2014 yil Yanvar oyida «Qishloq qurilish bank» «Zolotaya Korona – Xalqaro pul o’tkazmalari» xizmatiga ulandi. Shu bilan birga, 25 yanvarda O'zbekiston banklari uyushmasida Respublika tijorat banklari o'rtasida 2013 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o’tdi. "Aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi banki" nominatsiyasida OATB "Qishloq qurilish bank" uchinchi o’rinni egallab tanlov g'olibi sifatida e'tirof qilindi. Bundan tashqari, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi mini-banki" nominatsiyasida uchinchi o'rinni - Qishloq qurilish bankning Sariosiyo filiali "Denov" mini-banki, "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi jamg'arma/maxsus kassasi" nominatsiyasida uchinchi o'rin - Qishloq qurilish bankning Yangiyer filiali 1-sonli jamg'arma kassasiga berildi.
Mart oyida OATB “Qishloq qurilish bank” Banklararo universal netting informatsion tizimiga ulandi (Mejbankovskaya universal'naya nettingovaya informatsionnaya sistema (MUNIS)). 9-10 aprel kunlari “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuasida Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari VII yillik BANKEXPO-2014 milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma so‘ngida “Qishloq qurilish bank” tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi marotaba “Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra omonatlar, kreditlar, bank-servis xizmati, ishonchli hamkor va ommabop bank nominatsiyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish bank” 8000 ga yaqin ovoz to‘pladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan “So‘rov natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan bank” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
2015 yil Yanvar oyida 2014 yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra bankning Xorazm viloyati Xonqa filiali - “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali ” nominatsiyasida, bankning Surxondaryo mintaqaviy filiali "Boysun" minibanki - “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida birinchi o‘rin sovrindori deb e’tirof etildi. Mart oyida o‘tkazilgan Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari YIII yillik BANKEXPO-2015 milliy ko‘rgazmasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ATB "Qishloq qurilish bank" to‘rtinchi marotaba "Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bundan tashqari, “Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” hamda “Eng yaxshi stend personali xizmati” nominatsiyasi bo‘yicha ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Avgust oyida ATB “Qishloq qurilish bank”ning Farg‘ona va Xorazm mintaqaviy filiallari yangi binolarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. May oyida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi bank reytingini qayta tasdiqladi:
Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi - V1/NP;
Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi - V2/NP;
Bankning barcha reytinglari prognozi - «Barqaror».
Sentyabr oyida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan ATB «Qishloq qurilish bank»iga milliy shkala bo‘yicha «Barqaror» prognozi bilan «uzA + » kredit reytingi berildi. Oktyabr oyida Avtomatlashtirilgan bank tizimi va Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi o‘rtasida elektron ma’lumot almashuv tizimi amaliyotga joriy qilindi. Noyabr oyida yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan 40,0 mlrd. so’mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.