1. Qaysi gapda rus tiliga oid birlik qoʻllanmagan?
Men uyda qolmoqchiman. A siz-chi?
Iya, Naziraxon shofyor boʻlganmi?
Barchasida qo‘llangan
Adabiy tilda gapirish i unga amal qilish juda zarur.
2. Suv xabarini biz keltirdik gapida olmoshning maʼnosini aniqlang.
kuchaytirish
gʻururlanish
kamtarlik
ta’kid
3. Quyidagi qaysi gapda olmosh kibr, maqtanish maʼnolarini anglatgan?
Bu ishni biz uddaladik.
Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz.
Biz bu maqolada yechimini kutayotgan muammoni olib chiqdik.
Ular ham meni sevadi.
4. -lar birlik shaklidagi qarindoshlik nomlariga qo‘shilib, hurmat ma’nosini ifodalaganda egalik shakli qay tarzda qo‘shiladi?
Avval egalik, so‘ng ko‘plik shakli
Avval ko‘plik, so‘ngra egalik shakli
Egalik shakli qo‘shilmaydi
Affikslarning qo‘llanilishi ahamiyatga ega emas
5. Mard yigit dushmannan olar qasdini. Ushbu misolda –dan kelishik qoʻshimchasining sinonimi qaysi nutqqa tegishli?
badiiy
sheʼriy
kitobiy
soʻzlashuv
6. Ba’zan ma’no kuchaytirish-ta’kidni ifodalayotda jamlovchi son shakllaridan oldin qaysi so‘z turkumi keladi?
Son
Olmosh
Ot
Ravish
7. Sonning qaysi ma’no turi hisob so‘z bilan qo‘llanmaydi?
Sanoq son
Chama son
Kasr son
Taqsim son
8. Frazeologik sinonimiya nima?
Leksik sinonimlar
Leksik-frazeologik sinonimlar
Morfologik sinonimlar
Frazeologik sinonimlar
9. –ma bo‘lishsizlik shakli davomiylik ma’nosini qachon izohlaydi?
Yetakchi fe’lga qo‘shilgan holda kelsa
Yetakchi va ko‘makchi fe’lda kelsa
Barcha javob to‘g‘ri
Ko‘makchi fe’lga qo‘shilgan holda kelsa
10. Ironiyaning eng yuqori darajasi qaysi?
piching
antifraza
kesatiq
sarkazm
11. O‘zaro umumiy ma’nosi bilan birlashib, stilistik ottenkasi bo‘yog‘i va nutqda ishlatilish doirasi jihatidan farqlanadigan sinonimlar qanday sinonimlar deyiladi?
Stilistik sinonimlar
Omofonlar deyiladi.
Leksik sinonimlar
Frazeologik sinonimlar
12. Paronim soʻz notoʻgʻri qoʻllangan gapni toping.
Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi.
Bir asrga tatigulik yillarni bosib otdik.
Ular shunchaki rozg‘or tebratib yurishibdi.
Qadr bilmas qarindoshdan qadr bilgan yod yaxshi.
13. O‘z nomi bilan rangni ifodalovchi otlar oldidan sifatning ishlatilish sababini tushuntiring.
Qip-qizil qon, oppoq paxta kabi birikmalarda sifat ma’noni kuchaytirish uchun uchun ishlatiladi.
Qip-qizil qon, oppoq paxta kabi birikmalarda sifat kelishi odatiy nutqda ishlatiladi va hech qanday uslubiy vazifa bajarmaydi.
Qip-qizil qon, oppoq paxta kabi birikmalar oldidan kelgan sifatlar xato qo‘llanilgan
Qip-qizil qon, oppoq paxta kabi birikmalarda sifat ta’kid, bo‘rttish uchun ishlatiladi.
14. Quyidagi gaplarning qaysi birida subyektiv baho mavjud?
Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas
barcha javobda subyektiv baho mavjud
Uni ayblashga sizning ma’naviy haqqingiz yo‘q, uka! – dedi g‘azab bilan
Ukaginam, bu kennoyingizga zagsda patta kesilmagan
15. Quyidagi gapda unga norozilik maʼnosini yuklayotgan stilistik vosita nima? Uff, bu ishlar qachon tugaydi?
Modal soʻz
Modus
Undov soʻz
So‘roq ohangi
16. Buvi, non, - dedim yana o‘sha ohangda. Devordagi nonni ko‘rsatdim. – Buvi, no-o-on! Ushbu gapda o unlisini cho‘zish bilan qanday ottenka yuzaga chiqyapti?
Yalinish
Iltimos
Hayrat
Ta’kid
17. Holbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda. Ushbu gapda qo‘llanilgan sinonim so‘zlar nima maqsadda qo‘llanilgan?
Obyektiv munosabatni oydinlashtirish uchun
Subyektning o‘z fikriga ta’kid ma’nosini berish uchun
Obyektga e’tiborni jalb qilish uchun
Subyektiv baho munosabatini yuzaga chiqarish uchun
18. Kishilik olmoshlariga qo‘shilgan –lar ko‘plik shakli qanday ma’nolarni yuzaga chiqara oladi?
Mensimaslik
kamsitish
Hurmat
Barcha javob to‘g‘ri
19. Fayz+burger, savob+iston, uzrasiz, tundaliklar. Mazkur so‘zlar qanday birlik sanaladi?
Kontekstual birlik
Mantiqsiz bog‘lanish
Enantiosemik birlik
Okkazional birlik
20. Kim yurtidan yovni quvsa, mendirman o‘sha, Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha! Ushbu misrada qaysi uslubiy vosita(lar) qo‘llanilgan?
Epifora
Anaphora,
Assonans
Anaphora, epifora
21. Oz talabalar, koʻp amaliyotchilar. Mazkur birikmalarda uslubiy gʻalizlikni yuzga chiqargan birliklar qaysi?
–lar, ko‘p
-lar, -lar
oz, -lar
oz, koʻp
22. Asarlarda mahaliiy koloritni berishda ishlatiladigan stilistik vosita qaysi gapda qo‘llanilganini aniqlang.
Qating og‘ridi?
– Tuzukmisan, Habiba? – degan ovoz eshitildi.
Dadam Ollohning dargohiga maqtul etildilar.
– “Svidanyang”ni boshimga uramanmi? – dedi kampir.
23. Kelinim tilla chiqdi. Mazkur gapda egalik shakli qanday uslubiy vazifani amalga oshirmoqda?
Hissiy ta’sirchanlikni
Kinoya
Emotsional-ekspressivlikni
Subyektiv munosabatni
24. Sensiz baxtiqaro edim bag‘oyat, Va hali ham baxti oq emasman men. Ushbu gapdagi fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish ma’nosini qaysi hodisa beryapti?
Olmoshlarning ishtiroki
Geminatsiya
Sintagmalash
Inversiya
25. Antonomaziya nima?
Zid ma’noli so‘zlardan maqsadli ravishda foydalanish
Shaxs otlaridan maqsadli ravishda foydalanish
Qarama-qarshi ifodalarning qo‘llanilishi
Atoqli otlardan maqsadli ravishda foydalanish
26. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bagʻishlangan felyeton, pamflet, murojaatnomalar, deklaratsiyalar qaysi uslubda yoritiladi?
Ilmiy uslubda
Publitsistik uslubda
Rasmiy uslubda
Badiiy uslubda
27. - Qiz-zizzi boshshizga uring. Ushbu gapda qaysi hodisa ifodalangan?
tovushni cho‘zish
shevaga oid soʻz
fonostilistik
barcha javob to‘g‘ri
28. Oʻzakdosh soʻzlarning ketma-ket takrorlanishidan hosil boʻladigan soʻz oʻyini nima deyiladi?
allyuziya
annominatsiya
allofroniya
kontaminatsiya
29. Masalan, sizning familiyangiz nima, kuyov bola? Yigit: – Ahmedov. –Sizniki-chi, kelin bola? Qiz: – Maqsudova. – Tabriklayman, sizlarni Ahmaqovlar oilasi deb e’lon qilaman! Ushbu latifada komik vaziyatni nima yuzaga chiqaryapti?
Oksyumoron
Okkozinalizm
Sitilistik sintagmalash
Fonostilistika
30. Rejissyor tag‘in yelkamni qoqdi:-Barra kalla, barra kallMazkur gapda qanday uslubiy vosita qo‘llanilgan?
Okkazionalizm
Sintagmalash
C va B javob toʻgʻri
Antiteza
Do'stlaringiz bilan baham: |