15. Jarangsiz jufti mavjud bo‘lgan til oldi jarangli
undoshlarni aniqlang.
d, b, z B) g, d, z, j C) t, s, ch, sh D) z, j, d
Ona tili va adabiyot
46. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining ikki turi
qatnashgan?
A) Men yashikdagi shaftolilarni o‘ynab yurgan bolalarga berdim.
B) Biror mamlakatda jabr-zulm, fisq-fasod
kuchayib ketsa, podshoh adolatli siyosat
bilan zulmning ildizini yo‘qotishi lozim.
C) Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramay ichkariga kirishmadi.
D) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
47. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan
ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof
tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B) Mevali daraxtga tosh otadilar.
C) Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
D) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
48. Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz.
Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar
tarkibidagi munosabat shakllari sonini
aniqlang.
A) 6ta B) 8ta C) 9ta D) 7ta
49. Quyidagi berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan?
1) chehra; 2) saxna; 3) xovuz; 4) tuhfa;
5) muxtoj; 6) suhbat
A) 1, 3, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
50. Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik . . .
Ushbu takrorlanmas misralar muallifini
aniqlang.
A) Usmon Nosir B) Asqad Muxtor
C) Cho‘lpon D) G‘afur G‘ulom
51. “Akalari kinoga olib bormay aldab tashlab ketganida ham, o‘rtog‘i Qahramon teplitsa oynasini sindirib unga (muallifgа) to‘nkaganida ham, eng yaqin do‘sti uning yoqtirgan qizi bilan yurib ketganida ham onasi tasalli beradi.” Ushbu mazmundagi voqealar “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada keltiriladi? A) “Tasalli” C) “Qanoat” B) “Imon” D) “Xiyonat”
52. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari qaysi javobda berilgan? A) “Yangi ariq” B) “Astrobod” C) “Zulmat ichra nur” D) “Badarg’a”
53. Qaysi qatorda Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari haqida to’g’ri fikr berilgan? A) asar buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o’zida ifodalagan B) adibning tazkirachilikka oid asari hisoblanadi C) adibning sharqda o’tgan mashhur shayxlar, so’fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asaridir D) o’tmish mavzusida yozilgan asarlari sirasiga kiradi
54. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan?
A) bo‘g‘ma C) ko‘zlamoq B) chopiq D) otilmoq
55. Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lishdir.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumot
to‘g‘ri emas?
A) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
B) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
D) Gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
56. Tarixiy mavzularda yozilgan "Tarixi muluki Ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo" asarlarining muallifini aniqlang.
A) Zahiriddin Muhammad Bobur
B) Alisher Navoiy
C) Nosiruddin Rabg‘uziy
D)Muhammad Rizo Ogahiy
57. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan soda yasama so‘z qatnashgan?
A) Yozgi ta’tilda buvimnikida dam
Do'stlaringiz bilan baham: |