1. Qaysi javobda sinekdoxa usulida ma'no ko'chishi kuzatiladi?



Download 13,15 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi13,15 Kb.
#723270
Bog'liq
Haftalik 15.03


Haftalik
1. Qaysi javobda sinekdoxa usulida ma'no ko'chishi kuzatiladi?
A) Do'stsiz boshim—tuzsiz oshim.
B) Bozorni kutib, ikki-uch kun shu pullar bilan samovarda tunadik.
C) Boyning yig'lab kelishini uy ichlari eshitib, ular ham "bir balo bo'lipti, shekilli", deb uydan yig'lab chiqa boshladilar.
D) Avval qurttakina qilib yigirma qamchini bosh-ko'z aralash yedik.
2. Hamma jim qoldi. Har kim o'z oldida bir narsa topib, shunga ko'z tikkan va u narsada Zebi o'z otasini, Qurvonbibi o'z erini, Salti qovog'idan qor yog'ib turgan sovuq bir so'fini ko'rar edi. Ushbu parcha necha o'rinda fonetik hodisa kuzatiladi.
A) 5ta B) 4ta C) 3ta D) 2ta
3. Quyidagi qaysi yasama so'z tarkibida lab undoshlarining ikki turi ishtirok etgan?
A) bugungi B) sirpanchiq
C) sermulohaza D) faxrlanmoq
4. Qaysi qatorda aniq nisbat shaklidagi fe'l berilgan?
A) saralanmoq B) qiynalmoq
C) ikkilanmoq D) tozalanmoq
5. Asos va qo'shimchaga achratish bilan bo'g'inga ajratish teng kelgan so'zlarni toping.
1) yig'la; 2) tuzla; 3) to'rtta; 4) yarmi; 5) nodon; 6) sportchi; 7) uysozlik.
A) 3,4,5,7 B) 1,2,3,6
C) 2,3,6,7 D) 1,2,3,5
6. Quyidagi gaplarning qaysi birida ravish ishtirok etmagan?
A) Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz birga yo'lga otlandik.
B) Shoirning qalbi samimiy va beg'ubor tuyg'ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo'y cho'zadi.
C) Tal'at shimining cho'ntagidan taroq olib, sochini asta tekislarkan, yoqimli jilmaydi.
D) Endi uni harbiy mashq va ta'limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do'stlar kutmoqda edi.
7. Qaysi gapda III shaxs birlikdagi kishilik olmoshi qatnashagan?
A) Shirinso'z, mehribon xola yana uning yelkasiga qoqib omonlashdi.
B) U talaba bo'lishdan behad shod.
C) Nasiba u xonadonga qaytib bormaslikka qaror qildi.
D) Uning qoni to'kilgan joydan shifobaxs buloq chiqqan.
8. Quyidagi gaplarning qaysi birida qaratqich kelishigi bilan ma'nodoshlik hosil qila oladigan qo'shimcha qatnashgan?
A) Urug'—o'simlikning bir qismi.
B) To'tilarning oyog'i daraxtda yurishga yaxshi moslashgan.
C) Uchuvchilar kuchli, jasur, dadil va qat'iyatli kishilardir.
D) O'zbekistondagi ko'hna shaharlardan biri Xiva hisoblanadi.
9. "Manqurt o'zining kim ekanini, qaysi urug'-aymoqdan ekanini, ismini, bolalik kezlarini, ota-onasining kimligini butunlay yoddan chiqargan bo'lib, o'zining odamligini ham unutib yuboradi". Ushbu parchada qaysi gap bo'lagiga qo'shimcha ma'no yuklangan?
A) egaga B) kesimga
C) to'ldiruvchiga D) aniqlovchiga
10. Qaysi gapda ega qatnashmagan?
A) Ilg'orlarga mukofot berildi.
B) Yuzaki o'ylash yaxshi emas.
C) Dunyoda kitobdan yaxshi do'st yo'qdir.
D) Kechasiyoq Toshkentga jo'nab ketildi.
11. Qaysi gapda ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llangan?
A)Qamchibekka kaktus haqida gapirib berdik.
B)Kitob o‘qish uchun kutubxonaga bordim.
C)Bu ovqat isiga oshqozonlar raqsga tushib ketdi.
D)Bizni nimalardandir himoya qiladi.
12. Ikki xil gap bo‘lagi uyushib elgan qatorni aniqlang.
A) Ilmiy insho mantiqiy fikrlash va dalillarning mohiyatini tushunish asosida yoziladi.
B) Ilmiy inshoda muallifning nuqtayi nazari, tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
C) Ilmiy inshoda terminlar, ilmiy dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi.
D) Unda axborot aniq va lo‘nda ifodalanishi, tushunarli bo‘lishi lozim
13. Qaysi qatorda qatnashgan ergashgan qo‘shma gapning ergash gap qismi harakat nomi + egalik shakli + bog‘lama qolipidagi ot kesimli gap sanaladi?
A) Men avval uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim, keyin esa olamshumul safarlarga otlanishim kerak edi.
B) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo‘lavermaydi, negaki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo‘lgan ishni tanlay bilishi kerak.
C) Har birimiz ona tilimizda shunday gapirishga odatlanishimiz kerakki, o‘zga til egalari ham bunga havas qilsin.
D) Haqiqiy ijodkorning vijdoni va imoni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt kamoli, o‘zi mansub xalqning quvonch-tashvishlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
14. Bu xabarnibeshitishi bilan Qamchibekda ko‘riladigan o‘zgarishlarni//hollarni//harakatlarni//barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi.
Shartli belgilar o‘rnida qo‘yilishi lozim bo‘lgan tinish belgilarini aniqlang.
A)vergul,vergul,vergul
B)vergul,vergul,nuqtalivergul
C)vergul,vergul,tire
D)ikkinuqta,vergul,vergul
15. Ham bosh, ham ergash gap qismida bog’lovchi vositasi mavjud bo’lgan kesim ergash gapli qo’shma gapni aniqlang.
A)Kimki samimiy va pokdil bo’lsa, uning ishlari o’ngidan kelaveradi.
B) Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to’qiyman men
C)Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerda yutuq bor.
D)Kim ko’p va yurakdan mehnat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi.

16. Bu tasvirlar orqali yozuvchi inson ichki dunyosining naqadar murakkabligini, yolgon aqidalar, g'oyalarga ishontirilgan odam o'z yaqinlarining dushmaniga aylanishi mumkinligini ta'kidlaydi. Yuqorida keltirilgan ta'rif qaysi asarga tegishli ekanligini aniqlang.


A) "Muzqaymoq" hikoyasi
B) "Yetti zogora"qissasi
C)" Ruhlar isyoni" dostoni
D) "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi
17. Shunday kunlarning birida, matbuotda Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga ijodiy tanlov elon qilinadi. Toshkent universitetiga kirolmay o`z yog`iga o`zi qovrilib yurgan, sheriyatga doir ko`plab kitoblarni o`qigan ijodkor, sherlarini rus tiliga o`zi tarjima qilib, Moskavadagi tanlovga jo`natib yubordi. Ushbu malumot kimning tarjimayi holiga tegishli?
A) Omon Matjon
B) Oybek
C) Shavkat Rahmon
D) Halima Xudoyberdiyeva
18. "Gavhar sadafning qimmatini oshirganday, qizning ko`z yoshlari ham uning qadrini oshiradi". Parcha qaysi asardan olinganligini aniqlang.
A)" Shubxa" hikoyasi, Robindranat Tagor
B) "O`tkan kunlar", A.Qodiriy
C) "Kecha va kunduz", Cho`lpon
D) "Mehrobdan chayon", A.Qodiriy
19. Ibroyim Yusupovning dramasi keltirilmagan javobni belgilang.
A)”Aktrisaning iqboli” B)“Umirbek laqqi” C)”Qirq qiz” D)”Ajiniyoz”
20. Tashqari olamda, ya’ni o‘z hovlisidan tashqarida uning doimiy va birdan-bir vazifasi: o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa — “hovva-hovva” demak, o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa — “yo‘q, yo‘q”, degan ma’nida bosh chayqash bo‘lardi. Uyida vaqtida uning og‘zidan odam bolalari o‘rtasida yuraturgan tuzuk, ma’nilik va “gap” desa bo‘ladigan bir so‘z chiqmas edi.
Yuqoridagi parchada qaysi qahramon ta’riflangan?
A)”O’tkan kunlar” Yusufbek hoji
B) “Kecha va kunduz” Akbarali mingboshi
C)”Kecha va kunduz” Razzoq so’fi
D) “O’tkan kunlar” Mirzakarim qutidor
21. “Zulmat ichra nur”qissasida Alishe Navoiy kimni “Malik ush-shuaro” deb ataydi?
A) Lutfiyni B) Nasimiyni
C) Fariddin Attorni D) Husaynni
22. Boshig'a ko'k salla chulg'ag'an,egniga O'ratepaning bosmasidan chakman,beliga kumush kamar bog'lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosgan,qora tanlik bo'lsa ham ko'knorimi,taryakmi iste'molidan yuzi sarg'aygan 40-50 yoshlar chamaliq bir kishi. Yuqoridagi parchada qaysi qahramon ta’riflangan?
A) Sulton Ahmad (“Zulmat ichra nur”)
B) Xoliqbek qo'rboshi (“O’tkan kunlar”)
C) Homid (“O’tkan kunlar”)
D) Said Abbos (“Ulug’bek xazinasi”)
23. "Ulug'bek xazinasi" romanida keltirilgan quyidagi asarlarni mualliflari bilan muvofiqlashtiring.
1. ”To‘rt ulus tarixi”, 2. ”Kitob ush-shifo”, 3. ”Kitob un-najot”,4. ”Al-Qonun-al-Mas’udiy”
a- Mirzo Ulug’bek, b- Beruniy, c-ibn Sino, d- Mirxond
A)1-a,2-b,3-d,4-c B) 1-a,2-b,3-c,4-d
C)1-a,2-c,3-c,4-b D)1-a,2-c,3-d,4-b
24. Qaysi qatorda To‘ra Sulaymonning dostonlari berilgan?
A) «Qorasoch», «Jahongashta»
B) «Alhazar», «Qorasoch»
C) «Hamqishloqlarim», «Iltijo»
D) «To‘yboshi», «Alhazar»
25. Ernest Seton Tompson qalamiga mansub Teodor Ruzveltning maslahati bilan yozilgan va "Alanga medali"ga sazovor bo'lgan ikki jildlik asarini toping.
A) "Shimoliy hayvonlar hayoti"
B) "Jonivorlar haqida hikoyalar"
C) " Yovvoyi hayvonlar hayoti"
D) "Men bilgan jonivorlar"
26. Shuhrat qaysi asari orqali o'zbek adabiyotida birinchi bo'lib chet eldagi o'zbeklar hayotini aks ettirishga urinib, o'sha davrda chet elga ketib qolgan har qanday odam sotqin, xiyonatchi sifatida qabul qilinga bo'lsa ham, ijodkor noto'g'ri yo'ldan bormay, chet ellik millatdoshlarimizning hayotiy va ishonarli timsollarini yaratgan?
A) "Jamila" B) "Oltin zanglamas"
C) "Shinelli yillar" D) "Jannat qidirganlar"
27. Qaysi ijodkorning ijodidagi bosh mavzuni " yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o'z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash" deb aytishimiz mumkin?
A) Erkin Vohidov B) Anvar Obidjon
C) Mirtemir D) Abdulla Oripov
28. "Chor darvesh" asarini fors tilidan o'zbek tiliga o'girgan, shuningdek, "Nuh manzar" nomli she'riy to'plam yaratgan adib kim?
A) Furqat B) Ogahiy
C) Xoja D) Muqumiy
29. Nodar Dumbadzening qaysi asari nafaqat Gruziyaning o'zida, balki ko'plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o'qiladigan asarlar qatoridan joy olgan, unda insonning hayotdagi o'rni, undan talab etiladigan fidoyillik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari keng mushohada yuritilgan?
A) "Hellados" B) "Abadiyat qonuni"
C) "Qishloq bolalari" C) "Quyoshni ko'ryapman"
30. Sofoklning "Shoh Edip" fojeasini o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan ijodkorni aniqlang.
A) Asqad Muxtor B) Shuhrat
C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov
Download 13,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish