1. Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A tarjimayi hol, dardi bedavo b radio to‘lqin, yildan-yilga c millatlararo, achchiqtosh d teletanlov, nuqtayi nazar 2



Download 26,6 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi26,6 Kb.
#574576
  1   2
Bog'liq
6-sinf testi





1. Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) tarjimayi hol, dardi bedavo B) radio to‘lqin, yildan-yilga
C) millatlararo, achchiqtosh D) teletanlov, nuqtayi nazar
2. 1) chiziq-tiniq; 2) bosqin-sotqin; 3) yutuq-quruq;
4) qirg‘in-so‘lg‘in; 5) chirik-ko‘rik; 6) istak-tilak
Ushbu berilganlardan qaysilarida qo‘shimchalar omonimlik hosil qilgan?
A) 1, 2, 4 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D)1,2,3,4,5
3. Qaysi gapdagi daraja-miqdor holining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) Ba’zi vaqtlarda sen yig‘gan bolingdan ham to‘ygunimcha yeyman.
B) Umr kechirmoq uchun bundan yaxshi sharoit bo‘ladimi?
C) Bir boshing uchun muncha harakat qilmasang!
D) U aravani Nuriddin minganini ko‘rib xiyla yengil tortdi.
4. Qaysi gaplarda kelishiklar noto‘g‘ri qo‘llangan?
1. Ba’zi yoshlar sevgining shunchaki ko‘ngilxushlik deb yengil-yelpi qaraydilar.
2. Ba’zi keksalar sevgini bog‘lovchi, yaratuvchi, baxt-saodat keltiruvchi kuchini tan olmaydilar.
3. Ustoz-shogirdlik o‘rtasidagi munosabatlar azaldan oson kechmasligini pisanda etmoqchimasmiz.
4. Tushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix va falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
5. Qaysi qatorda asos+so‘z yasovchi+so‘z yasovchi qolipida yasalgan so‘zlar berilgan?
A) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma B) bo‘yoqchi, tilakdosh, epchillik
C) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi D) bosqinchi, sanoq, bo‘yoqchi
6. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad - milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash.
Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar qaysi turkumga tegishli
A) ot, olmosh, fe’l B) ot, olmosh C) olmosh, fe’l D) ot, fe’l
7. Hamma jim qoldi. Har kim o‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘zini tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibi o‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rardi.
Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan?
A) ko‘rsatish, o‘zlik, belgilash B) o‘zlik, ko‘rsatish, belgilash, gumon
C) o‘zlik, ko‘rsatish, gumon D) o‘zlik, belgilash, kishilik, ko‘rsatish
8. O‘zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping.
A) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
B) Sobir masalani yechishga qiynaldi.
C) Halima juda ozoda kiyinadi.
D) U belbog‘ini yuziga tashlab, ko‘rpachaga cho‘zildi.
9. Qaysi gapda o‘timsiz fe’lning o‘timliga aylanish hodisasi kuzatiladi?
A) Qizlar ham, bolalar ham - hammasi meni yaxshi ko‘rishadi.
B) Tanaffus bo‘ldi deguncha do‘mbirasini chalib, hammani o‘ziga qaratardi, goh kuldirardi, goh yig‘latardi.
C) Maktabgayam o‘sha duldulini o‘ynatib, xurjuniga do‘mbirasini solib keladi.
D) Hamma uni "Suyun burgut" deydi.
10. Qaysi gapdagi yasama so‘zning asosi taqlid so‘zdan iborat?
A) Dildorning yuragi dukullab urardi.
B) Mard bir o‘lar, nomard yuz o‘lar. (Maqol)
C) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
D) Uflama, qizim, yomon bo‘ladi, - dedilar buvim.
11. O‘z tilini unutgan xalqning
Mozorida ajdodlar qabri
Uzra qo‘yar bolalar tikan.
Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan?
1) qaratqich; 2) tushum; 3) jo‘nalish; 4) o‘rin-payt; 5) chiqish
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 4, 5
12. Quyidagi qaysi gaplarda daraja-miqdor ravishi qatnashgan?
1. Qaddini rostlab eshikni uzoq taqillatdi.
2. Abdushukur bu yerdan chiqib ketish payiga tushdi.
3. Mehmondorchilik tugagach u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turdi.
4. Chol va kampir behad sevinishibdi.
5. Xo‘roz arang qochib qutulibdi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
13. Qaysi gapda orttirma darajadagi yasama sifat qo‘llangan?
A) Hamma yoq top-toza.
B) Insonning hayot yo‘li g‘oyat murakkab.
C) Hozir ular uchun eng bexatar yo‘l Toshkent edi.
D) Ko‘m-ko‘k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
14. Yozuvchining ”Xandon pista”, ”Bir o‘pichning bahosi” kabi hajviy to‘plamlari istiqlol yillarida yaratilgan.
Mazkur ma’lumotlar quyidagi qaysi adib faoliyatiga oid?
A) Abdulla Qahhor B) Said Ahmad
C) O‘tkir Hoshimov D) G‘afur G‘ulom
15. Qaysi ijodkorning ilk she’r va dostonlar to‘plami ”Biz boramiz” nomi bilan chop etilgan?
A) Turob To‘la B) O‘ljas Sulaymon
C) Musa Jalil D) Xayriddin Saloh
16. Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qo’llangan?
A) Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi.
B) Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi.
C) Bilmaslik ayb emas, bilmasligini bo‘yniga olmaslik ayb.
D) Onang ko‘zlariga boqib, uning his-xohishlarini o‘rgan.
17. Mamlakat...(l) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik.
Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?
A) 1, 3 - tushum kelishigi; 2 – qaratqich kelishigi
B) 1, 2 - qaratqich kelishigi; 3 – tushum kelishigi
C) 1, 2 - tushum kelishigi; 3 – qaratqich kelishigi
D) 1 - qaratqich kelishigi; 2, 3 – tushum kelishigi
18. Qaysi javobda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Gunohkor bo‘lmay turib o'rinsiz tanalar eshitsang, yoqmas ekan.
B) Tekin boylik axtarguncha, o‘zingga bob hunar top.
C) Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab turibdi.
D) San’at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
19. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo‘ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig‘ini qamrab oldi. Unga ilmdan boshqasining qizig‘i yo’q!
Ushbu gapda nechta so‘z fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A)6 B)3 C)4 D)5
20. Quyidagi berilgan qo‘shimchalardan qaysilari ham fonetik, ham morfologik yozuv asosida yoziladi?
1) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi;
2) o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi;
3) orttirma nisbat qo‘shimchasi;
4) ayrim fe’l yasovchi qo‘shimchalar;
5) jamlovchi son yasovchi qo‘shimchalar;
6) egalik qo‘shimchalari.
A) 1,2,4,5,6 B) 1,3,4 C) 1,4,5 D) 1,2,3,6
21. Bola boshini qo‘llari orasiga qo‘yib, Boysun tog‘i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi.
Ushbu gapda nechta o‘rinda fe’lning vazifa shakllari qo‘llangan?
A)4 B)2 C)5 D)3

Download 26,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish