10. Sosoniylar qayerlarni eftallardan tortib oladilar? J: Toxariston. Chag’oniyon.
11. Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni avval qaysi mamlakat bilan yaqinlashtiradi? J: Vizantiya
12. Nima sababdan turklarning eftaliylar bilan to’qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi?
J: Eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi
13. Qaysi Eron shohi Istamiga kuyov bo’lgan? J: Xusrav I
14. Turklar qachon Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar? J: 563-yil.
15. Qaysi davlat askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar? J J: Eron
16. Parak (Chirchiq) vodiysining markazi qayer bo’lgan? J:Choch
17. Turk xoqonligi tomonidan O'rta Osiyo shaharlarining egallanish ketma-ketligini to'g’ri belgilang. J: Choch, Samarqand, Kesh va Naxshab, Buxoro
18. Buxoroda turklar va eftallar o’rtasidagi shiddatli jang necha kun davom etgan? J: 8 kun.
19. Turk xoqonligi qachon Eftallar davlatini bosib olgan? J: 563-567-yillarda
20. Turk xoqonligi qanchalik katta bo’lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi nimadan iborat bo’lgan? J: Turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar ittifoqidan.
21. Turk xoqonligi hukmdorining hokimiyati...
J: Urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan edi
22. Turk xoqonligida ko'chmanchi chorvador aholi qanday nom bilan yuritilgan?
J: “Budun” yoki “qora budun”
22. O’n o’q budun yoki elning hokimi qanday nom bilan atalardi? J: “Yabg’u” yoki “jabg’u”.
23. Turk xoqonligida yabG’u darajasiga faqat kimlar ko’tarilardi?
J: Xoqon uruG’iga qon-qarindosh bo’lganlargina.
24. Turk xoqonligida o’n ming qo’shin qo’mondoni nima deb yuritilgan? J: “Shod”.
25. Turklar mahalliy aholidan qanday soliq undirib olish bilan cheklanadilar?
J: Boj. Yasoq.
26. Turk xoqonligida dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq qanday atalgan?
J: Yasoq
27. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi?
J: Katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilishi, hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo’lishga intilishi;
28. Qachon Turk xoqonligi Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi?
J: VI asming 80-yillari oxirlarida.
29. Quyidagi qaysi hududlar G’arbiy turk xoqonligi tarkibiga kirgan?
J: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari
30. Quyidagi qaysi hududlar Sharqiy Turк xoqonligi tarkibiga kirgan?
J: Shimoliy Xitoy, Janubiy Sibir va Urxun havzasi
31. Sharqiy turk xoqonligining poytaxti? J: O’tukan
32. G’arbiy turk xoqonligining markazi qayerda joylashgan? J:Yettisuv
33. O’tukan vodiysi qayerda joylashgan? J: Mo’g’ulistonda