1. Qaysi zamburug‘lar chorva mollari va parrandalar ovqatiga qo‘shib beriladi?
A. Qalpoqchali zamburug‘lar, achitqi zamburug‘lar.
B. Zang zamburug‘i.
C. Mog‘or zamburug‘lari.
D. Qalpoqchali zamburug‘lar, achitqi zamburug‘lar.
2. Tangachaqanotlilar turkumiga kiruvchi hashorotni belgilang.
A. Shira bitlari. B. Osiyo chigirtkasi. C. G‘o‘za tunlami. D. Hasva qandalasi.
3. Qaysi o‘simlikning gultojibargi qo‘shilgan bo‘lib changchilari va urug‘chisi ustida qalpoqqa o‘xshab yopib turadi va gul ochilganda tushib ketadi?
A. Madaniy tok. B. Oq akatsiya. C. Zangori sachratqi. D. Oq saksovul.
4. Mitoz jarayoni bosqichlarining ketma-ketligini to‘g‘ri belgilang.
1. Anafaza. 2. Profaza. 3. Interfaza. 4. Metafaza. 5. Telofaza.
A. 3,2,1,5. B. 2,4,1,5. C. 3,4,5,1. D. 2,1,4,5,3.
5. Moyli o‘simliklarni aniqlang.
1) kungaboqar; 2) makkajo‘xori; 3) zig‘ir; 4) g‘o‘za; 5) soya; 6) loviya; 7) kunjut; 8) maxsar; 9) bug‘doy;
A. 1,2,4,6,8,9. B. 1,3,4,5,7,8. C. 2,3,5,7,8,9. D. 1,3,5,6,8,9.
6. Sitoplazmaning ma’lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan tuzilmasi nima deb ataladi?
A. Yadro. B. Organoid. C. Kiritma. D. Sitoplazma.
7. Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish bu:
А) ikkita spermiyning bitta tuxum hujayra bilan qo‘shilishi
В) ikkita diploid hujayralarning qo‘shilishi
С) bir spermiyning tuxum va ikkinchi spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
D) bitta spermiyning tuxum va ikkita spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
8. Hashorotlarning qanotlari tananing qaysi bo‘limida joylashgan?
А) ko‘krak va qorin В) ko‘krak С) bosh ko‘krak va qorin D) bosh ko‘krak.
9. Mitoxondriyaning funksiyasini aniqlang.
А) organik moddalarni oksidlash В) uglevodlarni sintezlash
С) organik moddalarni zahiralash D) kraxmal va glikogenni parchalash.
10. Fotosintez jarayonida kislorod qaysi moddadan ajraladi?
А) ATF В) glyukoza С) suv D) karbonat angidrid.
11.Kartoshka tugunagining shakli o‘zgargan novda ekanligini qaysi dalillar bilan isbotlash mumkin?
1) tugunakda ko‘p kraxmal to‘planadi; 2) ichki tuzilishi novdaga oxshaydi; 3) o‘simlikning vegetativ ko‘payishiga xizmat qiladi; 4) uchki kurtakdan o‘sadi; 5) yog‘ochlik va po‘stloqqa ega
А) 3, 4, 5 В) 2, 3, 4 С) 1, 2, 5 D) 2, 4, 5
12. Fotosintez jarayoni haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1) bu jarayonda karbonat angidrid ajraladi. 2) bargning barcha hujayralarida sodir bo‘ladi.
3) kislorod sutkaning barcha vaqtida ajraladi 4) xloroplastlarda sodir bo‘ladi.
5) organik moddalar hosil bo‘ladi. 6) bu jarayonga suv sarflanadi.
А) 3, 4, 5 В) 2, 5, 6 С) 1, 2, 4 D) 4, 5, 6
13. Qizil to‘sh hujayrasi uchun xos xususiyatlarni aniqlang.
1) geterotrof oziqlanadi. 2) xlorofilga ega emas. 3) hujayra shirasi bilan to‘lgan vakuolaga ega.
4) sellulozadan iborat hujayra qobig‘iga ega emas. 5) hujayra markaziga ega emas. 6) yadroga ega emas.
А) 1, 4, 5 В) 1, 2, 3 С) 1, 2, 4 D) 4, 5, 6
14. Qon aylanish sistemasining murakkablashib borishi bo‘yicha ketma – ket joylashtirilgan hayvonlar qatorini aniqlang.
А) baqa – tovushqon – gavial – dengiz tulkisi;
В) skat – triton – alligator – tovushqon;
С) akula – gavial– baqa– tovushqon;
D) alligator– akula– baqa– ko‘rshapalak.
15. Prokariot organizmni aniqlang.
А) yashil evglena. В) nitella С) laminariya D) ossilatoriya.
16. Halqasimon DNKga ega organizmni aniqlang.
А) qo‘zidumba; В) gommoz qo‘zg‘atuvchisi;
С) leyshmaniya qo‘zg‘atuvchisi; D) parpi.
17. Mitoxondriyaning funksiyasini aniqlang.
А) organik moddalarni oksidlash В) uglevodlarni sintezlash
С) organik moddalarni zahiralash D) kraxmal va glikogenni parchalash.
18. Eukariot hujayraning qaysi qismlarida DNK mavjud?
1) sitoplazma
2) yadro
3) mitoxondriya
4) ribosoma
5) xloroplast
6) lizosoma
А) 2, 3, 5 В) 1, 4, 6 С) 2, 4, 5 D) 2, 3, 4
19. Lipidlarning hujayradagi funksiyalarini aniqlang.
1) zahira
2) gormon
3) transport
4) ferment
5) irsiy axborot saqlash
6) energetik
А) 1, 2, 6 В) 1, 2, 4 С) 3, 5, 6 D) 1, 4, 6
20.O'rgimchaklar turkumiga kiruvchi vakillarni ularga xos bo'lgan xususiyatlar bilan juftlang.
1) butalar va baland o'tlar orasida tik tortilgan to'r to'qiydi; 2) tutqich to'ri to'qimaydi; 3) tuproqda chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga to'r to'qiydi; 4) zahari odam uchun xavfli; 5) oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga o'xshaydi; 6) eng yirik o'rgimchak. a) butli o'rgimchak; b) falanga; c) biy; d) qoraqurt.
A) a-1: c-2.6; d-3.4 B) a-1.4; b-2.5; c-6: d-4
C) a-1: c-3: d-2.4 D) a-3: b-5: c-3.6: d-2.4
21. Oyog’idagi barmoqlari orasida pardasi bo’lgan organizlarni aniqlang? 1) timsoh; 2) o’rta osiyo toshbaqasi 3) yexidna; 4) o’rdakburun 5) ildam kaltakesakning orqa oyog’ida; 6) qalqontumshuq; 7) laylaksimonlar; 8) baqa; 9) suqsun; 10) yo’rg’atuvaloq;
A) 1,2,3,4,8,9,10,5 B) 2,4,5,8,9,10
C) 1,2,7,4,8,6 D) 1,4,8,9
22. Gipovitaminoz B1 kasalligida (1) va avitaminoz B1 kasalligida (2) kuzatiladigan belgilarni aniqlang.
a) qo'1-oyoq muskullarining uvishib og'rishi;b) holsizlik, tez charchash; c) beri-beri kasallik yuzaga keladi; d) nerv tolalari falajlanadi;e) terida sezuvchanlik oldin kuchayadi, keyin yo'qoladi; f) oyog'ini yaxshi ko'tara olmaydi va qadamini kalta-kalta qilib qo'yadi; j) aqliy faoliyati pasayadi; k) o'zlashtirish, esda saqlash qobiliyati pasayadi
A) 1- a, b, j, k; 2- c, d, e, f B) 1- c, d, e, f; 2- a, b, j, k
C) 1- a, b, c, d; 2-e, f, j, k D) 1- b, d, f, j; 2- a, c, e, k
23. Tananing qaysi qismlarida ikki va uch boshli muskullar joylashgan bo’ladi?
A) yelka orqasi va sonda 2 boshli, yelkaning oldingi qismi va boldirda 3 boshli muskul
B) yelka orqasi va boldirda 2 boshli, yelkaning oldingi qismi va sonda 3 boshli muskul
C) yelka orqasi va boldirda 3 boshli, yelkaning oldingi qismi va sonda 2 boshli muskul
D) yelka orqasi va yelkaning oldingi qismida 2 boshli, son va boldirda 3 boshli muskul
24. Mamlakatimizda uchraydigan hayvonlarni ularning soni bilan juftlang: 1) jami umurtqalilar; 2) baliqlar; 3) suvda va quruqlikda yashovchilar; 4) sudralib yuruvchilar; 5) qushlar; 6) sut emizuvchilar; 7) hasharotlar; 8) o’rgimchaksimonlar;
a) 60; b) 400; v) 650; g) 70; d)3; e)99; k) 11000;z)100
A) 1 – k, 2 – g, 3 – d, 4 – a, 5 – b, 6 – z, 7 – v, 8 – e
B) 1 – b, 2 – a, 3 – e, 4 – g, 5 – v, 6 – d, 7 – k, 8 - z
C) 1 – v, 2 – g, 3 – d, 4 – a, 5 – b, 6 – e, 7 – k, 8 – z
D) 1 – v, 2 – g, 3 – d, 4 – a, 5 –v , 6 – b, 7 – k, 8 – z
25.Agar bir sutkada oziq moddalarning parchalanishi natijasida organizmda 3600 kkal energiya hosil bo'lsa, lining qanchasi tana haroratining doimiyligini ta'minlash uchun (1), qanchasi to'qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o'tishi va ish bajarishi uchun (2) sarflanadi?
A) 1 - 1800 kkal; 2 - 1800 kkal B) 1 - 1200 kkal; 2 - 2400 kkal
C) 1 - 2400 kkal; 2 - 1200 kkal D) 1 - 2000 kkal; 2 - 1600 kkal
26. Odam shirin ta’mni sezganda ta’m bilish analizatori tarkibiy qismlarining qo’zg’alish ketma-ketligini aniqlang.
1.til uchidagi retseptorlar 2.til orqasidagi retseptorlar 3.til-halqum nerv tolalari 4.halqum nerv tolalari
5.til nerv tolalari 6.uzunchoq miya 7.miyacha 8.talamus 9.gipotalamus 10.bosh miya po’stlog’i chakka qismining oldingi yuqori sohasi 11.bosh miya po’stlog’i chakka qismining pastki sohasi 12. bosh miya po’stlog’i chakka qismining yuqori sohasi
A) 1.3.7.8.11 B) 1.4.6.9.10 C) 1.5.7.9.12 D) 1.3.6.8.12
27. DNK da 280 ta vodorod boģ bo’lib, A-T orasidagi vodorod boģ lar umumiy boģlarning 25% ini tashkil qilsa,shu DNK dagi G umumiy nukleotidlarning necha % ini tashkil qiladi?
A) 25% B) 33.3% C) 66,7% D) 20%
28. Askarida, bolalar gijjasi, qoramol tasmasimoni, exinokokk bular.......?
A) kam uchrab turadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi
B) eng keng tarqalgan parazit chuvalchanglar hisoblanadi
C) suv orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi
D) kiyim orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi
29. Avtotrof oziqlanuvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang.
1-shumg'iya, 2-pichan bakteriyasi, 3- oltingugurt bakteriyasi, 4- temir bakteriyasi, 5- spirogira, 6- ulva, 7- floks, 8- xrokokk
A) a-5,6; b-3,1 B) a-6,7; b-3,4
C) a-1,8; b-3,4 D) a-5,7; b-2,3
30. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlarning 90 %izini qaysi elementlar tashkil qiladi?
A) uglerod, vodorod, azot, kislorod
B) oltingugurt, kislorod, azot
C) uglerod, vodorod, kislorod, azot
D) oltingugurt, kislorod, vodorod, neon
Do'stlaringiz bilan baham: |