1. Qaysi qurultoyda “Sho’royi Islomiya” , “Sho’royi Ulamo”, “Turon” kabi tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona “Ittifoqi Muslimin” siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi ilgari surilgan edi.
A) Butunrossiya musulmonlari I qurultoyi
B) Butunrossiya musulmonlari II qurultoyi
C) Umumturkiston musulmonlari I qurultoyi
D) Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi
2. Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi qachon chaqirilgan.
A) 1917-yil 16-aprel B) 1917-yil 22-may
C) 1917-yil 26-iyun D) 1917-yil 29-aprel
3. “Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olib bo’lmas, faqat qon va qurbon ilagina olib bo’lur” degan xitob qaysi gazeta sahifalarida chiqqan edi.
A) Najot B) Turon C) Hurriyat D) Kengash
4. Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi kun tartibiga nechta masala qo’yilgan edi.
A) 10 ta B) 14 ta C) 16 ta D) 18 ta
5. “Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning ma’daniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi” degan so’zlar qaysi rus amaldoriga tegishli.
A) Skobelov B) Kuropatkin C) Vravskiy D) Duxovskoy
6. Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyida Turkiston o’lka musulmomlar sho’rosini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi va uning ijroiya organi - Markaziy sho’ro raisligiga kim saylangan.
A) Munavvarqori B) Ahmad Zakiy Validiy
C) Mustafo Cho’qay D) U. Asadullaxo’jayev
7. 1917-yilda Turkistonda tashkil etilgan musulmonlar Markaziy sho’rosining Toshkent sho’basiga kim boshchilik qilgan.
A) Munavvarqori B) U. Asadullaxo’jayev
C) Nosirxonto’ra Kamolxonto’ra o’g’li D) Behbudiy
8. 1917-yilning boshlarida Turkistonda … hokimiyatchilik vujudga keldi.
A) bir B) ikki C) uch D) to’rt
9. Moskvada Butunrossiya musulmonlari I qurultoyi qachon bo’lib o’tgan.
A) 1917-yil 21-22-aprel B) 1917-yil 1-2-may
C) 1917-yil 7-8-may D) 1917-yil 1-3-iyun
10. “Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olib bo’lmas, faqat qon va qurbon ilagina olib bo’lur” degan xitob kimga tegishli.
A) A. Fitrat B) M. Behbudiy C) Munavvar Qori D) A. Avloniy
11. Umumturkiston musulmonlari vakillarining II qurultoyi qachon bo’lib o’tgan.
A) 1917-yil 20-21-iyul B) 1917-yil 15-18-avgust
C) 1917-yil 17-20-sentabr D) 1917-yil 27-30-sentabr
12. 1917-yilda “Sho’royi Islomiya” tasirida joylarda turli tshkilotlar tashkil topdi. “Ozod xalq” va “Hurriyat” tashkilotlari qayerda tashkil etilgan.
A) Toshkent B) Samarqand C) Andijon D) Kattaqo’rg’on
13. “Sho’royi Islomiya” tashkil etilgan sanani aniqlang.
A) 1917-yil 28-fevral B) 1917-yil 14-mart
C) 1917-yil 16-may D) 1917- 2-iyun
14. “Sho’royi Islomiya” tashkil etilgach, uning rayosatiga kim yetakchilik qilgan.
A) M. Abdurashidxonov B) U. Asadullaxo’jayev
C) M. Behbudiy D) Salimxon Tillaxonov
15. Nechanchi yilda Muhammadali boshchiligida Andijonda mustamlaka hukumatiga qarshi qo’zg’alon ko’tarilgan.
A) 1897-yil B) 1898-yil C) 1899-yil D) 1902-yil
16. Vatandoshlarimizdan qay biri “Haq olinur, berilmas”degandi.
A) A. Fitrat B) M. Behbudiy C) Munavvar Qori D) F. Xo’jayev
17. “Ittihodi taraqqiy” tashkiloti qayerda tashkil etilgan edi.
A) Toshkent B) Samarqand C) Andijon D) Kattaqo’rg’on
18. “Mirvaj ul-Islom” va “Musulmon mehnatkashlari ittfoqi”tashkilotlari qayerda tashkil etilgan edi.
A) Toshkent B) Samarqand C) Andijon D) Kattaqo’rg’on
19. “Ravnaq ul-Islom” va “Guliston” tashkilotlari qayerda tashkil etilgan edi.
A) Toshkent B) Samarqand C) Andijon D) Kattaqo’rg’on
20. “Sho’royi Ulamo” qachon “Sho’royi Islomiya” tarkibidan uzil-kesil ajralib chiqqan edi.
A) 1917-yil aprel B) 1917-yil may
C) 1917-yil iyun D) 1917-yil iyul
21. Jadidlar tomonidan “Hurriyat” gazetasi qayerda nashr qilingan.
22. Jadidlar tomonidan “Turk eli” va “Najot” gazetalari qayerda nashr qilingan.
A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Farg’ona
23. Qachon Toshkentda ishchi va soldat deputatlari soveti tashkil etildi.
A) 1917-yil mart B) 1917-yil aprel
C) 1917-yil may D) 1917-yil iyun
24. Turkiston o’lkasidan mardikorlikka zo’rlik bilan olinib, Rossiyaning g’arbiy hududlariga safarbar qilingan ko’plab yurtdoshlarimiz qachon o’z zaminlariga qaytib keldilar.
A) 1917-yil mart B) 1917-yil aprel
C) 1917-yil may D) 1917-yil oktabr
25. Rossiyada qachon burjuaziya doiralari vakillaridan tashkil topgan Muvaqqat hukumat faoliyat ko’rsata boshladi.
26. Rossiyada qachon qo’shhokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi.
27. Uch asrdan buyon Rossiyada hukmronlik qilib kelgan Romanovlar sulolasi qachon hokimiyatdan ag’darildi.
28. “Yashasin xalq jumhuriyati” shiori Turkiston matbuotida dastlab qachon yangragan edi.
29. “Turon” gazetasining ilk soni qachon chiqarilgan.
A) 1917-yil fevral B) 1917-yil mart
C) 1917-yil aprel D) 1917-yil oktabr
30. 1917-yil qaysi jurnal sahifalarida millatning ilg’or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyolilariga nisbatan adovat va xusumat urug’i sepildi.
A) Najot B) Turon C) Al-Izoh D) Kengash
31. 1917-yilda Turkistonda tashkil etilgan musulmonlar Markaziy sho’rosining Farg’ona sho’basiga kim boshchilik qilgan.
32. 1917-yilda Turkistonda tashkil etilgan musulmonlar Markaziy sho’rosining Samarqand sho’basiga kim boshchilik qilgan.
A) Munavvarqori B) U. Asadullaxo’jayev
C) Behbudiy D) Nosirxonto’ra Kamolxonto’ra o’g’li
33. Qachon Butunrossiya Musulmonlar sho’rosining Ijroiya qo’mitasi ta’sis e’tildi.
A) 1917-yil aprel B) 1917-yil may C) 1917-yil iyun D) 1917-iyul
34. Butunrossiya Musulmonlar sho’rosining Ijroiya qo’mitasi ta’sis etilgach, Turkistondan kimlar a’zolikka saylangan.
A) U. Asadullaxo’jayev, I. Shoahmedov
B) A. Fitrat, M. Behbudiy C) F. Xo’jayev, I. Shoahmedov
D) U. Asadullaxo’jayev, Munavvarqori
35.Butunrossiya musulmonlari II qurultoyi qachon bo’lib o’tgan.
A) 1917-yil 1-2-may B) 1917-yil 15-16-iyun
C) 1917-yil 21-31-iyul D) 1917-yil 24-27-avgust
36.Butunrossiya musulmonlari II qurultoyi qayerda bo’libo’tgan.
A) Toshkent B) Moskva C) Qozon D) Astraxan
37. Mustamlakachi amaldorlardan qaysi biri Turkiston haqida “Biz 50 yil tib joy aholini taraqqiyotdan jilovladik, uni maktablar va rus hayotidan chetda tutdik” , deb e’tirof etgan edi.
A) Skobelov B) A. Kuropatkin C) A. Vrevskiy D) S. Duxovskoy
38. Umumturkiston musulmonlari vakillarining II qurultoyi qayerda bo’lib o’tgan.
A) Toshkent B) Qo’qon C) Samarqand D) Buxoro
39. Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi qarorlariga ko’ra, Turkiston o’lka qo’mitasi tashkil etilishi ko’zda tutilgan edi. Uning tarkibi necha kishidan iborat bo’lgan.
A) 10 B) 12 C) 16 D) 24
1. Qaysi qurultoyda Turkistonda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o’zlari hal etishlari, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya harbiy harbiy sho’rosini ta’sis etish to’g’risida qarorlar qabul qilingan.
A) Butunrossiya musulmonlari I qurultoyi
B) Butunrossiya musulmonlari II qurultoyi
C) Umumturkiston musulmonlari I qurultoyi
D) Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi
2. Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi “Mahkamayi Sha’riya” (parlament) tashkil etish masalasini ko’rib chiqdi. U necha a’zodan iborat bo’lishi lozim edi.
A) 10 B) 12 C) 16 D) 24
3. Umumturkiston musulmonlari II qurultoyida necha nafar vakillar ishtirok etgan.
A) 300 nafar B) 400 nafar C) 500 nafar D) 200 nafar
4. “Sho’royi Islomiya” , “Sho’royi Ulamo”, “Turon” kabi tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona “Ittifoqi Muslimin” siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi qachon ilgari surilgan.
A) 1917-yil may B) 1917-yil iyul
C) 1917-yil sentabr D) 1917-yil noyabr
5. “Turkiston jumhuriyatida 95 foiz musulmonlar va faqat 5 foiz ruslar yashaydi va shu 5 foiz butun hokimiyatni deyarli o’z qo’lida ushlab turibdi. Musulmonlar dunyosi tayyor bo’lgach, biz jumhuriyatni boshqarish ishini unga topshiramiz. Biz ularga yordam beramiz”. Ushbu so’zlar kimga tegishli.
6. “O’rtoq musulmonlar, shuni bilingki, biz sizlarning katta og’alaringmiz. Siz kichiksiz va tushunarliki, bizga bo’sunishingiz kerak”, degan shovinistik fikrlar qaysi rus amaldoriga tegishli.
A) Kolesov B) Uspenskiy C) Kazakov D) Perfilev
7. O’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi qachon o’z ishini boshlagan.
A) 1917-yil 28-oktabr B) 1917-yil 18-noyabr
C) 1917-yil 26-noyabr D) 1917-yil 2-dekabr
8. O’lka musulmonlaining IV favqulodda qurultoyida qancha xalq vakillari qatnashgan.
A) 100 dan ortiq B) 200 dan ortiq
C) 300 ga yaqin D) 300 dan ortiq
9. Turkiston o’lka musulmonlarining IV qurultoyida uning hay’atiga necha kishi saylangan.
A) 8 kishi B) 10 kishi C) 13 kishi D) 15 kishi
10. Qaysi gazeta 1917-yilda siyosiy hayotni aks ettirib, Turkistonning o’z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo’lgan o’lkaning milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy o’ringa qo’ygan.
A) Hurriyat B) Turon C) Sadoi Turkiston D) Ulug’ Turkiston
11. Qachon Petrogradda Bolsheviklar davlat to’ntarishini amalga oshirdilar va Muvaqqat hukumatni ag’darib tashladilar.
A) 1917-yil fevral B) 1917-yil mart
C) 1917-yil iyun D) 1917-yil oktabr
12. Muvaqqat hukumatning Tukiston qo’mitasi qarorgohi joylashgan Tuproqqal’a qo’rg’oni qachon qizil askarlar tomonidan egallangan.
A) 1917-yil 24-25-oktabr B) 1917-yil 31-oktabr 1-noyabr
C) 1917-yil 1-2 noyabr D) 1917-yil 28-oktabr 2-noyabr
13. Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida Marg’ilonda qancha begunoh inson qirg’in qilingan.
14. Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida Namanganda qancha begunoh inson qirg’in qilingan.
15. Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida Bozorqo’rg’on, Qo’qonqishloqda qancha inson qirg’in qilingan edi.
16. Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida Andijonda qancha begunoh inson qirg’in qilingan.
A) 2000 B) 4500 C) 6000 D) 7000
17. Sovet hukumati qaysi hujjatda mazlum xalqlarning ozodlik va mustaqillikka erishuvini rasman e’tirof etgan edi.
1) Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi
2) Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi
3) Rossiya va Sharqning hamma mehnatkash musulmonlariga da’vatnomasi
A) 1 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3
18. Turkiston musulmonlarining III qurultoyi qachon bo’lib o’tgan.
19. Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III qurultoyi qachon bo’lib o’tgan.
A) 1917-yil 2-5-noyabr B) 1917-yil 12-15-noyabr
C) 1917-yil 30-oktabr – 2-noyabr D) 1917-yil 15-22-noyabr
20. 1917-yil noyabrda Kolesov raisligidaTurkiston Xalq Komissarlari Soveti tashkil etilgan bo’lib, uning tarkibi nechta komissardan tashkil topgan edi.
A) 7 ta B) 8 ta C) 12 ta D) 15 ta
21. Qachon o’lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarning I favqulodda qurultoyi ish boshladi.
A) 1917-yil 13-dekabr B) 1917-yil 25-dekabr
C) 1918-yil 6-yanvar D) 1918-yil 15-yanvar
22. O’lka musulmonlarining IV qurultoyida Xalq (Milliy) Majlisini shakllantirish haqida qaror qabul qilindi. U necha kishidan iborat bo’lishi lozim edi.
A) 36 kishi B) 48 kishi C) 54 kishi D) 68 kishi
23. O’lka musulmonlarining IV qurultoyi Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi – hukumatini tuzdi. U nechta a’zodan iborat bo’lgan.
A) 8 kishi B) 10 kishi C)12 kishi D) 15 kishi
24. 1917-yil noyabrda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati saylandi. M. Cho’qayev dastlab qanday lavozimni egallagan.
A) Bosh vazir B) Ichki ishlar vaziri
C) Harbiy vazir D) Tashqi ishlar vaziri
25. 1917-yil noyabrda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati saylandi. M. Tinishpayev qanday lavozimni egallagan.
A) Bosh vazir B) Moliya vaziri
C) Harbiy vazir D) Tashqi ishlar vaziri
26. 1917-yil noyabrda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati saylandi. Kim Moliya vaziri lavozimini egallagan.
A) Islom Shoahmedov B) U. Xo’jayev
C) Obidjon Mahmudov D) Solomon Gersfeld
27. Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumati tarkibida Saidnosir Mirjalol o’g’li qanday lavozimni egallagan.
A) Oziq-ovqat vaziri B) Xazinachi
C) Ichki ishlar vaziri o’rinbosari D) Yer va suv boyliklari vaziri
28. 1917-yil Turkiston Muxtoriyati tashkil etildi.
Nosirxonto’ra Kamolxonto’ra o’g’li Muxtoriyat tarkibida qanday lavozimni egallagan.
A) Milliy Majlis a’zosi B) Xazinachi
C) Yer va suv boyliklari vaziri D) Ichki ishlar vaziri o’rinbosari
29. “Hurriyat” gazetasining 1917-yil 5-dekabr sonida kim “Muxtoriyat” maqolasi orqali xalqqa qilgan quyidagicha xitob qilgan edi: “Qurultoy o’z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdir. Bularni millat hozir qilsun”.
A) M.Behbudiy B) Fitrat C) Munavvar Qori D) U.Xo’jayev
30. Qachon Toshkentda Muxtoriyatini yoqlab o’tkazilgan katta miting bolshevik kuchlari tomonidan zo’rlik bilan tarqatib yuborildi va ko’plab insonlarning o’limiga sabab bo’ldi.
A) 1917-yil 6-dekabr B) 1917-yil 13-dekabr
C) 1917-yil 25-dekabr D) 1918-yil 16-yanvar
31. Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarning I favqulodda qurultoyi ishida qancha vakillar ishtirok etgan.
A)100 dan ortiq B)200 ga yaqin C)200 dan ortiq D)300 ga yaqin
32. Turkiston Muxtoriyatini ag’darishda kim boshchiligida qizil askarlar olib kelingan.
A) Perfilev B) Manjara C) Kobozev D) Klevleyev
1. O’lka musulmon kommunistlari byurosi kimning raisligida tashkil etilgan.
A) T. Risqulov B) N. To’raqulov
C) A. Ikromov D) O. Bobojonov
2. O’lka musulmon kommunistlari byurosi organi bo’lgan gazetani aniqlang.
A) “Ishchilar dunyosi” B) “Ozodlik bayrog’i”
C) “Hurriyat” D) “Ishtirokiyun”
3. Qachon o’lka musulmon kommunistlari byurosi (O’lka Musbyurosi) tashkil etildi.
A) 1919-yanvar B) 1919-yil fevral
C) 1919-yil mart D) 1919-yil aprel
4. K. Osipov tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida necha nafar Turkiston komissarlari otib tashlangan.
A) 8 nafar B) 10 nafar C) 12 nafar D) 14 nafar
5. Komissar K. Osipov boshchiligida qachon bolsheviklar yakkahokimligiga qarshi harbiy isyon ko’tarildi.
A) 1919-yil 19-yanvar B) 1919-yil 26-fevral
C) 1919-yil 2-fevral D) 1919-yil 11-fevral
6. Sovet hukumati va RKP(b) MQ nomidan cheklanmagan favqulodda vakolatlar bilan qachon Turkistonga Turkkomissiya yuborilgan.
A) 1919-yil oktabr B) 1919-yil noyabr
C) 1919-yil dekabr C) 1919-yil sentabr
7. T. Risqulov iste’fo bergach, TurkMIQ raisligi lavozimini kim egallagan.
A) A. Rahimboyev B) N. To’raqulov
C) Q. Otaboyev D) O. Bobojonov
8. Quyidagi shaxslardan qaysi biri Turkkomissiya tarkibida bo’lmagan.
A) V. Bokiy B) Y. Rudzutak C) Sh. Eliava D) N. Kobozev
9. Turkistonga yuborilgan Turkkomissiya a’zolarining butun e’tibori bu hududda . . edi.
A) Turkiston hokimiyatiga sovet va partiya qurilishi ishlarini jadallashtirishga yordam berish
B) sovet va hokimiyat vazifalarini to’liq tasarrufiga olish
C) sovet tuzumiga qarshi yo’nalgan harakatlarni barham toptirish
D) sanoatni milliylashtirish bilan shug’ullangan
10. Qachondan boshlab Turkistonda ishlab chiqarish ustidan qat’iy ishchi nazorati o’rnatila boshlandi.
A) 1917-yil kuz B) 1917-yil yoz
C) 1918-yil qish D) 1918-yil bahor
11. Turkiston respublikasi qonun chiqaruvchi organi - Markaziy Ijroiya Qo’mitasi nechta a’zodan iborat bo’lgan.
A) 24 ta B) 30 ta C) 36 ta D) 40 ta
12. Turkiston respublikasi qonun chiqaruvchi organi - Markaziy Ijroiya Qo’mitasi a’zolari orasida mahalliy millat vakillari qancha bo’lgan.
A) 6 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 12 ta
13. TASSR hukumati (XKS) tarkibida mahalliy millat vakillari necha nafar edi.
A) 2 nafar B) 3 nafar C) 4 nafar D) 5 nafar
14. Tukrkiston Kompartiyasi tuzilganligi qachon e’lon qilingan.
A) 1918, may B) 1918, iyun C) 1918, iyul D) 1918, aprel
15. Qachon Turkiston RSFSRning ajralmas, tarkibiy qismi bo’lib qolishi, o’lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanligi qonuniylashtirildi
A) 1918, avgust B) 1918, sentabr
C) 1918, oktabr D) 1918, noyabr
16. Turkiston o’lka sovetlarining V syezdi tasdiqlagan respublikaning oliy hokimiyati – Turkiston MIQ tarkibida (jami 75 kishi edi) nechta mahalliy millat vakillari bo’lgan.
A) 12 nafar B) 16 nafar C) 20 nafar D) 26 nafar
17. So’l eserlar partiyasi qachon o’lka bolsheviklari siquvi ostida hokimiyatdan mahrum etildi.
A) 1918, oktabr B) 1918, noyabr C) 1919, fevral D) 1919, mart
18. Quyidagi shaxslardan qaysi biri “Turk respublikasi” tuzish g’oyasini amalga oshirish uchun sobitqadamlik bilan kurashgan.
19. 1920-yilning yanvar-iyul oylarida kim Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi lavozimida ishlagan.
A) T. Risqulov B) N. To’raqulov
C) A. Ikromov D) O. Bobojonov
20. Qachon Turkistonning Andijon, Namangan va Marg’ilon kabi hududlarida muvaqqat inqilobiy qo’mitalar tashkil etilib, faoliyat yurita boshladi.
A) 1918-yil yoz B) 1918-yil qish
C) 1919-yil bahor D) 1919-yil yoz
21. Qachon Turkiston Muxtoriyatida to’ntarish qilinib, Mustafo Cho’qayev hokimiyatdan olindi va Qo’qon mirshablari boshlig’i Kichik Ergash hokimiyatni egalladi.
A) 1917-yil 16-dekabr B) 1918-yil 22-yanvar
C) 1918-yil 14-fevral D) 1918-yil 18-fevral
22. Qaysi jamiyat tashabbusi bilan Turkiston Muxtoriyatida to’ntarish qilinib, Mustafo Cho’qayev hokimiyatdan olindi.
A) “Sho’royi Islomiya” B) “O’lka yahudiylar jamiyati”
C) “Musulmon harbiylari sho’rosi” D) “Sho’royi Ulamo”
23. Turkiston sovet hukumati qachon Farg’ona viloyati hududida favqulodda holat joriy etgan.
A) 1918-yil 16-yanvar B) 1918-yil 22-yanvar
C) 1918-yil 14-fevral D) 1918-yil 18-fevral
24. Qachon sovet hukumati Qo’qonda harbiy harakatlar olib bordi va Turkiston Muxtoriyati shafqatsizlarcha tor-mor etildi.
A) 1918-yil 14-19-fevral B) 1918-yil 19-21-fevral
C) 1918-yil 17-25-fevral D) 1918-yil 25-27-fevral
25. Qaysi gazeta 1918-yil yanvar oyi sonlaridan birida “Rus bolsheviklari hech qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o’z huquqlari va taqdirlarini haqiqatdan o’zlari belgilamoqchi bo’lganlarida bunga yo’l qo’ymadi”, deb yozgan.
A) Ishchilar dunyosi B) Turon C) Hurriyat D) Ozodlik bayrog’i
26. O’lka sovetlarining nechanchi syezdida TASSR tuzilganligi e’lon qilingan.
A) IV syezdida B) V syezdida C) III syezdida D) I syezdida
27. Qaysi organ TASSRning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida belgilangan.
A) Ishchi, askar, dehqon va musulmon-dehqonlar sovetlari syezdi
B) Markaziy Ijroiya Qo’mita
C) Oliy Sovet bolsheviklar favqulodda syezdi
D) Xalq Komissarlari Kengashi
28. Turkiston ASSR bilan bog’liq xato javobni aniqlang.
A) TASSR hukumati Tukistonda sovetlar hukmronligi ta’sirini kuchaytirishni ko’zda tutar edi.
B) TASSRning boshqaruvi, uning ijroiya funksiyalari Xalq Komissarlari Kengashi tasarrufiga berilgan edi.
C) TASSR chuqur sinfiylik tamoyillariga asoslangan davlat boshqaruviga ega bo’lib, hokimiyat funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyoriga berib qo’yilgan edi.
D) Turkiston ASSR hukumati yerli aholining milliy qiziqishlari, haq-huquqlarini himoya qilishni ko’zda tutar edi.
29. TASSR tuzilishida qaysi tamoyillar asos qilib olingan.
A) milliy B) hududiy C) sinfiy D) milliy va hududiy
30. Turkiston o’lka sovetlarining V syezdi qachon bo’lib o’tgan.
A) 1918-yil 20-aprel – 1-may B) 1918-yil 12-15-may
C) 1918-yil 28-aprel – 5-may D) 1918-yil 20-22-may
31. Sovet hokimiyati Turkiston sanoatining yetakchi tarmoqlarini milliylashtira boshladi. 1918-yilning dastlabki oylarida ularning soni qanchaga yetgan.
A) 180 ta B) 220 ta C) 330 ta D) 360 ta
32. 1920-yil oxirlarida Turkistonda qancha hunarmandchilik artellari mavjud edi.
A) 500 dan ortiq B) 600 ga yaqin
C) 700 dan ortiq D) 800 ga yaqin
33.1920-yil oxirlariga kelib Turkistonda qancha sanoat korxonasi milliylashtirilgan edi.
A) 960 ta B) 1075 ta C) 1125 ta D) 1705 ta
1. Bolsheviklarning “harbiy kommunizm” siyosati natijasida qaysi yoshdagi erkak va ayollar majburiy mehnatga jalb qilingan.
A) 16 yoshdan 55 yoshgacha B) 18 yoshdan 45 yoshgacha
C) 16 yoshdan 50 yoshgacha D) 17 yoshdan 55 yoshgacha
2. “Harbiy kommunizm” siyosatining mohiyati haqidagi ushbu so’zlar kimga tegishli: “Mehnat safarbarligini shunday o’tkazishdiki, mehnatga yaroqli shahar aholisining yarmi qishloqlarga qochib ketdi. Ahvol shu darajaga yetdiki, mehnat safarbarligi uchun zarur miqdorda odam to’plash uchun masjidlarda va boshqa joylarda odamlar qurshab, tutib olindi.
A) T. Risqulov B) N. To’raqulov
C) A. Rahimboyev D) O. Bobojonov
3. Turkistonda 1918-yil oxiriga kelib qancha aholi ocharchlik balosiga duchor bo’lgan.
A) 1 mlnga yaqin B) 1 mlndan ortiq
C) 1,5 mlnga yaqin D) 2 mlndan ortiq
4. Turkistonda qachondan boshlab oziq-ovqat razvyortkasi joriy etila boshlagan.
A) 1918-yil oxirlaridan B) 1919-yil boshlaridan
C) 1919-yil oxirlaridan D) 1920-yil boshlaridan
5. Oziq-ovqat razvyorstkasining mohiyati qaysi javoda to’g’ri ko’rsatilgan.
1) aholi qo’lidagi ortiqcha oziq-ovqatning sotib olinishi
2) g’alla savdosining taqiqlanishi 3) bozorlarning yopilishi
4) aholidagi ortiqcha oziq-ovqatning zo’rlik bilan tortib olinishi
5) ishga yaroqli aholining majburiy mehnatga jalb qilinishi
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5