1. Qaysi gapda ot kesim yo`q



Download 25 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2022
Hajmi25 Kb.
#428194
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-test kesim va uning turlaridan

17. Kesimlik so’zi bilan qo’llangan murakkab ot kesim qatnashgan gapni toping. A) Orzuga yetish uchun kurashish shart. B) Bugundan mening akam injener hisoblanadi. C) Vazifamiz-a’lo o’qish. D) Qo’lingdan kelsa yaxshilik qil.


18. Berilgan gaplarning qaysi birida darak ma’nosi kuchliroq ifodalangan? A) Qush uyasiga ko’rganini qiladi. B)Har bir farzand ona nasihatini jon qulog’i bilan eshitishi kerak. C)Oqsoqol bilan bobom kechasi chiqib ketgancha qaytishmagan edi. D)Bu darxtni kesishga kim ham jur’at qiladi?


19. Dadam kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi. Ushbu gapdagi kesimni aniqlang? A)hisoblanadi B)shifokori hisoblanadi C)bosh shifokori hisoblanadi D)kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi.


20.Ustozingga tik qarasang, to’zasan,


Hurmat qilsang, asta-asta o’zasan. Ushbu gapda qatnashgan kesimlarning tuzilish turi va miqdori? A) 4 ta sodda kesim B) 3 ta sodda kesim C) 2 ta sodda, 2 ta murakkab kesim D) 3 ta sodda, 1 ta murakkab kesim

21.Gapda qaysi bo’lak qolgan bo’laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi? A) ega B) hol C) aniqlovchi D) kesim


22.Sen Pushkinning sevgan malagi. Ushbu gapdagi kesimni aniqlang? A) malagi B) sevgan malagi C) Pushkinning sevgan malagi D) ushbu gap faqat kesimdan iborat


23. Mustaqillik tufayli bag’rimizga shamol tegdi. Ushbu gap qanday bo’laklardan tashkil topgan? A) ega, hol, to’ldiruvchi, kesim B) to’ldiruvchi, hol, kesim C) hol, kesim D) kesim, ega, to’ldiruvchi


24.Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar,


Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar.
Boshing bukma sira, xokisor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar. Ushbu to’rtlikda qo’llangan kesimlar miqdori? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

25.Kesimi sifat bilan ifodalangan gapni toping? A) Mirzacho’lda ham cho’lni bo’stonga aylantiradigan odamlar juda ko’p. B) U paytlarda xo’jalikda ko’zga ko’rinadigan muhtasham imoratning o’zi yo’q edi. C) Odamning ko’nliga tushadigan birgina kaliti bor, bu kalit- kamtarlik, oddiylikdir. D) Tilimiz juda boy, chiroyli. Bu tilda ifoda etib bo’lmaydigan fikr, tuyg’u yo’q.


26.Ot kesimni shakllantiruvchi vositalar qaysi qatorda to`liq berilgan? A) shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nolarini hosil qiluvchi fe’l shakllari. B) kesimlik so’zlari C) -man,-san,-miz,-siz,-dir kabi qo’shimchalar D) bog’lamalar


27.Ot kesimning kesimlik shakllari maxsus ifodalanmasa, u qanday shakllanadi? A) ohang orqali B) tire orqali C) kesimlik so’zlari orqali D) ot kesim bo’lishi uchun maxsus shakl zarur emas.


28."Ishlasang, tishlaysan" maqoli qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan? A) murakkab fe’l kesimdan B) murakkab ot kesimdan C) ega va kesimdan D) 2 ta kesimdan


28. Gapning asosini tashkil etuvchi markaz...? A) ega B) to’ldiruvchi C) aniqlovchi D) kesim


29. Ravishdosh bilan ifodalangan kesim ishtirok etgan gapni toping. A) Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam-o’qish, o’qiganda ham a’lo o’qish edi. B) Ishning boshi boshlanguncha.


C) It hurar-karvon o’tar. D) Keksa bog’bon ko’m-ko’k ajriq ustida o’tirib hordiq chiqardi.

30. Ot kesim ishtirok etgan gapni toping? A) Mo’tabar eshikni sekin yopib сhiqib ketdi. B) Po’lat xatni kecha yuborgan. C) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. D) Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir.


31.Ot kesim ishtirok etmagan qatorni toping. A) O’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri tutma. B) O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir. C) Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q! D) Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo’jayini do’stmi?


32.Kesimlar tuzilishiga ko’ra...? A) ot kesim va fe’l kesim. B) mustaqil kesim va nomustaqil kesim C) sodda kesim va murakkab kesim D) birikmali kesim va birikmasiz kesim


33.Murakkab ot kesim ishtirok etgan gapni toping? A) Kecha ilmiy anjuman bo’ldi. B) Akam talaba bo’ldi. C) Mingbuloq o’zi yaxshi, suv serob, lekin u qarovsiz. D) Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha mashaqqat chekamiz.



Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish