Bog'liq buniiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii
5. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsif Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi Iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendentsiyasini anglatadi. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o’sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. SHu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan o’lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YaIM ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YaIM o’rniga SIM, YaMD, SMD ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtismodiy o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo’linishiga bog’liq deb qaraladi. Iqtisodiy o’sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o’lchanadi..
Iqtisodiy o’sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 1) ularning barchasi Keynsning yalpi talb to’o’risididagi bosh g’oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; 2) iqtisodiy o’sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; Keynscha iqtisodiy o’sish modelidan soddarog’i 40-yillarda Ye. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. Ye.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat mulьtiplikativ ta’sir ko’rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . SHunday ekan, yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning o’sishiga teng bo’lishi uchun investitsiyalar qanday o’sishi kerak degan savol paydo bo’ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o’z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi: 1) taklif tenglamasi; 2) talab tenglamasi; 3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. Agar Ye. Domar o’z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor ded olgan bo’lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o’sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi ham kiritildi. Akselerator printsipiga ko’ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o’sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o’sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi: 1)kafolatlangano’sish surti tenglamasi; 2) haqiqiy o’sish sur’ati tenglamasi; 3)tabiiy o’sish sur’ati tenglamasi. R Xarrod modelida haqiqiy o’sish sur’ati ishchi kuchining o’sish sur’ati va kapital unumdorligining o’sish sur’ati bilan belgilanadi. G c = s , bu yerda G - YaIMning haqiqiy qo’shimcha o’sish sur’ati; Δ Y/ Y; c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ; s– Milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o’rtacha moyillik, S / Y; Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o’sish sur’ati bo’lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o’sish sur’atiga asoslanib o’z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur’ati jamg’arishga o’rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi: Gw = s / cr , bu yerda: Gw – kafolatlangan o’sish sur’ati cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( qtgan yillardagi shakllangan darajasi); Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur’atlari ham doimiy bo’ladi. Agar haqiqiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi. Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur’ati tabiiy o’sish sur’ati deb nomlandi. Gn cr = yoki ≠ s Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to’liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’zaro teng bo’lganda ta’minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.