1. Qaysi birikmalarda atomlar ion bog‘lanish orqali bog‘langan?
1) ammiak; 2)karbonat angidrid; 3) seziy ftorid;4) natriy xlorid; 5) vodorod sulfid; 6)uglerod(IV)sulfid; 7) kaliy bromid;
A) 1,2,4 B) 2,4,6 C) 3,4,7 D) 4,5,6
2. Qaysi moddalar molekulyar kristall panjaraga ega?
1) muz; 2) oltingugurt; 3) rubidiy yodid; 4) grafit; 5) piridin;
A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 2,4,5 D) 1,2,5
3. Eng qattiq va qiyin suyuqlanuvchan moddalar kristall panjarasi qanday tuzilgan bo‘ladi?
1) ion; 2) molekulyar; 3) atom; 4) metall;
A) 3 B) 4 C) 1 D) 1,2
4. Quruq muz (CO2) ning kristall panjarasi qanday tuzilgan?
1) ion; 2) molekulyar; 3) atom;4) metall;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 2,3
5. Osh tuzining fazoviy holati qanday tuzilishga ega?
A) tekis uchburchakli B) kubsimon
C) tetraedr D) piramida
6. Quyidagi qattiq moddalardan qaysilari atomli kristall panjara hosil qiladi?
1) olmos; 2) temir; 3) yod; 4) kremniy; 5) qizil fosfor;
A) 1,2 va 3 B) 2,3 va 4
C) 3,4 va 5 D) 1,4 va 5
7. Qaysi modda molekulyar kristall panjaraga ega?
A) yod B) olmos C) grafit D) ishqor
8. Oson suyuqlanuvchan va uchuvchan moddalar qanday kristall panjarali bo‘ladi?
1) ion; 2) atom; 3) molekulyar; 4) metall;
A) 1 B) 2 C) 1,4 D) 3
9. Olmosning kristall panjarasi qanday tuzilishga ega?
A) kvadrat B) kubsimon
C) to‘g‘ri to‘rtburchakli D) tetraedr
10. Qaysi qator faqat valentligi o‘zgaruvchan elementlardan iborat?
A) K, C, S, N, P, Fe;
B) Cu, Ba, N, Cl, Br, Cr;
C) C, Cr, Cu, P, S;
D) Ca, Cu, C, H, F, O;
11. Quyidagi birikmalarda oksidlanish darajasi +5 bo‘lgan elementlarni aniqlang.
KNO3; H3PO4; SnO2; Fe2O3; HClO3; K2MnO4; K2Cr2O7;
A) Sn, Cr B) Mn, N, Cr
C) N, P, Cl D) Sn, Cl, K
12. Quyidagi birikmalarning qaysi birida marganetsning oksidlanish darajasi +4 ga teng?
A) KMnO4 B) MnO(OH)2
C) MnSO4 D) Mn2O3
13. Na2B4O7 moddasida borning oksidlanish darajasini aniqlang.
A) 0 B) +1 C) +3 D) +2
14. Tarkibi K2Cr2O7 bo‘lgan molekuladagi elementlarning valentligi va oksidlanish darajasi yozilgan qatorni toping.
A) 1,3,2; +1,-3,-2
B) 2,6,2; +2,+2,-2
C) 1,2,2; +1,+3,-2
D)1,6,2; +1,+6,-2
15. Galogenlar uchun (ftordan tashqari) qaysi oksidlanish darajalari mavjud? A) +1,+3,+5 B) -1,+1,+3,+5,+7
C) -1,+3,+5,+7 D) +1,+5,+7
16. Ftor, oltingugurt, mishyak qanday eng past va eng yuqori oksidlanish darajasini namoyon qilishi mumkin?
A) -1,-2,-3 va +7,+6,+5
B) +7,+6,+5 va -1,-2,-3
C) -1,0,-3 va +5,+4,+3
D) -1,-2,-3 va 0,+6,+5
17. Yer qobig’ida kislorod necha foizni tashkil qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |