1. Qarigan bog'larni yoshartirish texnologiyasi Bog'larda oldidan hosilni aniqlash usullari



Download 3,89 Mb.
bet13/17
Sana29.09.2022
Hajmi3,89 Mb.
#850680
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
22 tali

Sug‘orish usullari. Dunyo mevachiligida va, shu jumladan,

O‘zbekistonda sug‘orishning to‘rtta usuli qollaniladi:

– Pol olib sug‘orishda bog‘da daraxt tanasidan 1–3 m oraliqda (daraxtning katta-kichikligiga qarab) uzunasiga va ko‘ndalangiga plug bilan pushtalar olinadi. Pushtaning balandligi va eni 30 sm bo‘ladi. Natijada, bog‘ bir qancha pollarga bo‘linib chiqiladi. Bu pollarga suv to‘ldiriladi. Ularda suv 6 dan 12 soatgacha turadi. Bog‘ tuprog‘ining sho‘rini yuvishda ham shu usuldan foydalani-ladi.

– Uya olib sug‘orishda daraxt atrofi uya olib biroz kovlanadi va uyalarga suv quyiladi. Bu usul tekislanmagan, past-baland, suv bir me’yorda kelib turmaydigan va qisqa muddat beriladi-gan joylarda qo‘llaniladi. Pol va uyalar daraxt atrofida suvni ko‘p to‘plash imkonini beradi.

– Bostirib sug‘orish usulida tekis yerda barpo qilingan bog‘lar bostirib sug‘oriladi. Bu usulda sug‘orilganda suvning yerga bir tekis taralishi va singishi, pastroq joylarda to‘planib qolmasligi va ayrim joylarni yuvib ketmasligi kuzatib turiladi. Suvni birdaniga­ quyib, ayrim polosalarni ketma-ket suvga bosti-rish ma’qul. Bu usul yaxob suvi berishda qo‘llaniladi.

– Jildiratib sug‘orishda sog‘ tuproqli bog‘ daraxt qator oralari-ga 20–25 sm chuqurlikda va egatlar orasini 100–120 sm, o‘rtacha qumoq tuproqli yerlarda esa 80–100 sm va yengil qumoq tuproqli yerlarda 60–70 sm qilib okuchnik bilan egat olinadi. Birinchi egat daraxt tanasidan 0,75–1,0 m oraliqda o‘tkaziladi. Hosilga kirma-gan yosh bog‘larda daraxt qatorlarining har qaysi tomonidan bir– ikki egat olinadi. Daraxtlar o‘sgan sari egatlar ko‘paytirilib (qa-tor oralari kengligi va tuproqning sifatiga qarab) olti–sakkiztaga yetkaziladi.

Egatlarning uzunligi yerning nishabliligiga bog‘liq bo‘ladi; sal nishab yerlarda egatning uzunligi 150 m, qiyaroq yerlarda esa suv tuproqni yuvib ketmasligi uchun egat 75–100 m qilinadi; tuproq tagida shag‘al toshli qatlami bo‘lgan yerlarda egatning uzunligi 50 m gacha bo‘ladi. Aks holda tuproq bir tekis namlanmaydi.

Egatlar bog‘ni sug‘orish oldidan olinadi. Suv o‘qariqdan 15–20 egatga sekin jildiratib qo‘yiladi va egat oralari yaxshi namlangunga qadar ikki–uch kecha-kunduz davomida jildi-ratib sug‘oriladi. Kuzda tuproq suvni kamroq o‘tkazadigan bo‘lib qoladi, bunda tuproqni chuqurroq yuvish uchun uzoqroq sug‘oriladi.

Suvni egatlarga to‘g‘ri taqsimlash uchun uzunligi 25–30 sm, diametri­ 3–5 sm bo‘lgan yog‘och yoki temir naylar qo‘yiladi. Jildiratib sug‘orilganda suv tuproqning ildiz taralgan qatlamini bir tekis namiqtiradi va ildizlarning hamma tomonga me’yorida o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bu usulda sug‘orilganda yer yuzasida qatqaloq hosil bo‘lmaydi, pol yoki uyalar olib sug‘orilgandagiga qaraganda qo‘l mehnati kamroq sarflanib, suv ham tejaladi.

Jildiratib sug‘orish eng mukammal va O‘zbekistonning bar-cha viloyatlarida bog‘larni sug‘orishda qo‘llaniladigan asosiy usul hisoblanadi­. Bu usul bilan daraxtlarni sug‘organda o‘rtacha hosildorlik 12–15 s/ga gacha oshirishi ko‘pgina o‘tkazilgan ilmiy izlanishlarda­ ko‘rsatilgan (Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva-sabzavotchilik va polizchilikdan amaliy mashg‘ulotlar. – Samar-qand. 2004, 260-bet);

Daraxtlar o‘tqazilgach bir–ikki yil mobaynida daraxt tanasi-dan 0,75–1 m oraliqda olingan halqasimon ariqchalar sug‘oriladi. Ariqchalar yoz bo‘yi saqlanib qoladi va sug‘orilgandan keyin yumshatiladi, sug‘orish oldidan esa tuzatib qo‘yiladi. Suv halqa-simon ariqchalarga daraxt qatorlari bo‘ylab olingan o‘qariqlardan beriladi. Daraxtlar biroz o‘sgandan keyin halqasimon ariqlardan etnas, balki egatlardan sug‘oriladi.

Sug‘organda suvni kamroq nobud qilish va ariq kovlashda bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun keyingi yillarda egi-luvchan elastik quvurlar qo‘llanila boshladi. Bunday quvurlarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olishda KD-35 yoki DT-54 markali traktorlarning o‘raydigan moslamalaridan foydalaniladi. Bu usul

sho‘rlangan tuzlarning yer yuziga chiqib ketish havfi bo‘lgan, shuningdek,­ sizot suvlari yaqin joylashgan tuproqni sug‘orish uchun, ayniqsa, qulaydir. Bu usul bog‘larni sug‘orishni qisman mexanizatsiyalashtiradi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ham progressiv, ya’ni yomg‘irlatib sug‘orish usuli qo‘llanilmoqda. Bu usul ariq bilan suv keltirib bo‘lmaydigan tog‘ yonbag‘irlarida, sizot suvlari juda yaqin joylashgan va ular sathini kamaytirishning imkoni bo‘lmagan yerlarda, shuningdek, kanallarida suv kam bo‘lgan joylarda qo‘llanilishi tavsiya etiladi.




Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish