Do'stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo'lsang,
uning eng yaxshi ko'rgan narsasini so'ra, shunda hamma narsa ayon
bo'ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog'ini solmasa, bunday
do'stni boshga ko'tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak.
A) 6
B)4
C)3
D)5
14.
Ba'zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga
olaman. O’sha o'ynoqi damlarni eslab sog'inaman. Men!
O'tloqlarda dumalatgan, chang ko'chalarda o'ynatgan damlarni
unutolmay qiynalaman.
Ushbu parchada nechta sodda yasama so'z omonimlik xususiyatiga
ega bo'lgan so'zdan yasalgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta
15.Quyida berilgan gapdagi fe'l yasovchi qo'shimchalar soni qaysi
javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari
ruhlanib, ko'zlarini kulgu namladi
.
A) 4 ta B) 1 ta C) 5 ta D) 2 ta
20. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapdagi yasama so'zlar qaysi
so'z turkumlaridan yasalganligi to'g'ri ko'rsatilgan?
Oktava - bu ishonch, sobitlik, qat'iylik, kuch-qudrat bilan nazokat,
mehr-muhabbat, parvoz va quvonch tuyg'usining uyg'unligidir.
A) fe'l, sifat, ravish B) fe'l, sifat C) ot, sifat D) fe'l,
sifat, ot
21. Qaysi javobda teng bog'lovchilar haqidagi to'g'ri hukmlar
ko'rsatilgan?
1) bilan ko'makchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda
bog'lovchi vazifasini bajaradi; 2) teng bog'lovchilar uyushiq bo'lak
va gaplarning mazmuniy munosabatlarini ham ro'yobga chiqaradi;
3) ko'makchi, yuklama, modal so'zlar vazifadosh bog'lovchi
vazifasida ham kelishi mumkin; 4) mazmuniy munosabat
ifodalashiga ko'ra bog'lovchilar teng va ergashtiruvchi
bog'lovchilarga bo'linadi; 5) zidlov bog'lovchilari uyushiq
bo'laklarni
emas, qo'shma gap qismlarini bog'laydi.
A) 1, 2, 3, 5
B) 1, 2, 3, 4, 5 C)1,2, 3
D)
1,2, 3, 4
22. Qaysi javobda keltirilgan gapda ma'noviy jihatdan bir guruhga
mansub sof va vazifadosh bog'lovchi qatnashgan?
A)Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli
jism-u jondir.
B)Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan yoki
tengdoshdan.
C)O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining boshida o'tirarmish, kun-u
tun, yoz ham qish.
D)Ona bilan bola - gul bilan lola.
23. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so'zlar sonini aniqlang.
Tarixning barcha bosqichlarida ular dunyoga o'zining borligini goh
mardlik, jasorat bilan, goh tadbir-u oqilalik bilan bildirib, tanilib,
tan oldirib kelganlar.
A) 5
B)7
C)6
D)4
24. Quyidagi gapda nuqtalar o'rniga qanday yordamchilar
qo'llaniladi?
U ilonni aldagani… , …. unga dunyodagi eng tansiq taom
insonniki emas, .... qurbaqaning go'shti ekanligini aytgani ...
ta'qibga uchragan emish.
A)ko'makchi, zidlov bog'lovchisi, sabab bog'iovchisi, aniqlov
bog'lovchisi
B)
ko'makchi, aniqlov bog'lovchisi, zidlov bog'lovchisi, ko'makchi
C)
yuklama, aniqlov bog'lovchisi, zidlov bog'lovchisi, ko'makchi
D)aniqlov bog'lovchisi, zidlov bog'lovchisi, ko'makchi, yuklama
25
.
Qaysi javobda bog'lovchi, ko'makchi, yuklamalarga ikkitadan
misol keltirilgan?
A)nahotki, basharti, qadar, balki, hatto, faqat
B)naq, negaki, sayin, atigi, hamda, uzra
C)atigi, hatto, naq, mabodo, tufayli, uzra
D)nahotki, hatto, sayin, ya'ni, tufayli, uzra
26
.
Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan?
A)-u, -yu, -da, ba'zan B)-u, -yu, -da, balki C)-u, -yu, -da, na ...
na D)-u, -yu, -da, xoh
27.
Do'stlaringiz bilan baham: |