Boshqaruv madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo’lish bilan birga qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo’lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo’linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo’lishlari kerak. Boshqaruv madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo’lish bilan birga qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo’lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo’linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo’lishlari kerak. Boshqaruv madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi. Boshqaruv madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Madaniyat- tushunchasi rivojlanish darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan: jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati, va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati haqida so’z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo’linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat farq qilinadi.
Moddiy madaniyat, inson tomonidan tabiatni bo’ysundirish darajasi ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi
Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo’llovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va harakatlari yig’indisidir. Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo’llovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va harakatlari yig’indisidir. Mutlaqo o’xshash kishilar bo’lmagani kabi vazifalar ko’pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo’lmaydi. Rahbar faqat o’ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning natijaviy maqsadini ko’ra biladi va uni shu maqsad sari yo’naltiradi. Rahbar ishning moxiyatiga tushungan va uni chuqur o’rgangan holda mutaxassislar faoliyatini moxirona birlashtirish va yo’naltirishi kerak.
Rahbar ish uslubi korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning har biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog’liq holda ta’sir qiladi va uslubning foyda hamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o’zaro aloqasi tizimi rahbarlar bilim va ko’nikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mehnat intizomi vositasida amalga oshadi va rahbar tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog’liq bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |