr xarajatlari va ularning tarkibi. Moliyaviy va favqulotda xarajatlar. Jamiyatniki bilan bir qatorda aniq korxona sarflarini aks ettiruvchi turli xildagi xarajatlar ham mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish va uning realizatsiyasi uchun qilingan jonli mehnat va moddiy mablag’lar xarajatlarining yig’indisi –korxona xarajatlaridir. Ular mahsulot tannarxining asosini tashkil etadi.Xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanga bo’linadi.
Doimiy xarajatlar – miqdori ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlardir. Ular korxona o’z aktivi va ishchilari sonini o’zgartirmagunga qadar har yili bir xil darajada mavjud bo’ladi. Ularga asosiy vositalar amortizatsiyasi, korxonadan olinadigan ayrim turdagi soliqlar, sosiy vositalar sug’urtasi, amortizatsiya ajratmalari, ishlab chiqarishning asosiy vositalarini ta‘mirlashga ketgan mablag’lar, urug’lik va ekiladigan materiallar, o’simliklar va hayvonlarni himoyalash vositalari, kreditlarga foizlar, reklama xarajatlari, qo’shimcha xarajatlar va shu kabilar kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlar - ishlab chiqarish hajmiga bog’liq. Ularga ish haqlari, ozuqaga, o’g’itga, ishlab chiqarish materiallariga (dizel yoqilg’isi, moylash materiallari va boshqalar), energiya, yordamchi materiallar, noqulay ob-havo sharoitidan sug’urtalar (do’l, qurg’oqchilik), mahsulotni realizatsiya qilish xarajatlari kiradi. Xarajatlarni doimiy va o’zga ruvchanga taqsimlash orxona faoliyati tahlilida, shuningdek, me‘yoriy xarajatlarning hisob-kitobini osonlashtirish va berilgan parametrlarning o’zgarishi bilan bog’liq holda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ortishi yoki pasayishi mumkin. Bu bir tekis, jadal yoki regressiv tarzda yuz beradi. Shu sababli, o’zgaruvchan ishlab chiqarish hajmida xarajatlarning uchta guruhi farqlanadi.
5.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo‘llari

Mahsulot tannarxi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining muhim omili va bir vaqtning o’zida ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Har qanday mahsulot birligining tannarxi ikki miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot sifatiga bog’liq bo’ladi. Tannarx quyidagi hollarda pasayishi mumkin:


1.Agar mahsulot o’zgarmagani holda, xarajat miqdori kamaysa.
2.Agar yalpi mahsulot miqdori ko’payib, xarajatlar o’zgarmasa.
3.Agar yalpi mahsulotining o’sish sur’ati xarajatlar o’sish sur’atidan ilgari ketsa.
Mahsulot tannarxi omillari qishloq xo’jaligida turli tumandir. Ularni 3 guruhga bo’lish mumkin:
1.Tannarxning 2 tarkibiy qismiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot miqdori.
2. Faqat xarajat miqdori.
3. Faqat mahsulot miqdori.
1 – guruhga:
a).xodimlarning moddiy manfaatdorligi.
b).ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash.
v).ishlab chiqarish texnologiyasini qisqa vaqtda va sifatli bajarish.
2 – guruhga:
a).ishlab chiqarishning mehnat sig’imi.
b).ishlab chiqarishning yer sig’imi.
v).ishlab chiqarishning fond sig’imi.
g).ishlab chiqarishning material sig’imi.
3 – guruhga:
a).qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi.
b).ekin maydonlari va poda strukturasi.
v).mahsulotni saqlash usullari.



Nazorat uchun savollar

1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi nima?


2.Mahsulot tannarxi tushunchasi va turlari?
3.Mahsulot tannarxini hisoblash usullari qanday?
4.Mahsulot tannarxini pasaytirish qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?


Download 61,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish