1. Qaysi so’z birikmasida sifat turkumiga mansub so’z mavjud emas?



Download 11,52 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi11,52 Kb.
#78816
Bog'liq
sifat 2020


1. Qaysi so’z birikmasida sifat turkumiga mansub so’z mavjud emas?

A) chiroyli ko’ylak

B) devoriy gazeta

C) qiziq gap

D) tilla soat

2. Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam.

Mazkur gapda sifat turkumiga mansub nechta so’z bor?

A) 7 ta B) 6 ta

C) 5 ta D) 8 ta

3. Qaysi gapda asosdosh sifatlar ishtirok etgan?

A) Qorni ham haddan tashqari katta bo’lganligi uchun o‘tirganda xuddi bir qop go‘shtdek bo’lib qoladi.

B) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo’lmaydi.

C) Bir qarasangiz, qiziq-qiziq gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o‘tiradi; bir qarasangiz, gung bo’lib boshini egib oladi.

D) Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam.

4. Fe’ldan yasalgan sifat qaysi gap tarkibida uchraydi?

A) Bu taraflarda mashinalar ko‘p qatnamaganidan chang-to‘zon bo’lmas, tez-tez yomg‘ir quyib turganidan daraxtlarning shundog‘am beg‘ubor barglari yuvilib, xandon pista mag‘zidek och yashil tusda ko‘rinar edi.

B) Yo’lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbag‘irlik, bir tomoni soy.

C) Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi.

D) Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam.

5.Qaysi gapda sifat yasovchi qo’shimchani qo’llash bilan bog’liq xatolik kuzatiladi?

A) Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin.

B) O‘ymagar gullari bilinmaydigan darajada o‘chgan, qo‘sh tabaqali eski eshikka kiramiz.

C) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi.

D) Cho‘ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo‘ridan ayyor.

6. Qaysi gapda fe’l turkumidan hosil qilingan ikkita sifat mavjud?

A) Inson tabiatning eng ongli farzandi.

B) Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko‘pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg‘uborlik bilan opaning gaplarini tasdiq etdi.

C) Pastdagi bog‘dan yumshoq, namxush xazon hidi ko‘tarilib, uning xayollarini to’lin oy sehrlagan tog‘ vodiy daralariga olib ketardi.

D) Bu o’lkada iqlim o‘rtacha, suv mo’l, yer unumdor, quyosh nuri yetarli.

7. Qaysi gapda orttirma daraja shaklidagi sifat mavjud?

1. Hamma yoq top-toza.

2. Yomg‘irda cho‘milgan ko’z ilg‘amas ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va

yulduz shaklidagi gulzorlar yanada go‘zalroq, yanada so’limroq ko’rinardi.

3. Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo’lsa

ajabmas.

4.Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3,4

7.Predmetlarning xususiyatlarini bildiruvchi sifatlarni toping.

A) shirin, achchiq, nordon B) novcha, og`ir, katta

C) kamtar, xushfe`l, sho`x D) devoriy, tonggi, xushbo`y

8. Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping.



A) Shu yaqindan o'tib ketayotgan ikkita ovchi urishqoqni aravaga ortib ketishdi.

B) Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi.

C) Ko'z tashlab ko'rilsa, ko'm-ko'k suv ko'k charxiga o'xshaydi.

D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.

9. Quydagi qaysi fe`l asoslaridan –iq qo`shimchasi orqali sifat yasash mumkin?

1.buz 2 pish, 3 yoy 4. yul 5. yum

A) 2,3,4 B) 2,4,5 C) 1,2 D) 2,3

10. Asosda ifodalangan belgiga egalikni ifodalaovchi qo`shimchalar berilgan qatorni toping.



A) –ma, -mand, ba-

B) –gi, -simon –iy

C) –li, -dor, ser-

D) A va C

11. Fe`ldan sifat yasovchi qo`shimchalarni toping.



A) –iy, -viy, -chan

B) –li, -chi, -gar

C) ser- ba- , be-

D)–choq, -iq, -gir

12.Qaysi gap tarkibida ikkita o`rinda yasama sifat qo`llangan?



A) Keng, ulug`vor shahrolar ufqdan ufqqa tutashgan

B) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o`sgan archalar yo`g`on va bo`ydor bo`ladi

C) Tiniq, ko`m-ko`k osmonda onda-sonda yengl bulutlar kezadi

D) Bo`m-bo`sh otxonanaing eshigi lang ochiq

13.Temur yuksak insoniylik xususiyatiga ega bo`lgan buyuk shaxs edi.

Gapda qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi hukmlar to`g`ri.

1. Asliy sifat 2. Nisbiy sifat 3. Tub sifat 4. Yasama sifat 5. Aniqlovchi 6. Hol vazifasida



A) 2,4,5,6 B) 1,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5

14. –i qo`shimchasi qaysi so`zga qo`shilsa sifat yasovchi sanaladi?



A) tinch B) boy C) do`st D) jannat

15. Qaysi gapda asliy sifat mavjud?

A) Sarijo’g’a arig’idan otini sug’orib chiqayotgan notanish bir kishiga ro’para keldik.

B) Ularning oti ham, kiygan to’ni ham, o’zi ham qop-qora edi. Xuddi cho’yandan quyilganga o’xshardi.

C) Faqat boshidagi do’ppisining kashtasigina oq edi, xolos.

D) A, B, C

16. Qaysi gapda ozaytirma daraja shaklidagi sifat mavjud?

1. Gulzorga to’kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo’lib, jigarrang tus olgan. 2. Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 3. Maxsum kichkinagina, ozg’in, siyrak soqol-u qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo’lmaydigan bir odam edi. 4. Shunda ulg’aydi bo’yi, Ko’ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko’z, Sarg’ish soch-u oppoq yuz.



A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
Download 11,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish