45. Murakkab fe’l kesim ishtirok etgan gapni toping? A)Taftishchi ishni ochgan bo’ldi. B) Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta’sir qildi. C)Komil insonlardagi olijanob baxt - o’tmishni unutmaslik. D)Yangilikni eshitib bolalar xursand bo’ladilar.
46.1.Vatanimizni, milliy qadriyatlarimizni chin dildan sevamiz; 2.Mehnat qilgan rohat ko’radi; 3.Men akademik litsey talabasiman. Ushbu gaplar qaysi jihatdan o’zaro birlashadi. A) eganing ishtirokiga ko’ra B)kesimning mavjudligiga ko’ra C) otlashgan so’zning mavjudligiga ko’ra D) uyushiq bo’lakning mavjudligi ko’ra
47. Endi g`alabamiz yaqin, do’stim!
Gapning kesimi qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan? A) ot B) sifat C) fe`l D) ravish
48.Kesimi o’zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni toping? A)Kamchiliklar ro’y-rost ochib tashlandi. B)Ayvon yonidagi o’choqqa o’t qalangan C) atayin ho’l sochiq bilan artindi D)Doklad uchun Ziyodaxonga so’z berildi.
49.U mehmonlarni ochiq chehra bilan qarshi oldi. Ushbu gapda kesim qanday so’z bilan ifodalangan? A) sodda fe’l bilan B) ko’makchi fe’l bilan C) qo’shma fe’l bilan D) mustqail fe’l bilan
50.Qizning husni G`iyosiddinning qulog`ini kar, ko’zini ko’r qilib qo’ygan edi. Ushbu gapdagi kesim qaysi qatorda tog`ri ko’rsatilgan? A) qilib qo’ygan edi B) ko’r qilib qo’ygan edi C) ko’zini ko’r qilib qo’ygan edi D) qulog`ini kar ko’zini ko’r qilib qo’ygan edi.
51. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan.
Ushbu gapda tobe bog‘lanishlarda ham tobe, ham hokim qism bo‘la olgan nechta so‘z bor?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta
52. Ochiq derazadan Shodasoyning salqini va qayerdandir taralayotgan behi hidi xonaga kirdi.
Mazkur gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Bitishuv usulida birikkan 3 ta fe’lli so‘z birikmasi mavjud.
B) Bitishuv usulida birikkan 2 ta otli so‘z birikmasi mavjud.
C) Moslashuv usulida birikkan 1 ta otli so‘z birikmasi mavjud.
D) Boshqaruv usulida birikkan 4 ta fe’lli so‘z birikmasi mavjud.
53. Hunarmand yigit o ‘z kasbini, uyini, bolachaqasini
qadrlaydi, и mehnat qilib tinch va osuda yashaydi.
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
B) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi uyushib kelgan.
C) Bitishuvli so‘z birikmalarining hokim qismlari ega va kesim vazifasini bajargan.
D) Fe’lli so‘z birikmalarining barchasida tobe qism hol vazifasini bajargan.
54. Jismoniy poklik - har kimning ishi, ma’naviy poklik esa vijdonning ishi.
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Ushbu gapdagi barcha so‘z birikmalari aniqlovchili birikmalar sanaladi.
B) Ushbu gapda bitishuvli, moslashuvli va boshqaruvli so‘z birikmalari ishtirok etgan.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida ot va sifat turkumiga oid so‘zlar hokim qism vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi barcha so‘z birikmalarining tobe qismlari yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
55. Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi yurtimizning porloq kelajagiga
ishonchimizni mustahkamlamoqda.
Ushbu gapda gap bo'laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 9 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 8 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |